Reyimbaev Shuxrat Sadullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Arxitektura-tarixiy muhitni qayta tiklashning innovatsion metodologiyasi (Samarqand shahri misolida)”, 18.00.01– «Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash» (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/A25.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Raximov Kamol Djalolovich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Muqimov Rustam Samadovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Kuspangaliev Bo‘lat Urayxanovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlik LITI” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand shahrining eski qismidagi restavratsiya ishlari va me’moriy tarixiy muhit bilan bog‘liq qadriyatlarni tiklash, muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha “dastlabki strategiya”ni (nazariy model) ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy shaharlarni qayta qurish jarayonida a) Tarixiy hududning tarixiy ko‘rinishini va tarixiy qurilishini kompleks tarzda saqlab qolish, b) shaharlarning umumiy me’moriy ko‘rinishini va tarixiy markazlarining yaratilishini takomillashtirish, c) shaharlarning muhim qismining umumiy ko‘rinishi juda o‘zgargan va tarixiy markaz arxitekturasini saqlab qolish uchun to‘liq yoki bosqicma-bosqich qayta tiklash, d) alohida ansamllar va yodgorliklarni saqlab qolish va restavratsiya qilish kabi tadbirlarga bo‘lish hamda 4 ta guruhli (1- tarixiy hududlar shahar erlarining asosiy qismini egallaydi (50 % va undan ko‘p), 2- tarixiy hududlar shahar erlarining 30 – 50 % band qilgan, 3- tarixiy hududlar shahardagi binolar qurilgan erlarning 15-30 % egallaydi, 4- tarixiy hududlar shahardagi binolar qurilgan erlarning 5-15 % egallaydi) hududlarni foyizlashtirish samaradorligi asoslangan;
tarixiy shahar muhitining funksional jihatlarini yangilash va belgilariga ko‘ra tasniflash bo‘yicha konservatsiya, rekonstruksiya, renovatsiya hududlarga bo‘lgan holda kompleks yondashish, tarixiy ob’ektlarni raqamlashtirish (arxitektura-tarixiy muhitni reabilitatsiya qilishning 1-dizayn va tadqiqot qismi, 2-loyiha xujjatlarini raqamlashtirish, 3-raqamlashtirilgan xujjatlarning bazasini shakllantirish, 4-vazifani bajarish internet platformasini yaratish bo‘yicha zamonaviy nazariy modeli) asosida ta’mirlash qarorlarini qabul qilish kabi tavsiyalar ishlab chiqilgan;
memoriy obidalarni ta’mirlash, konservatsiya qilish, umrboqiyligini ta’minlash jarayoni o‘tmish haqidagi ma’lumotlarni olish, muhandislik va texnologik bilimlar, o‘tmishdagi maishiy hayot haqidagi ma’lumotlar, diniy va ma’naviy hayotning tarixiy guvohi, davrlardagi dunyoqarashning umumiy belgilari, obidalarning san’at asari sifatida badiiy qadriyatlarga egaligi, obidaning atrof-muhit bilan aloqasi, vaqt davomida obidalarda yuz bergan o‘zgarishlar kabi 8 ta tamoyillarga asoslanishi ochib berilgan;
eski shahar va obidalarni ta’mirlashda arxitektura – tarixiy muhitni saqlab qolish va turli xatoliklarning oldini olish maqsadida ilmiy asoslangan dizayn kodi echimi yaratilgan: Arxitektura-tarixiy muhitni qayta tiklash jarayonlarida vizual tartibsizlikni tartibga solishga imkon beruvchi dizayn kod; Umumiy talablar, dizayn kod; Shahar kichik me’moriy shakllari, dizayn kod; Reklama konstruksiyalari, dizayn kod; Fasadlar, texnikaviy shartlari ishlab chiqilib, shu asosda Samarqand shahari Bibihonim va Islom Karimov ko'chalari oralig‘ida bo‘lgan hudud uchun tarixiy muhitni tiklash echimi loyiha taklifi yaratilgan;
madaniy merosni saqlashda hududni konservatsiya, rekonstruksiya, renovatsiya zonalariga bo‘lgan holda va funksiyalarga ko‘ra tarixiy muhitni rekonstruksiya qilish yuzasidan konservatsiya zonalarida: suv bo‘yi va yo‘l bo‘yi hududlari, madaniy meros va ijtimoiy soha ob’ektlari, alohida toifadagi ob’ektlar va ularning muhofaza hududlarini, aholi punktining tarixan shakllangan qismini asl holida saqlash; rekonstruksiya va renovatsiya zonalari: ulardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilagan holda hududan foydalanish, bino yoki inshootning ruxsat etiladigan qurilish maydonining er uchastkasiga nisbatan zichlik parametrlarini belgilash, magistral muhandislik tarmoqlarining quvvati va yo‘nalishlarini belgilash, hududlarning mavjud va istiqboldagi ko‘kalamzorlashtirish joylashuvini belgilash, loyihaviy qizil chiziqlarni belgilash kabi metodologik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arxitektura-tarixiy muhitni qayta tiklashning innovatsion metodologiyasi (Samarqand shahri misolida) mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy shaharlarni qayta qurish jarayonida a) Tarixiy hududning tarixiy ko‘rinishini va tarixiy qurilishini kompleks tarzda saqlab qolish, b) shaharlarning umumiy me’moriy ko‘rinishini va tarixiy markazlarining yaratilishini takomillashtirish, c) shaharlarning muhim qismining umumiy ko‘rinishi juda o‘zgargan va tarixiy markaz arxitekturasini saqlab qolish uchun to‘liq yoki bosqicma-bosqich qayta tiklash, d) alohida ansamllar va yodgorliklarni saqlab qolish va restavratsiya qilish kabi tadbirlarga bo‘lish hamda 4 ta guruhli (1- tarixiy hududlar shahar erlarining asosiy qismini egallaydi (50 % va undan ko‘p), 2- tarixiy hududlar shahar erlarining 30 – 50 % band qilgan, 3- tarixiy hududlar shahardagi binolar qurilgan erlarning 15-30 % egallaydi, 4- tarixiy hududlar shahardagi binolar qurilgan erlarning 5-15 % egallaydi) hududlarni foyizlashtirish samaradorligi asoslanganligi yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy–joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy–tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Umumiy talablar”. Texnikaviy shartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy–joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2023 yil 27 mart 24–06/2607–son ma’lumotnomasi). Natijada shahar ichki muhitini arxitektura–dizayn echimlari ishchi loyihalarini tuzish hamda ularni tartibga solish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan;
tarixiy shahar muhitining funksional jihatlarini yangilash va belgilariga ko‘ra tasniflash bo‘yicha konservatsiya, rekonstruksiya, renovatsiya hududlarga bo‘lgan holda kompleks yondashish, tarixiy ob’ektlarni raqamlashtirish (arxitektura-tarixiy muhitni reabilitatsiya qilishning 1-dizayn va tadqiqot qismi, 2-loyiha xujjatlarini raqamlashtirish, 3-raqamlashtirilgan xujjatlarning bazasini shakllantirish, 4-vazifani bajarish internet platformasini yaratish bo‘yicha zamonaviy nazariy modeli) asosida ta’mirlash qarorlarini qabul qilish kabi tavsiyalar ishlab chiqilgan yuzasidan olingan xulosalari “Qishloqqurilishloyiha” Bosh loyiha qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan Shaharsozlik normalari va qoidalari. Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari. Hududlarni obodonlashtirish ShNQ 3.01.05–22 ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy–joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2023 yil 27 mart 24–06/2607–son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy hududlarni shaharsozlik nuqtai nazaridan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishni loyihalash ishlarni bajarish va qabul qilish bo‘yicha samaradorligini oshirishga erishilgan;
memoriy obidalarni ta’mirlash, konservatsiya qilish, umrboqiyligini ta’minlash jarayoni o‘tmish haqidagi ma’lumotlarni olish, muhandislik va texnologik bilimlar, o‘tmishdagi maishiy hayot haqidagi ma’lumotlar, diniy va ma’naviy hayotning tarixiy guvohi, davrlardagi dunyoqarashning umumiy belgilari, obidalarning san’at asari sifatida badiiy qadriyatlarga egaligi, obidaning atrof-muhit bilan aloqasi, vaqt davomida obidalarda yuz bergan o‘zgarishlar kabi 8 ta tamoyillarga asoslanishi ochib berilganligi bo‘yicha olingan xulosalar Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy–tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Reklama konstruksiyalari”. Texnikaviy shartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy–joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2023 yil 27 mart 24–06/2607–son ma’lumotnomasi). Natijada shahar hududlarida, reklama elementlari va konstruksiyalarini joylashtirishni takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
eski shahar va obidalarni ta’mirlashda arxitektura – tarixiy muhitni saqlab qolish va turli xatoliklarning oldini olish maqsadida ilmiy asoslangan dizayn kodi echimi yaratilgan: Arxitektura-tarixiy muhitni qayta tiklash jarayonlarida vizual tartibsizlikni tartibga solishga imkon beruvchi dizayn kod; Umumiy talablar, dizayn kod; Shahar kichik me’moriy shakllari, dizayn kod; Reklama konstruksiyalari, dizayn kod; Fasadlar, texnikaviy shartlari ishlab chiqilib, shu asosda Samarqand shahari Bibihonim va Islom Karimov ko'chalari oralig‘ida bo‘lgan hudud uchun tarixiy muhitni tiklash echimi loyiha taklifi yaratilganligi yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy–joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy–tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “DIZAYN KOD. Shahar kichik me’moriy shakllari”. Texnikaviy shartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy–joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2023 yil 27 mart 24–06/2607–son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy meros obektlari, jamoat joylari, bog‘–park hududlari, shahar hududlarida joylashgan kichik me’moriy obektlardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
madaniy merosni saqlashda hududni konservatsiya, rekonstruksiya, renovatsiya zonalariga bo‘lgan holda va funksiyalarga ko‘ra tarixiy muhitni rekonstruksiya qilish yuzasidan konservatsiya zonalarida: suv bo‘yi va yo‘l bo‘yi hududlari, madaniy meros va ijtimoiy soha ob’ektlari, alohida toifadagi ob’ektlar va ularning muhofaza hududlarini, aholi punktining tarixan shakllangan qismini asl holida saqlash; rekonstruksiya va renovatsiya zonalari: ulardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilagan holda hududan foydalanish, bino yoki inshootning ruxsat etiladigan qurilish maydonining er uchastkasiga nisbatan zichlik parametrlarini belgilash, magistral muhandislik tarmoqlarining quvvati va yo‘nalishlarini belgilash, hududlarning mavjud va istiqboldagi ko‘kalamzorlashtirish joylashuvini belgilash, loyihaviy qizil chiziqlarni belgilash kabi metodologik tavsiyalar ishlab chiqilganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining ilmiy tadqiqot va loyihalash jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 30-oktyabrdagi 04-07/4102-son ma’lumotnomasi). Natijada me’moriy-tarixiy muhitini saqlash, ta’mirlashning kompleks echimi va ularni qo‘llab-quvvatlash tizimini qayta tashkil qilishda, tarixiy shahar muhitining funksional jihatlarini yangilash va belgilariga ko‘ra tasniflash, ta’mirlash loyihalarini amalga oshirishda xatolarning oldini olish samaradorligini oshirishga erishilgan.