Ahmadov Olimjon Shodmonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxoro jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik fikrlar taraqqiyoti” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped568.
Ilmiy maslahatchi: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Dilova Nargiza G‘aybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yarmatov Raximboy Baxromovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri-XX asr 30-yillarida Buxoroda jadid ma’rifatparvarlarining ilg‘or pedagogik qarashlardan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxoro ilm-ma’rifatining jahon taraqqiyotidan ortda qolishiga sabab bo‘lgan o‘sha davrdagi ijtimoiy muhit, mahalliy aholi savodsizligi, ta’limning bir bosqichliligi, diniy mutasiblik kabi omillar jadidlar tomonidan yangi usul maktablarini tashkil qilish, dunyoviy ilmlarni tadqib etish, ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga oid didaktik asarlari orqali ilmiy asoslangan;
XX asrning dastlabki o‘n yilligida ta’limni modernizatsiyalash jarayonidagi islohotlarning harakatlari yangi usul maktablari, gimnaziya, progimnaziya, rus-tuzem maktablari, o‘quv bilim yurtlari kabi an’anaviy maktabxona va madrasa ta’limi tizimi bilan qiyoslashtirilib, o‘sha davrdagi yangicha o‘qitish tizimining o‘ziga xos afzalliklari pedagogik, psixologik xususiyatlar hamda didaktik tamoyillar asosida dalillangan;
XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxoroda jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish asosida tarbiyadagi an’anaviylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish, yoshlarni chet elda o‘qitish orqali raqobatbardosh milliy malakali kadrlar tayyorlash choralarining ko‘rilganligi hamda zamonaviy ta’lim tizimini yaratish uchun amaliy xatti-harakatlar olib borilganligi ta’limni dunyo standartlari darajasiga ko‘tarishning dolzarbligiga oid sa’y-harakatlari xalq xo‘jaligining barcha sohalari rivojiga xizmat qilganligi isbotlangan;
XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxorodagi ta’lim-tarbiya hamda pedagogik taraqqiyot bosqichlari xronologik tahlil qilish, to‘plangan tajribalar va ta’limning tashkiliy-didaktik komponentlarini hisobga olgan holda barkamol shaxsni yuqori darajada ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlariga ustuvorlik berish asosida mazmunan takomillashtirilgan;
XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxoroda jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish orqali kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, intellektual qobiliyatlarni namoyon eta oladigan, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda kasbiy kompetentlik, vatanga sadoqatli, sabr-bardoshli, irodali, iymon-e’tiqodli, bag‘rikeng, mard, matonatli, qalbiga quloq tuta oladigan ma’rifatparlik sifatlariga ega malakali kadrlarni tarbiyalash orqali ta’lim-tarbiya konsepsiyasi mexanizmlarini takomillashtiriishga oid ilmiy – amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxoroda ta’lim-tarbiya tizimi masalalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxoro ilm-ma’rifatining jahon taraqqiyotidan ortda qolishiga sabab bo‘lgan o‘sha davrdagi ijtimoiy muhit, mahalliy aholi savodsizligi, ta’limning bir bosqichliligi, diniy mutasiblik kabi omillar jadidlar tomonidan yangi usul maktablarini tashkil qilish, dunyoviy ilmlarni tadqib etish, ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga oid didaktik asarlari orqali ilmiy asoslangan ma’lumotlar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i, 391295-raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Umumiy pedagogika” fanining pedagogika tarixi modulini o‘qitishda birlamchi manbalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
XX asrning dastlabki o‘n yilligida ta’limni modernizatsiyalash jarayonidagi islohotlarning harakatlari yangi usul maktablari, gimnaziya, progimnaziya, rus-tuzem maktablari, o‘quv bilim yurtlari kabi an’anaviy maktabxona va madrasa ta’limi tizimi bilan qiyoslashtirilib, o‘sha davrdagi yangicha o‘qitish tizimining o‘ziga xos afzalliklari pedagogik, psixologik xususiyatlar hamda didaktik tamoyillar asosida dalillangan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Buxoro teleradiokompaniyasining “Moziy bisotidan”, “Asrlarning asraganlari”, “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 1-noyabrdagi 1/281-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar mazmunan boyitilib, teletomoshabinlarda Rossiya imperiyasi davrida o‘lkaga yangi kirib kelgan ta’lim-tarbiya shakllari, Buxorodagi ta’lim-tarbiya tizimi haqida keng tushunchaga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxoroda jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish asosida tarbiyadagi an’anaviylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish, yoshlarni chet elda o‘qitish orqali raqobatbardosh milliy malakali kadrlar tayyorlash choralarining ko‘rilganligi hamda zamonaviy ta’lim tizimini yaratish uchun amaliy xatti-harakatlar olib borilganligi ta’limni dunyo standartlari darajasiga ko‘tarishning dolzarbligiga oid sa’y- harakatlari xalq xo‘jaligining barcha sohalari rivojiga xizmat qilganligi “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi)ning 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-328-raqamli guvohnoma). Natijada jamiyat a’zolari va ta’lim muassasalarining taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashga oid dunyoqarashning boyishiga, oliy ta’lim tizimidagi fanlarning metodik jihatdan zamonaviylashuviga xizmat qilgan;
XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxorodagi ta’lim-tarbiya hamda pedagogik taraqqiyot bosqichlari xronologik tahlil qilish, to‘plangan tajribalar va ta’limning tashkiliy-didaktik komponentlarini hisobga olgan holda barkamol shaxsni yuqori darajada ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlariga ustuvorlik berish asosida mazmunan takomillashtirilgan ma’lumotlar 2023-2026 yillarda bajarilayotgan “87-12/242-sonli “Jadid g‘oyasi – yangi O‘zbekiston va uchinchi renessansni bunyod etishning mustahkam poydevori”nomli fundamental loyiha doirasida mazmuniga singdirilgan (Jadid g‘oyasi – yangi O‘zbekiston va uchinchi renessansni bunyod etishning mustahkam poydevori nomli fundamental loyiha rahbarining 2024-yil 29-noyabrdagi 0129-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy tafakkurni takomillashtirishga, ta’lim-tarbiyani induktiv, deduktiv tashkil qilish, bolaga ta’sir qiladigan ijtimoiy muhitdan ogohlik, uni aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalash, o‘smir va o‘spirinning psixologik o‘zgarishi, xarakter-xususiyatidan kelib chiqqan holda ta’limni tashkil qilish tamoyillarini aniqlashga, uzlyuksiz ta’lim-tarbiya mazmunini pedagogik tahlil etishga xizmat qilgan;
XIX asr oxiri – XX asr 30-yillarida Buxoroda jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish orqali kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, intellektual qobiliyatlarni namoyon eta oladigan, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda kasbiy kompetentlik, vatanga sadoqatli, sabr-bardoshli, irodali, iymon-e’tiqodli, bag‘rikeng, mard, matonatli, qalbiga quloq tuta oladigan ma’rifatparlik sifatlariga ega malakali kadrlarni tarbiyalash orqali ta’lim-tarbiya konsepsiyasi mexanizmlarini takomillashtiriishga oid ilmiy – amaliy tavsiyalar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27 dekabr 485-son buyrug‘i, 485-0216-raqamli guvohnoma). Natijada didaktik asarlarda oilaviy munosabatlarning, shaxsning ma’naviy yuksalishidagi o‘rni hamda ijtimoiy munosabatlarga oid pedagogik qarashlarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini asoslab berishga xizmat qilgan.