Jumaev Axrom Asror o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bo‘lajak pedagog kadrlarning energetikaga oid kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika ).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4473. 
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Akmal Razzoqovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa dokori (PhD), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03.
Rasmiy opponentlar:
 1. O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich pegagogika fanlari doktori (DSc), professor. (ixtisoslik shifri 13.00.02);
2. Ne’matov Laziz Alisherovich, pegagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent (ixtisoslik shifri 13.00.02).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Bo‘lajak pedagog kadrlarning energetikaga oid kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandis pedagog kadrlarni energetikaga oid kreativligini rivojlantirishda tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar tashxislash va novatirlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar va kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalar orqali o‘qitishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
fan, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalarini amaliy integratsiyalash ya’ni, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va qurulmalari quyosh panellari, shamol agregatlari, foto elektr stansiyalari loyihasini tuzishda elektr energetika ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning mutaxassislikka oid fanlarni dasturiy ta’lim vositalar orqali o‘qitishda ularning umumiy tuzilmasi (ma’ruza mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘ulot) va o‘ziga xos jihatlari (testlar, video lavhalar, 3D animatsiyalar, lug‘atlar) rivojlantirilgan;
elektr  energetika  ta’lim  yo‘nalishi  talabalarining energetikaga oid kreativlik sifatlarini oshirishga  qaratilgan (innovatsion, kreativ, tanqidiy, amaliy, interaktiv) yondashuvlar dasturiy ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari bilan innovatsion o‘qitish metodlarini integratsiyalashga asoslangan modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis pedagog kadrlarni energetikaga oid kreativligini rivojlantiruvchi infratuzilmasini shakllantirishda dasturiy ta’lim vositalarni ta’lim jarayonida amaliy tatbiq etishga oid ijtimoiy, komunikativlik, intelektuallik va axborotlilikka asoslangan o‘qitish metodikasini paradigmik takomillashtirish yuzasidan  tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
bo‘lajak pedagog kadrlarni energetikaga oid kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodika, taklif va tavsiyalar hamda ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak muhandis pedagog kadrlarni energetikaga oid kreativligini rivojlantirishda tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar tashxislash va novatirlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar va kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalar orqali o‘qitishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0718-raqamli guvohnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak kadrlarni energetikaga oid kreativligini rivojlantirish metodikasini  takomillashtirishga erishilgan;
fan, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalarini amaliy integratsiyalash ya’ni, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va qurulmalari quyosh panellari, shamol agregatlari, foto elektr stansiyalari loyihasini tuzishda elektr energetika ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning mutaxassislikka oid fanlarni dasturiy ta’lim vositalar orqali o‘qitishda ularning umumiy tuzilmasi (ma’ruza mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘ulot) va o‘ziga xos jihatlari (testlar, video lavhalar, 3D animatsiyalar, lug‘atlar) rivojlantirishga doir nazariy ma’lumotlar “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2022-yil yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrig‘i, 302-0798-raqamli guvohnomasi). Natijada talabalarni mutaxassislikka tayyorlashda vizual-animatsion videodarslar orqali “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va foydalanish texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
elektr  energetika  ta’lim  yo‘nalishi  talabalarining energetikaga oid kreativlik sifatlarini oshirishga  qaratilgan (innovatsion, kreativ, tanqidiy, amaliy, interaktiv) yondashuvlar dasturiy ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari bilan innovatsion o‘qitish metodlarini rivojlantirish modelini mazmunan takomillashtirishga oid takliflar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0530-raqamli guvohnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish orqali bo‘lajak pedagog kadrlarni energetikaga oid kreativligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandis pedagog kadrlarni energetikaga oid kreativligini rivojlantiruvchi infratuzilmasini shakllantirishda dasturiy ta’lim vositalarni ta’lim jarayonida amaliy tatbiq etishga oid ijtimoiy, komunikativlik, intelektuallik va axborotlilikka asoslangan o‘qitish metodikasini paradigmik takomillashtirishga oid tavsiyalar “Elektrotexnik materiallar. Elektr uskunalar montaji texnologiyalari” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2022-yil yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrig‘i, 302-0717-raqamli guvohnomasi). Natijada tahsil olayotgan bo‘lajak kadrlarni energetikaga oid kreativligini rivojlantirishda vizual-animatsion videodarslar orqali “Elektrotexnik materiallar. Elektr uskunalar montaji texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish