Axmedov Farrux Shavkatovichning
fanl doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurash mutaxassislari tayyorlash tizimini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi; 13.00.04–Jismoniy tarbiya sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped616
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy maslahatchilar: Shopulatov Abdimalik Nurillaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Dadabaev Odiljon Jaloliddinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ishtaev Javlon Mavlonboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Jumaniyozova Muhayyo Tojievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kurash mutaxassislari tayyorlash tizimini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kurashda mavjud usullarning ijro jihatidan o‘zaro mosligi, texnik-taktik ko‘rsatkichlar, mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida qo‘llanilishi asosida ishlab chiqilgan kurash usullarining muayyan guruhlar bo‘yicha texnik tavsifini kurashni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq mutaxassislar tayyorlash tizimida o‘quv dasturlari mazmuniga singdirish hisobiga o‘quv-mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etish imkoniyatini kengaytirilgan;
xorijiy tajribalar bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport turlarini rivojlantirish evolyusiyasi, ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yondashuvi, kadrlar tayyorlash strategiyasi, maqsadga qaratilgan lokal va xalqaro kollaboratsiya imkoniyatlarini oshirish hamda natijadorlikka yo‘naltirilgan jihatlarini tizimlashtirish asosida mutaxassislar tayyorlash tizimiga integratsiya qilish modeli ishlab chiqilgan;
kurashga xos intensiv-dinamik vaziyatlar, texnik-taktik holatlar hamda mashg‘ulot va musobaqa faoliyatini vizual ifodalash asosida ishlab chiqilgan texnik usullar tasnifini ularning muayyan guruhga mansubligi va o‘zgaruvchan musobaqa sharoitida qo‘llanilishi, taktik kombinatsiya variantlarini amalga oshirish xuxusiyatlariga ko‘ra mutaxassislar tayyorlash tizimiga joriy etish evaziga kurash texnikasi asoslariga doir amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari tayyorlash yuzasidan xalqaro standartlar, amaliy tajribalar, o‘quv dasturlari hamda ixtisoslikka xos zaruriy kasbiy kompetensiyalar korrelyasiyasini ta’minlash orqali kurash mutaxassislari tayyorlash bo‘yicha sohaga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiruvchi [Key Competency] moslashtirilgan o‘quv dasturi ishlab chiqish hisobiga kurash mutaxassislari tayyorlash tizimi takomillashtirilgan;
o‘z-o‘zini o‘qitish tamoyili asosida ishlab chiqilgan “Learn Kurash” o‘quv platformasi mazmuniga kurashda mavjud usullarning turli guruhlar bo‘yicha texnik tavsifi, ularning qo‘llanilishi, kurash texnikasi asoslarini tavsiflovchi terminlar katalogini vizual hamda matnli shaklda kiritish hisobiga kurash mutaxassislarining mustaqil bilim olish imkoniyatini oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurash mutaxassislarini tayyorlash tizimini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish yuzasidan olib borilgan pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
kurashda mavjud usullarning ijro jihatidan o‘zaro mosligi, texnik-taktik ko‘rsatkichlar, mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida qo‘llanilishiga doir ishlab chiqilgan kurash usullarining muayyan guruhlar bo‘yicha texnik tavsifi mutaxassislar tayyorlash tizimiga joriy etilgan (Xalqaro Kurash Institutining 2024 yil 28 avgustdagi №115/08-24 sonli xati). Natijada bo‘lajak kurash mutaxassislarining kurash uslullarini turli guruhlar bo‘yicha texnik tavsiflariga doir ko‘nikma va bilim darajasi o‘rtacha 62,5 balldan 82,7 ballga etishiga erishilgan;
xorijiy tajribalar bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport turlarini rivojlantirish evolyusiyasi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yondashuvi asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar kurash mutaxassislari tayyorlash tizimiga integratsiya qilingan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 20-noyabrdagi 02-07-0500/04-son xati). Natijada kurash mutaxassislarining professional tayyorgarlik darajasi 21%ga yaxshilangan;
kurashga xos intensiv-dinamik vaziyatlar, texnik-taktik holatlar hamda mashg‘ulot va musobaqa faoliyatini vizual ifodalash asosida ishlab chiqilgan texnik usullar tasnifi yuzasidan taklif va tavsiyalar mutaxassislar tayyorlash tizimiga joriy etilgan (Xalqaro Kurash Institutining 2024 yil 28 avgustdagi №115/08-24 sonli xati). Natijada bo‘lajak kurash mutaxassislarining kurash texnikasi asoslariga doir amaliy ko‘nikmalari 59,2 balldan 79,2 ballga oshirilgan;
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari tayyorlash yuzasidan xalqaro standartlar, amaliy tajribalar, o‘quv dasturlari hamda ixtisoslikka xos zaruriy kasbiy kompetensiyalar korrelyasiyasini ta’minlash orqali kurash mutaxassislari tayyorlashga doir moslashtirilgan o‘quv dasturi ishlab chiqilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 20-noyabrdagi 02-07-0500/04-son xati). Natijada kurash mutaxassislari tayyorlash tizimi takomillashtirilgan.
o‘z-o‘zini o‘qitish tamoyili asosida ishlab chiqilgan “Learn Kurash” o‘quv platformasi mazmuniga kurashda mavjud usullarning turli guruhlar bo‘yicha texnik tavsifi, ularning qo‘llanilishi, kurash texnikasi asoslarini tavsiflovchi terminlar katalogini vizual hamda matnli shaklda foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar kurash mutaxassislarning malakasini oshirish jarayoniga joriy etilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 20-noyabrdagi
02-07-0500/04-son xati). Natijada kurash murabbiylarining mustaqil bilim olish imkoniyati kengaytirilgan.