Sayt test rejimida ishlamoqda

Karimov Ne’mat Xolyigitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quv dala amaliyotlarida ekstremal va sport turizmidan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari (oliy ta’lim muassasalarining 1-2-bosqich talabalari misolida)”, 13.00.01– Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3985
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Xayrixon Ashuralievna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv dala amaliyotlarida turizmning ekstremal va sport turlaridan foydalanishning nazariy hamda metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning jismoniy chidamlilikka asoslangan sport va ekstremal turizm turlari bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan metodikalar mashg‘ulot mazmunini rejalashtirish, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari va turizm faoliyati kompetensiyalarini tavsiflovchi mezonlar asosida takomillashtirilgan; 
o‘quv dala amaliyoti davomida talabalarning jismoniy imkoniyatlari ekstremal va sport turizmi turlari (speleoturizm, spelestologiya, trekking, tog‘ turizmi, ot turizmi) bilan bog‘liq tabiiy va sun’iy to‘siqlarni engib o‘tishga  mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar tizimi ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etish asosida rivojlantirilgan;
tabiiy fanlar yo‘nalishi 1-2-bosqich talabalari uchun o‘quv dala amalayoti dasturlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan pedagogik talablarga mos ravishda ekstremal sharoitlarda o‘quv dala amaliyotlarini tashkil etishning pedagogik modeli talaba yoshlarda ekstremal vaziyatlarga moslashuvchanlik o‘quv tadqiqot ishlarini olib borish (jamoaviy harakatlanish, tog‘larda, daryo vodiylarida, terrasalar)da  zamonaviy geoinformatsion sistemalar bilan birgalikda mahalliy tabiiy vositalardan foydalanish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
turistlarni tayyorlash sohasidagi individual ta’limni tashkil etish metodikasiga asoslanib, talabalarga sayohat turlari (madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, agroturizm)ni  tanlashni o‘rgatish, dala amaliyotida turli yo‘nalishdagi jismoniy yuklamalar o‘lchamlari va musobaqa faoliyati natijalarini baholash usullari rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh futbolchilarning funksional asimmetriyasini xisobga olgan holda texnik usullarni asimmetrik takomillashtirishga to‘pni boshqarish texnikasiga o‘rgatish metodikasini ishlab chiqish asosida:
talabalarning jismoniy chidamlilikka asoslangan sport va ekstremal turizm turlari bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan, mashg‘ulot mazmunini rejalashtirish, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari va turizm faoliyati kompetensiyalarini tavsiflovchi mezonlar asosida takomillashtirilgan metodikalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan “O‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish” nomli grant loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi №02-07-2062/04-sonli va Namangan viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 19-iyundagi №02-04-207-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, o‘quv dala amaliyotlarida turizmning ekstremal va sport turlaridan foydalanishning nazariy metodologik asoslarini o‘rganilish va tahlil qilish samaradorligi oshgan;
o‘quv dala amaliyoti davomida talabalarning jismoniy imkoniyatlari ekstremal va sport turizmi turlari (speleoturizm, spelestologiya, trekking, tog‘ turizmi, ot turizmi) bilan bog‘liq tabiiy va sun’iy to‘siqlarni engib o‘tishga  mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar tizimi ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etish asosida rivojlantirilgan tavsiyalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan “O‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi №02-07-2062/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv yilining so‘ngida tashkil etiladigan o‘quv dala amaliyotlariga tayyorgarlik ko‘rishning pedagogik xususiyatlarini o‘rganish imkoni kengaytirilgan;
tabiiy fanlar yo‘nalishi 1-2-bosqich talabalari uchun o‘quv dala amalayoti dasturlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan pedagogik talablarga mos ravishda ekstremal sharoitlarda o‘quv dala amaliyotlarini tashkil etishning pedagogik modeli talaba yoshlarda ekstremal vaziyatlarga moslashuvchanlik o‘quv tadqiqot ishlarini olib borish (jamoaviy harakatlanish, tog‘larda, daryo vodiylarida, terrasalar)da  zamonaviy geoinformatsion sistemalar bilan birgalikda mahalliy tabiiy vositalardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ishlangan tavsiyalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan “O‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi №02-07-2062/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar tomonidan o‘quv dala amaliyoti davrida joy nomlarini aniqlashning uzviyligi va uzlyuksizligini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
turistlarni tayyorlash sohasidagi individual ta’limni tashkil etish metodikasiga asoslanib, talabalarga sayohat turlari (madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, agroturizm)ni  tanlashni o‘rgatish, dala amaliyotida turli yo‘nalishdagi jismoniy yuklamalar o‘lchamlari va musobaqa faoliyati natijalarini baholash usullarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tavsiyalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan “O‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi №02-07-2062/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv dala amaliyotini mazmunli o‘tkazishning amaliy asoslarini yanada rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish