Niyazova Munira Jumanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek-nemis sentimental nasri poetikasi va tipologik xususiyatlari, (“Yosh Verterning iztiroblari”, “Sevgim, sevgilim”, “Sunbulaning ilk shanbasi” asarlari misolida)”. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.3.PhD/Fil3877
Ilmiy rahbar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash). 
    Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz Raxmonovna, filologiya fanlari doktori, professor 
Ko‘chimov Ulug‘bek Qo‘chqorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: nemis mutafakkir shoiri, yozuvchisi I.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” va o‘zbek yozuvchilari O‘.Umarbekov “Sevgim, sevgilim”, A.Yo‘ldoshevning “Sunbulaning ilk shanbasi” asarlarini chuqur tahlil qilish va o‘zaro ta’sir masalalari, umumiylik va individuallikka xos tipologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon badiiy tafakkurida sentimentallikning maydonga kelish omillari tekshirilib, uning ijtimoiy-falsafiy, badiiy-estetik namoyon bo‘lish yo‘llari va usullari aniqlangan; sentimental adabiyotga xos badiiy tamoyillar, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlar, Sharq va G‘arb sentimental nasrining tipologik jihatlari ochib berilgan;
Y.V.Gyote “Yosh Verterning iztiroblari” romanining nemis adabiyoti tarixi, G‘arb va Sharq xalqlari adabiyoti an’analariga poetik munosabati nazariy jihatdan asoslangan;
o‘zbek adabiyotida sentimental nasr elementlari, buning Evropa va Sharq mumtoz adabiyoti badiiy konsepsiyalari, shakldagi o‘ziga xoslik, milliylik va individuallik masalalari dalillangan;
O‘.Umarbekov va A.Yo‘ldoshev ijodida sentimental syujet, sentimental obraz, sentimental uslubga xos murakkab ifoda usullari, original talqin yo‘llari ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Yosh Verterning iztiroblari”, “Sevgim, sevgilim” va “Sunbulaning ilk shanbasi” asarlarida sentimental holatlar” xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
o‘zbek adabiyotida sentimental nasr elementlari, Evropa va Sharq mumtoz adabiyoti badiiy konsepsiyalari, shakldagi o‘ziga xoslik, milliylik va individuallik masalalari haqidagi ilmiy-xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan ishlarni bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 25-noyabr 04/1-3364-son ma’lumotnomasi) Natijada, o‘zbek adabiyotida sentimental nasr unsurlari G‘arb va Sharq mumtoz adabiyotining badiiy konsepsiyalaridan ta’sirlangan holda shakllangani, uning shakliy o‘ziga xosligi an’anaviy va yangi uslub uyg‘unligida rivojlanganiga oid ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
O‘.Umarbekov va A.Yo‘ldoshev ijodida sentimental syujet, sentimental obraz, sentimental uslubga xos murakkab ifoda usullari, original talqin yo‘llari ilmiy-nazariy jihatdan isbotlanganiga doir ilmiy-xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan ishlarni bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 25-noyabr 04/1-3364-son ma’lumotnomasi) Natijada, o‘zbek adabiyotida sentimental syujet, sentimental obraz, sentimental uslubga xos murakkab poetik ifoda usullarida doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan;
jahon badiiy tafakkurida sentimentallikning maydonga kelish omillari tekshirilib, uning ijtimoiy-falsafiy, badiiy-estetik namoyon bo‘lish yo‘llari va usullari aniqlangan; sentimental adabiyotga xos badiiy tamoyillar, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlar, Sharq va G‘arb sentimental nasrining tipologik jihatlari ochib berilganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 25-noyabr, 04/1-3365-son ma’lumotnomasi) Natijada, jahon badiiy tafakkurida sentimentallikning shakllanish omillari, uning ijtimoiy-falsafiy va badiiy-estetik ifodalanish usullari aniqlanib, sentimental adabiyotga xos tamoyillar va xususiyatlar, shuningdek, Sharq va G‘arb sentimental nasrining tipologik jihatlariga doir tayyorlashga asos bo‘lgan;
Y.V.Gyote “Yosh Verterning iztiroblari” romanining nemis adabiyoti tarixi, G‘arb va Sharq xalqlari adabiyoti an’analariga poetik munosabati nazariy jihatdan asoslanganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 25-noyabr, 04/1-3365-son ma’lumotnomasi) Natijada, “Yosh Verterning iztiroblari” romanining nemis adabiyoti tarixi, G‘arb va Sharq xalqlari adabiyoti an’analariga poetik munosabati, mushtarak jihatlari nazariy jihatdan asoslanganiga doir materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish