Yuldoshbekov Avazbek Alisher o‘g‘lining
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) nomi “Soliq maslahati institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02. – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1229.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ikrom Abdurasulovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, dotsent Ruzmetov Xayrullo Ibadullaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Artikov Dilmurod Raxmatillaevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda soliq maslahati institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan tegishli tavsiya va takliflarni ilgari surishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar hamda ularning mansabdor shaxslari soliq maslahatchilarining mijozning (ishonch bildiruvchining) vakili sifatidagi huquqlarini va harakatlarini cheklashga haqli emasligi asoslab berilgan;
soliq solish bilan hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar, soliq organlarining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari va (yoki) harakatsizligi ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida sudlarda, huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat qiluvchi organlarda hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan, audio va video yozuv qurilmalaridan foydalanish huquqi berilishi asoslantirilgan;
soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilish qoidalarini belgilashi va ularga rioya etilishi shartligi, shuningdek, soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga doir talablar soliq maslahatining milliy standartlari bilan belgilanishi asoslab berilgan;
soliq maslahatchisi ishni sifatsiz bajarganligi, tijorat sirini oshkor etganligi natijasida etkazilgan zarar va soliq maslahatchilari tashkilotining zarar ko‘rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun qonunchilikka muvofiq soliq maslahatchilari tashkiloti oldida javobgar bo‘lishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda soliq maslahati institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar hamda ularning mansabdor shaxslari soliq maslahatchilarining mijozning (ishonch bildiruvchining) vakili sifatidagi huquqlarini va harakatlarini cheklashga haqli emasligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 4-avgustdagi “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-787-son Qonuni bilan ushbu qonunning 15-moddasi 8-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 15-oktyabrdagi 3/08-201-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif soliq maslahatchilarining vakillik qilish huquqlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan;
soliq solish bilan hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar, soliq organlarining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari va (yoki) harakatsizligi ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida sudlarda, huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat qiluvchi organlarda hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan, audio va video yozuv qurilmalaridan foydalanish huquqi berilishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 4-avgustdagi “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-787-son Qonuni bilan ushbu qonunning 19-moddasi birinchi qismining 13-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 15-oktyabrdagi
3/08-201-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi soliq maslahatchilariga huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat qiluvchi organlarda hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan, audio va video yozuv qurilmalaridan foydalanish huquqi berilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilish qoidalarini belgilashi va ularga rioya etilishi shartligi, shuningdek, soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga doir talablar soliq maslahatining milliy standartlari bilan belgilanishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 4-avgustdagi “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-787-son Qonuni bilan ushbu qonunning 20-moddasi birinchi qismining 10-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 15-oktyabrdagi 3/08-201-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif soliq maslahatining milliy standartlari asosida soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilish qoidalarini belgilashi, shuningdek, soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga doir talablarning o‘rnatilishiga xizmat qilgan;
soliq maslahatchisi ishni sifatsiz bajarganligi, tijorat sirini oshkor etganligi natijasida etkazilgan zarar va soliq maslahatchilari tashkilotining zarar ko‘rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun qonunchilikka muvofiq soliq maslahatchilari tashkiloti oldida javobgar bo‘lishi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 4-avgustdagi “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-787-son Qonuni bilan ushbu qonunning 31-moddasi ikkinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining
2024-yil 15-oktyabrdagi 3/08-201-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif soliq maslahatchisi ishni sifatsiz bajarganligi va boshqa harakatlari uchun qonunchilikka muvofiq soliq maslahatchilari tashkiloti oldida javobgar bo‘lishi qonunda belgilanishiga xizmat qilgan;
Ushbu takliflar O‘zbekistonda soliq maslahatchilarining huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishga, ular tomonidan mijozlarining huquqlarini himoya qilishda qo‘shimcha kafolatlashga xizmat qiladi.