Matqurbonova Muxabbat Shokirovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Qodiriyning kichik janr asarlari leksikasining ma’noviy-uslubiy xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil 4322
Ilmiy rahbar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli kengash.
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Abdulla Qodiriyning kichik janrdagi asarlari leksikasini tadqiq qilish, uning o‘ziga xos lug‘aviy, ma’noviy va uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik asarlarda til ifodalari orasida sinonim, antonim, graduonimlar kabi leksik-semantik munosabatlarning o‘ziga xos tarzda voqelanishi, davr adabiy tilida qo‘llangan leksemalarning metafora, metonimiya, sinekdoxa usullari asosida yangi ramziy ko‘chma ma’nolarda qo‘llanganligi, ular maqola, hajviya, feletonlar tilining semantik-sitilistik rang-barangligini ta’minlaganligi misollar asosida dalillangan;
kichik asarlarda umumxalq tilining boy va rang-barang tomonlari o‘z ifodasini topganligi; maqol, frazema kabi parmeologik birliklarning o‘z holicha, shuningdek, ijodiy qayta ishlanib uslub talabiga mos ravishda matn tarkibiga singdirganligi muallifning uslubiy mahoratini aks ettiruvchi omillardan biri ekanligi isbotlangan;
tashqi moddiy olam, milliy tafakkurning bog‘liqligi asosida shakllantirilgan individual o‘xshatish va sifatlashlar adibning badiiy niyati bilan uyg‘unlashib, badiiyatni ta’minlashda aktuallik kasb etganligi adib yaratgan o‘ratepaning sufrasidek; ilon tomonidan avralgan chumchuqdek; suxan gulistonining bulbuli kabi; kesak qisgan qovundek; yuzi misoli g‘alvirak bodom; teskari tushkan qozoqi kavshdek; ishonchli mutahhamlar; chikkabel alvastilar; mukammal bir kambag‘alchilik singari individual o‘xshatish va sifatlash konstruksiyalari tahlili misolida ochib berilgan;
kichik asarlar nutq stilistikasida so‘zlardagi fonologik o‘zgarishlar: og‘zaki nutqdagi unlilarning cho‘ziq talaffuz qilinishi, undoshlarning ikkilantirilishi, so‘zlarnining buzib talaffuz qilinishi kabi fonografik vositalarning konnotativ semani yuzaga chiqarishdagi ahamiyati, tasviriylik va obrazlilikni ta’minlashdagi hajviy-kinoyaviy ma’no ifodalash imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abdulla Qodiriyning kichik asarlari lelksikasining ma’noviy-uslubiy xususiyatlari yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida:
Abdulla Qodiriy ijodiy merosining tilshunoslik, adabiyotshunoslik, lug‘atshunoslik yo‘nalishlarida o‘rganilishiga oid hamda adibning davr adabiy tilini shakllantirish borasidagi qarashlari tahliliga oid nazariy xulosalar va faktik materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7-jild) chop etish fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 9-iyuldagi 01-1795-sonli ma’lumotnomasi). Natijada monografiyaning XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid qismi adabiy tur va janrlar tahlili, ularning uslubiy ko‘rinishlari, adabiy an’ana va o‘ziga xoslikning namoyon bo‘lishiga oid yangi ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
XIX asr oxiri XX asr boshlari o‘zbek adabiyotining yetakchi xususiyatlari, davrga xos bo‘lgan adabiy tur va janrlar ko‘lamining kengayishi, davr adabiy tilining o‘ziga xos xususiyatlari hamda Abdulla Qodiriy yaratgan asarlar tilining davr adabiy tining shakllanishidagi ahamiyatini ko‘rsatishga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 9-iyuldagi 01-1793-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan elektron platformada XX asr boshlari o‘zbek tilshunosligi, adabiyotshunosligiga oid ma’lumotlar, ulug‘ adib Abdulla Qodiriy milliy fenomeniga oid materiallar mukammallashuviga erishilgan;
kichik asarlardagi tashqi moddiy olam, milliy tafakkurning bog‘liqligi asosida shakllantirilgan individual o‘xshatish va sifatlash kabi vositalarning badiiyatni ta’minlashda aktuallik kasb etganligiga oid, shuningdek, davr adabiy tilida qo‘llangan leksemalarning yangi ramziy ko‘chma ma’nolarda qo‘llanganligiga oid nazariy tahlillardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 9-iyuldagi 01-1793-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan elektron platformada XX asr boshlaridagi o‘zbek badiiy adabiyoti tilining yetakchi xususiyatlarini belgilashga erishilgan;
o‘zbek tilining tadrijiy taraqiyotida jadid ma’rifatparvarlari yaratgan asarlarning o‘rni va ahamiyati, Abdulla Qodiriy yaratgan asarlarning milliy adabiy tilimiz rivojidagi lisoniy qiymati, ularning o‘rganilishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilgan “Tarixiy savol”, “Mavzu”, “Aslida qanday?” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlatmuassasasining 2024-yi l4-iyuldagi 02-06-813-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan holda ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.