Shadmanova Dilafruz Samadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ektopik xomiladorlik rivojlanishining immunogenetik aspektlari va residivlar profilaktikasini takomillashtirish” 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2958.
Ilmiy rahbar: Shamsutdinova Maksuda Ilyasovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich,biologiya  fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ektopik homiladorligi bo‘lgan ayollarda residivlarning oldini olish usullarini optimallashtirish uchun ektopik homiladorlik kechishining klinik-instrumental, laborator, immunologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari fonida ektopik homiladorligi bo‘lgan ayollar organizmida tizimli yallig‘laninish kuchayishi sababli yallig‘lanishga xos (IL-1β, IL-6, IL-8, TNFα) sitokinlar miqdorining keskin ortishi aniqlangan;
ilk bor kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari fonida ektopik homiladorligi bo‘lgan ayollar organizmida yallig‘laninish va angiogen jarayonining kuchayishi sababli  VEGF-A miqdorining ishonarli darajada ortishi isbotlangan;
ilk bor kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari fonida ektopik homiladorligi bo‘lgan ayollarda bachadon xomiladorligi bo‘lgan ayollarga nisbatan yallig‘laninishga qarshi IL-4  sitokin miqdori tizimli yallig‘lanish jarayonining kuchayishi sababli kamayishi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek millatiga mansub ayollarda ektopik xomiladorlik rivojlanishiga COL1A1 rs1800012 geni polimorfizmining gomozigot TT genotipi xamda  TNFα -308G/A geni polimorfizmining geterozigot GA genotipi ko‘proq darajada tarqalganligi sabab bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ektopik xomiladorlik rivojlanishining immunogenetik  jixatlari va residivlar profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik:  ilk bor kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari fonida ektopik homiladorligi bo‘lgan ayollar organizmida tizimli yallig‘laninish kuchayishi sababli yallig‘lanishga xos (IL-1β, IL-6, IL-8, TNFα) sitokinlar miqdorining keskin ortishi aniqlanganligi bo‘yicha «Ektopik homiladorlikni erta tashxislash va residivlar profilaktikasini takomillashtirish usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2023-yil 25-yanvardagi 01-00606-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax viloyati filiali  bo‘yicha 16.10.2023 yildagi 74-sonli, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filiali  bo‘yicha 20.10.2023 yildagi 68-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22-oktyabrdagi №7-sonli ma’lumotnomasi);  ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi, erta tashxis qo‘yish, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish,  reabilitatsiya muddatini qisqartirishga va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari filiallari  amaliy faoliyatlariga joriy etilishi ektopik homiladorlikni erta tashxislash va residivlar profilaktikasini takomillashtirish usulini qo‘llash klinik-immunologik markerlarini aniqlash va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash xisobiga statsionarda  davolanish muddatini 3 kunga qisqarishiga asoslangan. Xulosa: kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari fonida ektopik homiladorligi bo‘lgan ayollarda tizimli yallig‘laninish kuchayishi sababli yallig‘lanishga xos sitokinlar miqdorining keskin ortishi asoslangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari fonida ektopik homiladorligi bo‘lgan ayollar organizmida yallig‘laninish va angiogen jarayonining kuchayishi sababli  VEGF-A miqdorining ishonarli darajada ortishi isbotlanganligi bo‘yicha «Ektopik homiladorlikni erta tashxislash va residivlar profilaktikasini takomillashtirish usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2023-yil 25-yanvardagi 01-00606-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax viloyati filiali  bo‘yicha 16.10.2023 yildagi 74-sonli, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filiali  bo‘yicha 20.10.2023 yildagi 68-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22-oktyabrdagi №7-sonli ma’lumotnomasi);  ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi, erta tashxis qo‘yish, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish,  reabilitatsiya muddatini qisqartirishga va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari filiallari  amaliy faoliyatlariga joriy etilishi ektopik homiladorlikni erta tashxislash va residivlar profilaktikasini takomillashtirish usulini qo‘llash klinik-immunologik markerlarini aniqlash va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash xisobiga statsionarda  davolanish muddatini 3 kunga qisqarishiga asoslangan. Xulosa: kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari fonida ektopik homiladorligi bo‘lgan ayollarda yallig‘laninish va angiogen jarayonining kuchayishi sababli  qon-tomir endoteliyasi o‘sish omili miqdorining ortishi asoslangan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari fonida ektopik homiladorligi bo‘lgan ayollarda bachadon xomiladorligi bo‘lgan ayollarga nisbatan yallig‘laninishga qarshi IL-4  sitokin miqdori tizimli yallig‘lanish jarayonining kuchayishi sababli kamayishi aniqlanganligi bo‘yicha «Ektopik homiladorlikni erta tashxislash va residivlar profilaktikasini takomillashtirish usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2023-yil 25-yanvardagi 01-00606-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax viloyati filiali  bo‘yicha 16.10.2023 yildagi 74-sonli, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filiali  bo‘yicha 20.10.2023 yildagi 68-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22-oktyabrdagi №7-sonli ma’lumotnomasi);  ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi, erta tashxis qo‘yish, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish,  reabilitatsiya muddatini qisqartirishga va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari filiallari  amaliy faoliyatlariga joriy etilishi ektopik homiladorlikni erta tashxislash va residivlar profilaktikasini takomillashtirish usulini qo‘llash klinik-immunologik markerlarini aniqlash va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash xisobiga statsionarda  davolanish muddatini 3 kunga qisqarishiga asoslangan. Xulosa: kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari fonida ektopik homiladorligi bo‘lgan ayollarda bachadon xomiladorligi bo‘lgan ayollarga nisbatan yallig‘laninishga qarshi sitokin miqdori kamayishi asoslangan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘zbek millatiga mansub ayollarda ektopik xomiladorlik rivojlanishiga COL1A1 rs1800012 geni polimorfizmining gomozigot TT genotipi xamda  TNFα -308G/A geni polimorfizmining geterozigot GA genotipi ko‘proq darajada tarqalganligi sabab bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha «Ektopik homiladorlikni erta tashxislash va residivlar profilaktikasini takomillashtirish usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2023-yil 25-yanvardagi 01-00606-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax viloyati filiali  bo‘yicha 16.10.2023 yildagi 74-sonli, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filiali  bo‘yicha 20.10.2023 yildagi 68-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22-oktyabrdagi №7-sonli ma’lumotnomasi);  ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etilishi, erta tashxis qo‘yish, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish,  reabilitatsiya muddatini qisqartirishga va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari filiallari  amaliy faoliyatlariga joriy etilishi ektopik homiladorlikni erta tashxislash va residivlar profilaktikasini takomillashtirish usulini qo‘llash klinik-immunologik markerlarini aniqlash va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash xisobiga statsionarda  davolanish muddatini 3 kunga qisqarishiga asoslangan. Xulosa: o‘zbek millatiga mansub ayollarda ektopik xomiladorlik rivojlanishi COL1A1 rs1800012 geni va TNFα -308G/A geni polimorfizmlari allel va genotiplari bilan bog‘liqligi asoslangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish