Amanov G‘afur Adilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O’zbekistonda yangi ma’naviy makonni yaratishning g‘oyaviy-mafkuraviy negizlari”
09.00.06 – Goyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal779.
Ilmiy rahbar: Utamuradov Akbar - falsafa fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Nishonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda ma’naviy makonni shakllantirishning g‘oyaviy-mafkuraviy negizlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy makonda kechadigan jarayonlarning dialektik mohiyati, turli madaniyatlarning muloqoti va ilmiy bilimlarning tarqalishi, zamonaviy axborot jamiyati ilmiy, axborotni qabul qilish, qayta ishlashning yangi tizimini aks etiradigan metodologik, bilim va e’tiqod uyg‘unligini qaratilgan epistemologik jihatlari ochib berilgan;
barqaror taraqqiyotda ma’naviy-mafkuraviy islohotlarni amalga oshirishda inson va umummilliy, umumxalq manfaatlarining uyg‘unlashuv qonuniyatlari, shaxs mafkuraviy immunitetini yuksaltirish milliy qadriyatga asoslangan tarbiya, adiiy adabiyot va san’at orqali mafkuraviy ta’lim, axborot madaniyati va mediasavodxonlikni yuksaltirish, tanqidiy fikrni rivojlantirish kabi mexanizmlari asoslab berilgan;
yangilanayotgan ma’naviy makondagi milliy taraqqiyot yo‘li, uni ijtimoiy-ma’naviy hayot bilan integratsiyalashtiruvchi obektiv shart-sharoitlar va subektiv omillarni strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirishning tizimli, moslashuvchan va dinamik rivojlanish tamoyillari ochib berilgan;
yangi ma’rifiy jamiyatning ma’naviy-mafkuraviy podevori, yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari, ijtimoiy-siyosiy omillarini amalga oshirish usullari va milliy ma’naviy makon yaratishda o‘zbek milliy qadriyatlari va zamonaviy global jarayonlarning uyg‘unlashuvining tendensiyalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yangi ma’naviy makonni yaratishning ma’naviy-mafkuraviy negizlarini tadqiq qilish bo‘yicha tavsiya va takliflar asosida:
ma’naviy makonda kechadigan jarayonlarning dialektik mohiyati, turli madaniyatlarning muloqoti va ilmiy bilimlarning tarqalishi, zamonaviy axborot jamiyati ilmiy, axborotni qabul qilish, qayta ishlashning yangi tizimini aks etiradigan metodologik, bilim va e’tiqod uyg‘unligini qaratilgan epistemologik jihatlariga doir xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024 yil 31 yanvardagi 11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarining barcha yo‘nalish va bosqichlari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limlari faoliyatlarida, nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyatida ma’rifatli jamiyat qurish orqali inson manfaati ustuvorligini ta’minlash barcha fuqarolar ongiga singdirish yuzasidan amaliy dasturlar ishlab chiqish rejasini takomillashtirishga xizmat qilgan.
barqaror taraqqiyotda ma’naviy-mafkuraviy islohotlarni amalga oshirishda inson va umummilliy, umumxalq manfaatlarining uyg‘unlashuv qonuniyatlari, shaxs mafkuraviy immunitetini yuksaltirish milliy qadriyatga asoslangan tarbiya, adiiy adabiyot va san’at orqali mafkuraviy ta’lim, axborot madaniyati va mediasavodxonlikni yuksaltirish, tanqidiy fikrni rivojlantirish kabi mexanizmlari haqidagi fikrlar OAV, ilmiy nashrlarda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yil 12 fevraldagi 02/129-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarining barcha yo‘nalish va bosqichlari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limlari faoliyatlarida, nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyatida ma’rifatli jamiyat qurish orqali inson manfaati ustuvorligini ta’minlash barcha fuqarolar ongiga singdirish yuzasidan amaliy dasturlar ishlab chiqish rejasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yangilanayotgan ma’naviy makondagi milliy taraqqiyot yo‘li, uni ijtimoiy-ma’naviy hayot bilan integratsiyalashtiruvchi obektiv shart-sharoitlar va subektiv omillarni strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirishning tizimli, moslashuvchan va dinamik rivojlanish tamoyillariga doir ilmiy yangiliklari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining istiqbolli va strategik maqsadlariga mo‘ljallangan targ‘ibot-tashviqot ishlarini ilmiy tahlil qilishga doir ish rejasi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2024 yil 12 yanvardagi 02/02-02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari partiyaning kelajakdadi mo‘ljallangan saylovoldi dasturida o‘z oldiga barqaror taraqqiyotda maʼnaviy-mafkuraviy islohotlarni amalga oshirishda inson va umummilliy, umumxalq manfaatlarining uyg‘unlashuv qonuniyatlari, shaxs ma’naviy va mafkuraviy immunitetini yuksaltirish mexanizmlari va aholining g‘oyaviy savodxonligini oshirishga, ma’naviy va mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, fuqarolarda ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, erkin fikrlash, o‘zligini anglash, milliy manfaatdorlik kabi xususiyatlarni targ‘ib qilish hamda monitoringini olib borishga xizmat qilgan;
tadqiotning yangilanayotgan maʼnaviy makondagi milliy taraqqiyot yo‘li, uni yangi ma’rifiy jamiyatning ma’naviy-mafkuraviy podevori, yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari, ijtimoiy-siyosiy omillarini amalga oshirish usullari va milliy ma’naviy makon yaratishda o‘zbek milliy qadriyatlari va zamonaviy global jarayonlarning uyg‘unlashuvining tendensiyalariga doir ilmiy yangiliklaridan Agentlik faoliyatidagi yoshlarning g‘oyaviy savodxonligini oshirish, milliy iftihor, milliy gurur, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024 yil 12 martdagi -sonli ma’lumotnomasi). Natijada Agentlikning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fanga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, yoshlarga oid davlat siyosati targ‘ibotini tashkil etish va amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan. Markazning mamlkatimizda yangi ma’naviy makonni shakllantirish va ma’naviyat sohasidagi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish hamda ularni samarali amalga oshirishda xizmat qilgan.