Doniyarov Mavlonbek Arabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7813.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari samarali o‘qitish va ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, amaliy echimlarni tahliliy tashxislash hamda amalga oshirishga qaratilgan ijodiy faol pedagogik mikromuhitni yaratish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli ta’lim mazmunini aniq maqsadga yo‘naltirishga qaratilgan insonparvarlashtirish elementlarini kiritish hamda faol ishtirokka jalb etish, tizimlilik, obektivlik, amaliyot bilan bog‘liqlik va o‘z-o‘zini doimiy faollashtirish tamoyillarining integrativ xususiyatlarini pedagogik yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini intensivlashtirish hamda o‘qitish nazariyasi va texnologiyasi uzviyligini ta’minlash hamda pedagogik amaliyot, ilmiy tadqiqot faoliyati o‘zaro to‘ldiruvchi xususiyatlarini maqsadli foydalanishga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi interaktiv yondashuvlarga ko‘ra nostandart pedagogik vaziyatlarda qaror qabul qilish mobilligini oshirish hamda o‘zini-o‘zi faollashtirishga xizmat qiladigan mantiqiy mashqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish tadqiqi natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari samarali o‘qitish va ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, amaliy echimlarni tahliliy tashxislash hamda amalga oshirishga qaratilgan ijodiy faol pedagogik mikromuhitni yaratish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 21-yanvardagi 11-05-378/04 dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligining didaktik imkoniyatlarini aniqlash imkonini bergan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli ta’lim mazmunini aniq maqsadga yo‘naltirishga qaratilgan insonparvarlashtirish elementlarini kiritish hamda faol ishtirokka jalb etish, tizimlilik, obektivlik, amaliyot bilan bog‘liqlik va o‘z-o‘zini doimiy faollashtirish tamoyillarining integrativ xususiyatlarini pedagogik yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 21-yanvardagi 11-05-378/04 dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligi modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini intensivlashtirish hamda o‘qitish nazariyasi va texnologiyasi uzviyligini ta’minlash hamda pedagogik amaliyot, ilmiy tadqiqot faoliyati o‘zaro to‘ldiruvchi xususiyatlarini maqsadli foydalanishga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 21-yanvardagi 11-05-378/04 dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayonining metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi interaktiv yondashuvlarga ko‘ra nostandart pedagogik vaziyatlarda qaror qabul qilish mobilligini oshirish hamda o‘zini-o‘zi faollashtirishga xizmat qiladigan mantiqiy mashqlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 21-yanvardagi 11-05-378/04 dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan.