Gullieva Yulduzxon Yuldoshovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga cholg‘u ansamblini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ashirboev Samixon, Filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Rajabov To‘xtasin Ibodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalaridagi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga “Cholg‘u ansambli” kursi asosida nazariy, amaliy va  mustaqil ta’limni tashkil etish metodlarini takomillashtirishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga cholg‘u ansamblini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari musiqa ta’limi yo‘nalishidagi “Cholg‘u ansambli” kursi mazmunining nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim nisbati belgilab berish asosida aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga cholg‘u ansamblini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi ansamblda musiqa rahbarining o‘z ijrochiligi mahoratiga, bilimiga, ansanbl rahbarining ta’lim metodikasiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqildi, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik tayyorgarligi asnosida ansanbl rahbariga xos xususiyatni aks ettirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga cholg‘u ansamblini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli akademik ansambl va talabalar ansamblining o‘ziga xos xususiyatlari,  professional hamda pedagogik talablar asosida nazariy va mustaqil ta’lim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini ta’limiy maqsadlarga izchil transofrmatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga cholg‘u ansamblini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mazmuni kasbiy tayyorgarligining rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlari va ko‘rsatkichlarining  ta’lim jarayoniga joriy etilishiga asoslangan pedagogik ishchan muhit yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy talim muassasalarida mustaqil talimni tashkil etish metodikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy tavsiyalar asosida:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga cholg‘u ansamblini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlaridan ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim nisbatini belgilab berish va kasbiy faoliyat motivlarini optimal idrok jarayoniga identifikatsiyalash asosida rivojlantirishga oid takliflar “Aqlli bog‘cha” konsepsiyasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash orqali musiqa ta’limiga singdirildi (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 19 sentyabrdagi 11-05-52-06/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ansambl ijrosidagi asarlarni o‘rganish jarayonida ijro repertuarining nazariy masalalarini o‘zlashtirishning o‘quv jarayonida keng o‘rganilishini takomillashtirish imkoni yaratildi;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga cholg‘u ansamblini o‘qitish metodikasi samaradorligini ansamblda o‘z ijrochiligi mahoratiga, bilimiga, ansambl rahbarining ta’lim metodikasiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Aqlli bog‘cha” konsepsiyasini bajarishda foydalanish orqali musiqa ta’limiga singdirildi (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 19 sentyabrdagi 11-05-52-06/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada musiqa talimida talabalar ijodiy tafakkurini rivojlantirishning shart-sharoitlari, kasbiy pedagogik tayyorgarligi asnosida ansambl rahbariga xos xususiyatni aks ettirish samaradorligi ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyati yaratildi;  
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga cholg‘u ansamblini o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli, talabalar ansamblining o‘ziga xos xususiyatlari,  professional hamda pedagogik talablar asosida sozandalar jamoasi, xonandalar va musiqa rahbarlariga qo‘yiladigan kasbiy-pedagogik talablarni rivojlantirishga oid tavsiyalar “Aqlli bog‘cha” konsepsiyasini amalga oshirish asosida musiqa ta’limi jarayoniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan 2024 yil 19 sentyabrdagi 11-05-52-06/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ansambl ijrosidagi asarlarni innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalangan holda  metodik-ta’limiy maqsadlarga izchil transformatsiyalashni rivojlantirish imkoni yaratildi;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga cholg‘u ansamblini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mazmuni kasbiy tayyorgarligining rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlari va ko‘rsatkichlarining ta’lim jarayoniga joriy etilishiga qaratilgan tavsiyalar “Aqlli bog‘cha” konsepsiyasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash orqali musiqa ta’limi jarayoniga singdirildi (Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan 2024 yil 19 sentyabrdagi 11-05-52-06/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ovoz masalasi, registr, kuy tuzilishi va uning turlari, xalq musiqasi ladlari hamda milliy maqomlarning lad va interval tuzilishlari, umuman olganda, ta’lim jarayoniga joriy etilishga asoslangan pedagogik ishchan muhit yaratish imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish