Yaxshimbekova Sayyora Kamalovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirish”, 13.00.01– Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7376. 
Ilmiy rahbar: Jumanova Fatima Uralovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023. Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardanov Shukurullo Ko‘ldoshevich,  pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari, onalik va oilaviy qadriyatlarga aksiologik munosabatni shakllantiruvchi, o‘qituvchilarning reproduktiv madaniyatiga yo‘naltiruvchi metodik va texnologik ta’minotni ularning individual ta’lim jarayonini belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirish modeli ta’lim oluvchilarning kognitiv, motivatsiyon, kommunikativ, amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan, shaxsga yo‘naltirilgan kabi bosqichlarini reproduktiv madaniyatni rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ta’limiy, tashxislovchi, motivatsion, tahlil qilish, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga metodik jihatdan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirishda tibbiy-pedagogik rivojlantirishning modulli texnologiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyat bo‘yicha bilimlarga qiziqish, ichki xoxish istakni qaror toptirish, shaxsiy gigiena, kun tartibi, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish qoidalariga ongli munosabatni qaror toptirish jarayonining motivatsion, faoliyatga yo‘naltirilgan, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan bosqichlari o‘rtasida izchillik va tizimlilikni pedagogik jarayon qonuniyatlariga muvofiq ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyat ko‘nikmalarini rivojlantirishni amalga oshirish mexanizmlari sifatida seminar trening, mahorat darslari, kollaborativ o‘qitish, flipping, diskussiya va bahs metodlariga asoslangan texnologiyalarni aniq maqsadga yo‘naltirilgan tayyorlov, kognitiv va yakuniy bosqichlarga ko‘ra ta’minlash orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
reproduktiv madaniyat dinamik qadriyatli tizim sifatida avlodlar davomiyligini ta’minlashning ambivalent yo‘nalganligi hisobiga insonning reproduktiv ehtiyojlarini transformatsiyalashning muhim indikatori ekanligini  pedagogik refleksiyaga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Bolalar pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son Qarori asosida moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport unuversiteti rektorining 2023-yll 13-oktyabrdagi 394-son buyrug‘i, D0000028 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bolalar pedagogikasi mazmunini reproduktiv madaniyat elementlariga doir materiallar bilan boyitilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tuzilmasini mental, prenatal, antinatal tizimlarning qadriyatli, kognitiv, faoliyatli tarkibiy asoslarning regulyativ, adaptiv, kommunakativ, ijtimoiylashuv kabi universal funksiya bilan qayta aloqasi identivligini ta’minlash orqali aniqlashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirishning pedagogik modelining mazmunli komponentini maqbullashtirish, desakralizatsiya, kasbiy etuklik, gender tenglik, subektivlik kabi mazkur fenomenga xos tendensiyalarni gender pedagogika va psixologiyaga doir o‘quv materiallarini modulli yondashuv bo‘yicha loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi uchun “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i, 218-144-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, peproduktiv madaniyatning rivojlanganligini tashxis etish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirishning jimoniy faollikni kundalik madaniyat tarzida odatlantirish, reproduksiyaning ma’naviy asoslarini interiorizatsiyalash, onalik va oilaviy qadriyatlarga aksiologik munosabatni shakllantirish kabi nazariy-pedagogik shart-sharoitlarini prokreatsion ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Toshkent viloyat muassasasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondi tomonidan ma’qullangan “Ajdodlar merosi ma’rifat ziyosi” hamda “Insonga e’tibor oliy qadriyat” loyihalarining oilaviy qadriyatlar bilan bog‘liq qismlarini bajarishda foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Toshkent viloyat muassasasining 2023-yil 3-avgust 28- va 29-son ma’lumotnomalari). Natijada, yoshlarda reproduktiv madaniyatni rivojlantirishda milliy qadriyatlardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.
Natijada innovatsion ta’lim texnologiualari, axborot kommunikatsiua texnologiualari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda reproduktiv madaniuatni rivojlantirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish