Eshchanova Xolida Xudayarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki turizm asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4441
Ilmiy rahbar: Ismailova Shamsiya Kurultaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukurullo Quldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Ichki turizm asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini ichki turizm asosida shakllantirishni pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishning tarixiy, ijtimoiy-madaniy, aksiologik, madaniyatlararo muloqot, pedagogik-psixologik, motivatsion-faoliyatli kabi nazariy-metodologik yondashuvlari ichki turizmning pedagogik imkoniyatlarini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
ichki turizm asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish modeli didaktik, pedagogik-psixologik, tashkiliy-mintaqaviy, kommunikativ, hamkorlikda ishlash, ma’naviy-axloqiy norma va talablar asosida tizimlashtirilgan o‘quv-tarbiyaviy topshiriqlar, tarbiya shakllari, usullari va vositalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarga differensial-tizimli kiritish asosida takomillashtirilgan;
yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni ichki turizm asosida shakllantirish mexanizmlari yoshlar kasbiy kamolotini ifodalovchi ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-axloqiy, kognitiv, aksiologik, shaxsiy-operatsion, baholovchi-refleksiv omillar ichki turizm, hamda sayyohlik faoliyati tendensiyalari va istiqbollarini yoritish, turistik dasturlarning ma’naviy-axloqiy mazmunini boyitish, ta’lim-tarbiya va turizmni integratsiya qilish, texnologiyalardan foydalanish, motivatsiya va rag‘batlantirish asosida mukammallashtirilgan;
ichki turizmning madaniy, tarixiy meros, etnografik, sport-sog‘lomlashtiruvchi, ziyorat va rekreatsion faoliyat, pedagogik-psixologik xususiyatlari, davlat va jamiyat siyosati, tadqiqot natijalarini inobatga olgan holda yoshlarni ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning didaktik ta’minoti axborotli muhit talablari hamda geografik hudud xususiyatlaridan kelib chiqib, ilmiy-metodik ishlanmalar va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichki turizm asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari hamda ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy, aksiologik, kommunikativ, pedagogik, motivatsion omillar, nazariy-metodologik yondashuvlar, ichki turizmning pedagogik mazmuni va mohiyatini ochib berish asosida aniqlashga oid takliflar “Turizm pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 14-yanvardagi 11-05-230/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning ichki turizm bo‘yicha bilim, ko‘nikmalari rivojlangan;
ichki turizm asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy fazilatlarini o‘quv-tarbiyaviy komponentlar asosida shakllantirishning nazariy-pedagogik modeli va o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar “Ijtimoiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 14-yanvardagi 11-05-230/04-son dalolatnomasi). Natijada, “Ijtimoiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmun jihatdan boyitilgan;
yoshlarning kasbiy kamolotini xarakterlovchi ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-axloqiy, kognitiv, aksiologik, shaxsiy-operatsion, baholovchi-refleksiv omillar ichki turizm asosida madaniy-ma’naviy meros, motivatsion va qadriyatli xususiyatlar mazmuni shakl, metod va vositalari bilan sinergetik integratsiyalashishi orqali takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik kompetentlik” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 14-yanvardagi 11-05-230/04-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarning kasbiy kamolotini xarakterlovchi xususiyatlari: ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga munosabati darajasi oshgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy, madaniy, ichki, sport-sog‘lomlashtiruvchi, etnografik, rekratsiyon turistik faoliyatida intellektual rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik tizim modeli, didaktik ta’minotiga oid takliflar “Turizm pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 8-noyabrdagi 02/01/01-145 raqamli ma’lumotnomasi). Bu esa, “Turizm pedagogikasi” fanining mazmunini boyitishga hamda talaba-yoshlarning ichki turizm asosida ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilgan.