Ziyaeva E’tiborxon Rasuljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘riq sindromi bilan asoratlangan surunkali sal`pingooforitli ayollarda terapevtik tadbirlarni optimallashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2201.
Ilmiy raxbar: Ruzieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andidon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Karimova Feruza Javdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zakirova Nadira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘riq sindromi bilan asoratlangan surunkali sal`pingooforitli ayollarning qonida og‘riq peptidlari (SP) va sitokinlar tarkibidagi o‘zgarishlarning xususiyatlarini o‘rganish va kompleks terapiya usulini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kasallikning davomiyligi va qo‘zg‘alishi tabiatiga qarab surunkali sal`pingooforitni qo‘zg‘alish chastotasi va tipologik xususiyatlari aniqlangan;
kasallikning davomiyligi va qo‘zg‘alishi tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan hayot sifati, davolashning bevosita va uzoq muddatli samaradorligini surunkali sal`pingooforit bilan og‘rigan bemorlarda katamnestik baholash isbotlangan;
surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan og‘rigan ayollarda og‘riq peptidi SP dinamikasi va sitokin holatining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan, bu esa ushbu guruhda og‘riq paydo bo‘lishining yallig‘lanishsiz genezi haqida gipoteza qilishga imkon berishi isbotlangan;
surunkali sal`pingooforit bo‘lgan ayollarda surunkali tos og‘rig‘i sindromini tashxislash va davolash usullari takomillashtirilgan, klinik amaliyotga joriy etilgan va tavsiya etilgan SP antogonistlarini qo‘llashga asoslangan kompleks terapiyaning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bemorlarda surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan hastaligini tashxislash va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida tasdiqlangan: 
birinchi ilmiy yangilik: ayollarda kasallikning davomiyligi va qo‘zg‘alishlari tabiatiga qarab surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan yoki surunkali tos og‘rig‘i sindromisiz hasta bemorlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari va tipologik xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabrdagi 6i-55/U-son qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan surunkali sal`pingooforitni kompleks davolash uslubi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan “Ona va bola salomatligi” ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 12 dekabrdagi 85-sonli, Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 13 dekabrdagi 104-sonli buyrug‘i bilan, Namangan viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 22 dekabrdagi 734-sonli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/114 sonlixulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali sal`pingooforit bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini va tabiati bilan bog‘liqligi nuqtai nazaridan baholash kasallikni ambulator davolanishning tez va uzoq muddatli samaradorligini aniqlashga imkon berdi, ayniqsa bu bilan qo‘zg‘alishlar chastotasini kamaytirish va o‘z vaqtida surunkali sal`pingooforit tashxisi qo‘yilgan ayollar uchun davolash natijalarini yaxshilashga, davolanishdan norozilikni 45-50 foizgacha kamaytirishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali sal`pingooforit bilan hasta ayollarda kasallanishning kamayishiga, surunkali sal`pingooforit ayollarni tiklash va qayta davolash xarajatlarini kamayishiga olib keladi. Bizning nazoratimizdagi 106 nafar bemorning kayta davolanishini qisqartirish hisobiga 33 million 338 ming 305 so‘m mablag‘ni tejash mumkinligi isbotlangan. Xulosa: kasallikning davomiyligi va tabiatiga qarab surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan yoki surunkali tos og‘rig‘i sindromisiz hasta bemorlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari va tipologik xususiyatlarini aniqlash, shuningdek kasallikning davomiyligi va tabiati bilan bog‘liq holda surunkali sal`pingooforit bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini baholash mazkur bemorlarni ambulator davolashning tez va uzoq muddatli samaradorligini ta’minlash, xar bir nafar bemor uchun 366 ming 355 so‘mini tejash imkonini berdi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: kasallikning davomiyligi va qo‘zg‘alishi tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan hayot sifati  va davolashning bevosita va uzoq muddatli samaradorligini surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan yoki surunkali tos og‘rig‘i sindromisiz og‘rigan bemorlarda katamnestik baholash bilan baholanishi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabrdagi 6i-55/U-son qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan surunkali sal`pingooforitni kompleks davolash uslubi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi» ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 12 dekabrdagi 85- sonli, Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 13 dekabrdagi 104-sonli buyrug‘i bilan, Namangan viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 22 dekabrdagi 734-sonli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan (O‘zbekistonRespublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/114sonlixulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan yo‘ki surunkali tos og‘rig‘i sindromisiz bemorlarda ushbu kasallikning tarixi 5-10 yildan ortiq davom etishi isbotlangan, davolanishning qiyinligi, qo‘zg‘alishlarning ko‘p marta kuzatilishi bilan ajralib turadi, surunkali tos og‘rig‘i sindromi ayollarga katta tashvish tug‘diradi. Tadqiqot davrida bunday bemorlarning ahvoli og‘ir, ular yomon kayfiyatda, ular o‘zlariga joy topa olmaydilar, bemorlarning tahlilini hisobga olgan holda davolash usullarini qo‘llash kasallikning og‘irlik darajasining pasayishiga olib keldi. Bemorlar ruhiy jihatdan xotirjam bo‘ldilar.ularning sub’ektiv xavotirlari butunlay tinchidi, masalan, taranglik va qo‘rquv, bu holatlar kasallikning kuchayishini to‘xtatadi va bemorning ijtimoiy qarashlarini yumshatadi.  Iqtisodiy samaradorligi: natijalar surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan yoki u siz holda 54 nafar bemorlarda 11600000 so‘m miqdorida tejamkorlikka erishish mumkinligi isbotlangan Xulosa: bemorlarning tahlilini hisobga olgan holda davolash usullaridan foydalanish kasallikning og‘irligining pasayishiga, qo‘zg‘alishlar sonining kamayishiga, zo‘ravonlik darajasining pasayishiga, davolash samaradorligining oshishiga olib keladi, shuningdek, har bir bemor uchun 10 kamida 250000 so‘m xarajatlarni kamaytirishga erishilgan. 
uchinchi ilmiy yangilik: Surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan og‘rigan ayollarda og‘riq peptidi (SP) dinamikasi va sitokin holatining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanishi, shuningdek, og‘riq paydo bo‘lishining yallig‘lanishsiz genezi haqida gipoteza qilishga imkon berishi xaqidagi  takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabrdagi 6i-55/U-son qarori bilan tasdiqlangan «Surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan surunkali sal`pingooforitni kompleks davolash uslubi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan «Ona va bola salomatligi» ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 12 dekabrdagi 85-sonli, Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 13 dekabrdagi 104-sonli buyrug‘i bilan, Namangan viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 22 dekabrdagi 734-sonli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25sentyabrdagi 06/114 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan yoki surunkali tos og‘rig‘i sindromisiz bemorlarning qon zardobi tahlil qilinganda surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan yoki surunkali tos og‘rig‘i sindromisiz bemorlarda bemorlarning qonida sitokin holati va og‘riq sindromi markeri SP moddasi xususiyatlarini o‘rganishlar yallig‘lanish sitokinlarida katta o‘zgarishlar bo‘lmaganligi, ammo og‘riq peptiti SP ko‘rsatkichlari ochiq surunkali tos og‘rig‘i sindromi indekslarida og‘riq darajalari bilan mutanosib ravishda yuqori ekanligi aniqlangan. Bu natija shuni ko‘rsatdiki, surunkali sal`pingooforit qo‘zg‘alishi bilan bemorlarda surunkali tos og‘rig‘i sindromining ko‘proq neyrogen xarakterga ega bo‘lishi aniqlangan, yallig‘lanish belgilari sezilarli darajada susayadi, bemorlarning ruhiy holati yaxshilanadi, surunkali sal`pingooforit ning qo‘zg‘alish davri qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: Har bir bemor uchun 125000 so‘mga iqtisodiy xarajatlar kamaytirildi. Agar asosiy guruhda 54 nafar bemor bo‘lgan bo‘lsa, 6750000so‘m tejaldi. Xulosa: og‘riq peptidi SP dinamikasini aniqlash va surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan yoki surunkali tos og‘rig‘i sindromisiz ayollarda sitokin holatining xususiyatlarini aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish surunkali tos og‘rig‘i sindromining oldini olish imkoniyatini isbotladi va bu bilan katta ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligi isbotlangan.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Surunkali sal`pingooforit bo‘lgan ayollarda surunkali tos og‘rig‘i sindromini tashxislash va davolash usullari takomillashtirilgan, klinik amaliyotga joriy etilgan va tavsiya etilgan SP og‘riq vositachisi miqdorini kamaytiradigan nevrotik preparatlarni qo‘llashga asoslangan kompleks terapiyaning samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon Davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023yil 12 dekabrdagi 6i-55/U- son qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan surunkali sal`pingooforitni kompleks davolash uslubi” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan “Ona va bola salomatligi” ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali bo‘yicha ginekolo giya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 12 dekabrdagi 85-sonli, Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 13 dekabrdagi 104-sonli buyrug‘i bilan, Namangan viloyati filiali bo‘yicha ginekologiya bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 22 dekabrdagi 734-sonli buyrug‘i bilan amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/114 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan yoki surunkali tos og‘rig‘i sindromisiz ayollarning qon zardobini tahlil qilishda og‘riq peptidi SP ning dinamikasini va sitokinlar holatining xususiyatlarini o‘rganish xolati uning qon zardobidagi miqdorini kamaytirish g‘oyasiga olib keldi. Bu holat SP og‘riq vositachisi miqdorini kamaytiradigan nevrotik dori-darmonlari ta’sirida amalga oshirildi va kompleks davolash choralari surunkali tos og‘riq sindromini keltirib chiqaradigan yallig‘lanishsiz surunkali sal`pingooforitning qaytalanishini oldini olishga, bemorlarni jismoniy va ruhiy holatini ko‘tarishga, shuningdek, SP miqdorini kamaytirishga, umuman ayollar sog‘ligini yaxshilashga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali tos og‘rig‘i sindromi vaqtida og‘riq peptidi SP ishlab chiqarishni kamaytirish ayollarda kasalxonada yotish davrini va qayta kasalxonaga yotqizish sonini keskin kamaytiradi. Har bir bemor uchun kasalxonaga yotqizish va dori-darmonlar kuniga 125000so‘m sarflansa, kasalxonada yotish vaqti 2 kunga qisqartirilgan bo‘lsa, 54 ta asosiy guruhdagi bemorlar uchun 13500000 so‘mni tejash mumkinligi isbotlangan. Xulosa: Surunkali sal`pingooforit surunkali tos og‘rig‘i sindromi bilan yoki surunkali tos og‘rig‘i sindromisiz ayollarda qo‘zg‘alishlar sonini kamaytirish uchun amaliyotda SP va sitokinlardagi xarakterli o‘zgarishlarni chuqur o‘rganish natijalariga asoslangan kompleks davolash usulini qo‘llash surunkali sal`pingooforit bilan bemorlarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatini yaxshilash ijtimoiy va iqtisodiy samaraga erishish imkonini berishi isbotlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish