Shakirov Xurshid Xekmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlashdan keyingi takroriy jarrohlik yondashuv”, 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3399.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Shorustamov Muxammadjon Tadjialievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kagramanov Sergey Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy texnologiyalar va asboblarni qo‘llash asosida,chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlashdagi asoratlarning rivojlanish havf omillarini baholash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erta kechiktirilgan asoratlar havfining integralli omili hamroh kasalliklarning (ko‘p hollarda qandli diabet 2 tipi, semizlik, gipertoniya kasalligi, asab tizimi va nafas organlarining kasalliklari) yuqori chastotasi bo‘lishi bilan aniqlangan; bunda endoprotezning chidamliligi va ikkinchi turdagi qandli diabetni (r=-0,218), semizlikni (r=-0,407) mavjudligi o‘rtasida teskari korrelyasiyalar hamda son suyagining sinishi va asab tizimining kasalliklari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasiyalar aniqlanib, ular statistik ahamiyatga eganligi isbotlangan;
olingan ma’lumotlarga asosan, bemorda mavjud bo‘lgan, har biri statistik ahamiyatga ega bo‘lgan va aseptik nostabillikni rivojlanishini aniq bashoratlash imkonini beradigan (k=0,516, p=0,002), asoratlarning, konstitusion hususiyatlar, chanoq-son bo‘g‘imiga o‘tkazilayotgan tashqi ekstremal ta’sirlar kabi havf omillari, shuningdek ijtimoiy omillar va somatik salomatlik ko‘rsatqichlari kabi barcha havf omillarini hisobga olgan holda, chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi asoratlarni bashoratlash modeli ishlab chiqilgan;
populyasiyada chanoq-son bo‘g‘imini birlamchi va reviziyali endoprotezlashga bo‘lgan ehtiyojni miqdoriy baholashning taklif qilingan universal taktikasi ixtisoslashtirilgan endoprotezlash markazlari faoliyatini maqsadga muvofiq ravishda rejalashtirish hamda birlamchi va reviziyali chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashga bo‘lgan ehtiyojni maksimal aniqlik bilan (r=0,866) miqdoriy baholashni o‘tkazish xamda mos ravishda material va jihozlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini berishi isbotlangan;
chanoq-son bo‘g‘imining revizion operatsiyalarida suyakka ishlov berish va endoprotezning chanoq kismi suyak massasidan olib tashlash uchun qurilmalar yordamida jarroxlik taktikasi ishlab chiqilgan va uning jarroxlik amalieti vaqtini kisqartirishi, muolajani bajarishni osonlashtirishi xamda qon yo‘qotilishi xajmini 15%gacha qisqartirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ekspert hay’atining 22.10.2024 yil 07/07-son hulosasiga ko‘ra (Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilgan ilmiy ishlanmalarni boshqa tibbiyot muassasalariga joriy etish haqidagi 17.09.2024 yildagi 09/922-son xati):
birinchi ilmiy yangilik: erta kechiktirilgan asoratlar havfining integralli omili hamroh kasalliklarning (ko‘p hollarda qandli diabet 2 tipi, semizlik, gipertoniya kasalligi, asab tizimi va nafas organlarining kasalliklari) yuqori chastotasi bo‘lishi bilan aniqlangan; bunda endoprotezning chidamliligi va ikkinchi turdagi qandli diabetni (r=-0,218), semizlikni (r=-0,407) mavjudligi o‘rtasida teskari korrelyasiyalar hamda son suyagining sinishi va asab tizimining kasalliklari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasiyalar aniqlanib, ular statistik ahamiyatga eganligi isbotlangan. Olingan natijalar Andijon viloyati ko‘p tarmokli tibbiyot markazi (1.03.2024, №5) va Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgarmasi tibbiy sanitariya bo‘limi (1.03.2024 №1) amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashni rejalashtirish bosqichida somatik yuklanishning integrativ ko‘rsatqichini hisoblab chiqib bemorni yakka tartibdagi terapevtik parvarishlashni bajarish imkoniyatidan iborat. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi yakka tartibdagi terapevtik parvarishlash qoniqarsiz natijalarda takroriy aralashuvlarni oldini olish imkoniyatida ko‘rinadi (ChSB EP bo‘yicha takroriy aralashuvning narhi 21250000 so‘m.) Hulosa: somatik yuklanishning integrativ ko‘rsatqichini hisoblash yakka tartibdagi terapevtik parvarishlashni o‘tkazish, hamda qoniqarsiz natijalarda takroriy aralashuvlarni oldini olish, har bir bemor uchun 21250000 so‘mni tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: olingan ma’lumotlarga asosan, bemorda mavjud bo‘lgan, har biri statistik ahamiyatga ega bo‘lgan va aseptik nostabillikni rivojlanishini aniq bashoratlash imkonini beradigan (k=0,516, p=0,002), asoratlarning, konstitusion hususiyatlar, chanoq-son bo‘g‘imiga o‘tkazilayotgan tashqi ekstremal ta’sirlar kabi havf omillari, shuningdek ijtimoiy omillar va somatik salomatlik ko‘rsatqichlari kabi barcha havf omillarini hisobga olgan holda, chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi asoratlarni bashoratlash modeli ishlab chiqilgan. Olingan natijalar Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (1.03.2024, №5) va Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgarmasi tibbiy sanitariya bo‘limi (1.03.2024 №1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi asoratlar bashoratining modeli somatik yuklanish ko‘rsatqichining 3,5 va undan ortiq kattaligida asoratlarni rivojlanishining yuqori havfini aniqlash imkonini bergan. Asoratlarning eng ko‘p bartaraf etiladigan sabablari, chanoq-son bo‘g‘imi aralashuvdan keyin infeksiyani qo‘shilishi bo‘lganligi tufayli, ushbu ko‘rsatqichlarga ega bo‘lgan barcha bemorlarga operatsiyadan oldin va keyingi davrda antibiotiklar orqali intensiv profilaktika o‘tkazilishi tavsiya etiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi asoratlarning intensiv profilaktikasi ularni davolash uchun qo‘shimcha harajatlarni oldini olish imkonini berishidan iborat. Hulosa: asoratlarni bashoratlash modeli asoratlarning intensiv profilaktikasini o‘tkazish hamda ularni davolash uchun qo‘shimcha harajatlarni oldini olish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: populyasiyada chanoq-son bo‘g‘imini birlamchi va reviziyali endoprotezlashga bo‘lgan ehtiyojni miqdoriy baholashning taklif qilingan universal taktikasi ixtisoslashtirilgan endoprotezlash markazlari faoliyatini maqsadga muvofiq ravishda rejalashtirish hamda birlamchi va reviziyali chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashga bo‘lgan ehtiyojni maksimal aniqlik bilan (r=0,866) miqdoriy baholashni o‘tkazish xamda mos ravishda material va jihozlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini berishi isbotlangan. Olingan natijalar Andijon viloyat ko‘p tarmokli tibbiyot markazi (1.03.2024, №5) va Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgarmasi tibbiy sanitariya bo‘limi (1.03.2024 №1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mazkur usul O‘zbekiston Respublikasi hududida Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash va qayta endoprotezlarga bo‘lgan ehtiyojni hisoblash imkonini berdi (375dan 560gacha reviziyali operatsiyalar). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ihtisoslashtirilgan bo‘limlarda birlamchi va reviziyali chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashlarni rejalashtirishda bunday operatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni hisoblash natijasida endoprotezlar, ehtiyot qismlar va jihozlarni sotib olish uchun harajatlarni kamaytirish imkoni yaratildi. Hulosa: birlamchi va reviziyali endoprotezlashga bo‘lgan ehtiyojni miqdoriy baholashning universal usuli, protez,sarf material va jixozlar xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chanoq-son bo‘g‘imining revizion operatsiyalarida suyakka ishlov berish va endoprotezning chanoq kismi suyak massasidan olib tashlash uchun qurilmalar yordamida jarroxlik taktikasi ishlab chiqilgan va uning jarroxlik amalieti vaqtini kisqartirishi, muolajani bajarishni osonlashtirishi xamda qon yo‘qotilishi xajmini 15%gacha qisqartirishi isbotlangan. Olingan natijalar Andijon viloyat ko‘p tarmokli tibbiyot markazi (1.03.2024, №5) va Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgarmasi tibbiy sanitariya bo‘limi (1.03.2024 №1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mazkur usul jaroxatlarni kamaytirish va foydalanish kulayligini oshirish imkonini berdi .Jarrohlik paytida kon yokotish suyak massasini tez ekstraksiya tufayli 15%ga kamaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mazkur usul operatsiya vaktini o‘rtacha 10 dakikaga kiskartirish imkonini berdi. Bu revizion operatsiya paytida operatsion xodimlarning charchoklariga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Hulosa: chanoq-son bo‘g‘imining revizion operatsiyalarida suyakka ishlov berish uchun kurilma va chanoq-son bo‘g‘imining revizion operatsiyalarida endoprotezning chanoq kismini suyak massasidan olib tashlash uchun qurilmalar yordamida jarroxlik taktikasi revizion operatsiyalarda operatsiya tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi va operatsiya davomida travma olish darajasi kamaydi, qon yo‘qotilishi xajmi esa 15%gacha qisqartirilishi kuzatildi.