Xazratkulova Mashxura Ismatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sitomegalovirus infeksiyali onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda asab tizimi va buyraklar xolatining xususiyatlari» 14.00.09 - Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2738.
Ilmiy raxbar: Dilmuradova Klara Ravshanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Bobomuradov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rabbimova Dilfuza Toshtimerovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: sitomegalovirus infeksiyali onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarni laborator-instrumental tekshirish natijalarini taxlil kilish asosida asab tizimi va buyraklar holatini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sitomegalovirus infeksiyasi bo‘lgan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda asab tizimi 65% da (giposik-ishemik ensefalopatiya, ventrikulomegaliya, bosh miya ichiga har xil turdagi qon quyilishlar) va buyraklarni 24% da (gidronefroz, nefropatiyalar) zararlanishi aniqlangan;
tug‘ma sitomegalovirus infeksiyasi bilan zararlangan chaqaloqlar qon zardobi va siydigi tarkibida lipokalin-2 miqdorining oshishi buyraklar zararlanishini erta tasdiqlovchi diagnostik marker ekanligi aniqlangan;
ilk bor sitomegalovirus infeksiya bilan zararlangan chaqaloqlar bosh miya qon tomirlari qarshilik kuchi bilan buyrak zararlanishini tasdiklovchi lipokalin-2 biomarkeri o‘rtasida to‘g‘ri musbat korrelyativ bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
sitomegalovirus infeksiya bor onalardan tug‘ilgan chaqaloqlar hayotining birinchi yili davomida katamnezi taxlili barcha organlar tizimida patologik o‘zgarishlar kuzatilib, ayniksa markaziy asab (72%) va siydik ajratish (42%) tizimlarida patologiyalar uchrash darajasi usishi aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sitomegalovirus infeksiyali onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda asab tizimi va buyraklar xolatining xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: sitomegalovirus infeksiyasi bo‘lgan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda asab tizimi 65% da (giposik-ishemik ensefalopatiya, ventrikulomegaliya, bosh miya ichiga har xil turdagi qon quyilishlar) va buyraklarni 24% da (gidronefroz, nefropatiyalar) zararlanishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 29 maydagi 10-soni bilan tasdiqlangan “Sitomegalovirus infeksiyali onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda asab tizimi va buyraklar zararlanishining erta diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat Perinatal markazining(hozirgi RIOvaBSIATM Samarqand filiali) chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiyasi va chaqaloqlar patologiyasi bo‘limlari 2023 yil 4 sentyabrdagi 315-U-sonli buyrug‘i bilan, 1-son tug‘ruq majmuasi neonatal bo‘limi 2023 yil 5 sentyabrdagi 264-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sitomegalovirus infeksiyasining chaqaloqlar organizmiga ta’sirini erta diagnostikasining aniqligini oshirishdan iborat bo‘lib, bu nooptimal davolashni tayinlash xavfini kamaytiradi, samarali terapiyani boshlashgacha bo‘lgan vaqtni qisqartirishga yordam beradi va kasalliklarning rivojlanishini nazorat qilishni yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha tekshirishlar uchun xarajatlarni kamaytirish, boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi. Chaqaloqlarda SMVI ta’sirida asab tizimi va buyraklarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklari va asoratlarni o‘z vaqtida diagnostikasi va davo choralarini o‘z vaqtida qullash hisobiga neonatal reanimatsiya bo‘limida har bir chaqaloqning bir kunlik davolanishiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘ 1793368 so‘mni tashkil etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tug‘ma sitomegalovirus infeksiyasi bilan zararlangan chaqaloqlar qon zardobi va siydigi tarkibida lipokalin-2 miqdorining oshishi buyraklar zararlanishini erta tasdiqlovchi diagnostik biomarker ekanligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 29 maydagi 10-soni bilan tasdiqlangan “Sitomegalovirus infeksiyali onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda buyraklarning funksional holati” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat Perinatal markazining chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiyasi va chaqaloqlar patologiyasi bo‘limlari 2023 yil 4 sentyabrdagi 315-U-sonli buyrug‘i bilan, 1-son tug‘ruq majmuasi neonatal bo‘limi 2023 yil 5 sentyabrdagi 264-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sitomegalovirus infeksiyasining chaqaloqlar organizmiga ta’sirini erta diagnostikasining aniqligini oshirishdan iborat bo‘lib, bu nooptimal davolashni tayinlash xavfini kamaytiradi, samarali terapiyani boshlashgacha bo‘lgan vaqtni qisqartirishga yordam beradi va kasalliklarning rivojlanishini nazorat qilishni yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha tadqiqotlar uchun xarajatlarni kamaytirish, boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi va neonatal reanimatsiya bo‘limida har bir chaqaloqning bir kunlik davolanishiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘ 1793368 so‘m tejaladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor sitomegalovirus infeksiya bilan zararlangan chaqaloqlar bosh miya qon tomirlari qarshilik kuchi bilan buyrak zararlanishini tasdiklovchi lipokalin-2 biomarkeri o‘rtasida to‘g‘ri musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 29 maydagi 10-soni bilan tasdiqlangan “Sitomegalovirus infeksiyali onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda asab tizimi va buyraklar zararlanishining erta diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat Perinatal markazining chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiyasi va chaqaloqlar patologiyasi bo‘limlari 2023 yil 4 sentyabrdagi 315-U-sonli buyrug‘i bilan, 1-son tug‘ruq majmuasi neonatal bo‘limi 2023 yil 5 sentyabrdagi 264-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: struktur o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va kasallikning erta bosqichlarida davolanishni boshlash orqali asoratlar va nogironlik xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usulni kundalik amaliyotga joriy etilishi iqtisodiy samarasi SMVI ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asab tizimi va buyrak kasalliklarining oldini olish orqali chaqaloqlar salomatligini yaxshilaydi va qimmat muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi xar bir bemorga taxminan davlat byudjetiga 896684 so‘m foyda keltiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sitomegalovirus infeksiya bor onalardan tug‘ilgan chaqaloqlar hayotining birinchi yili davomida katamnezi taxlili barcha organlar tizimida patologik o‘zgarishlar kuzatilib, ayniksa markaziy asab (72%) va siydik ajratish (42%) tizimlarida patologiyalar uchrash darajasi usishi aniklangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 29 maydagi 10-soni bilan tasdiqlangan “Sitomegalovirus infeksiyali onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda asab tizimi va buyraklar zararlanishining erta diagnostikasi” va nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat Perinatal markazining chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiyasi va chaqaloqlar patologiyasi bo‘limlarida 2023 yil 4 sentyabrdagi 315-U-sonli buyrug‘i bilan, 1-son tug‘ruq majmuasi neonatal bo‘limida 2023 yil 5 sentyabrdagi 264-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish orqali davolanish xarajatlarini kamaytirishdan iborat bo‘lib, bu qo‘shimcha diagnostik muolajalar va shifokorga takroriy tashriflar zaruratini minimallashtiradi va. tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi SMVI bo‘lgan onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda markaziy asab tizimining zararlanishi va buyrak funksiyasining buzilishining erta tashxislashni ta’minlaganligi tufayli bolalar salomatligining yaxshilanishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: noto‘g‘ri tayinlangan terapiyalar sonini kamaytirish va qo‘shimcha diagnostik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga asoslangan va kasallikning prognozini yaxshilashga va bolalarning faol hayot davomiyligini oshirishga yordam beradi.