Miraliev Faxriddin Karimdjanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadondan anomal qon ketishlarini olib borish taktikasini takomillashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib2353.
Ilmiy raxbar: Alieva Dil`fuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadondan anomal qon ketishi va endometrial giperplaziya bilan reproduktiv yoshdagi bemorlar uchun tashxisot va davolash taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagidan iborat:
reproduktiv yoshdagi ayollarda anomal bachadondan qon ketish va endometriy giperplastik jarayonlarining genezida yallig‘lanish chaqiruvchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar muvozanatining buzilish roli isbotlangan;
endometriy giperplastik jarayonini oldini olish usuli sifatida ko‘p fazali oral kontratseptivni qabul qilish davomiyligi asoslangan;
bachadondan qon ketishi bo‘lgan reproduktiv yoshdagi bemorlarda endometriy giperplaziyasini davolash samarasizligining immunologik va immunogistokimyoviy prognostik omillari aniqlangan;
bachadondan anomal qon ketishi va endometriydagi giperplaziyasi (EG) kechayotgan bemorlarda residivga qarshi davolash davomiyligini aniqlashda steroid reseptorlari, yallig‘lanish chaqiruvchi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning roli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onalik va bolalikni muhofaza qilish ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2024 yil 19 fevraldagi, 20-u-t/18 sonli xulosasiga ko‘ra tasdiqlangan.
birinchi ilmiy yangilik: reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadondan anomal qon ketishi va endometriy giperplastik jarayonlarining rivojlanishida yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar disbalansi o‘rni isbotlandi, bundan olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlari Sog‘liqni saqlash uchun dolzarb ahamiyatga ega va amaliyot uchun juda muhum xisoblanadi. Tadqiqot natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali va Toshkent viloyati «Buka» tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga amaliyotga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra №20 u-t/18 19.02.2024 yil). Ijtimoiy samaradorligi: bachadondan anomal qon ketishlari va endometriy giperplastik jarayonlarini o‘z vaqtida aniqlash reproduktiv yoshdagi ayollarda ginekologik asoratlarning oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yallig‘lanish oldi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning diagnostika uchun o‘rtacha qiymat 92100 so‘mni tashkil qiladi (har bir (4 ta) sitokin uchun – 368400 sum). Bachadon va o‘ining ortiqlarini ultratovush tashxislash (UTT) qiymati 107000 sumni tashkil qiladi. Standart holatlarda UTT ga bo‘lgan xarajatlar 107000 sum, ushbu tadqiqotlar bachadodan anomal qon ketishini tashxislashda bir necha marta amalga oshiriladi, agar kerak bo‘lsa dinamik kuzatish o‘tkaziladi (107000 (o‘rtacha 3 marta) 107000 x 3 = 321000 so‘m bir bemor uchun). Bachadodan anomal qon ketish holatida, iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun UTT va sitokinlar marker sifatida belgilash natijasida amalga oshiriladi (iqtisodiy samaradorlik har bir bemor uchun 475 000 sumni tashkil qiladi). Xulosa: bachadondan anomal qon ketishi kuzatilgan reproduktiv yoshdagi ayollarda, yallig‘lanish oldi va yallig‘laniga qarshi sitokinlarni hamda bachadon va o‘ining ortiqlarini UTT bilan aniqlash kerak. Keyingi dinamik kuzatuvlarda faqat UTT o‘tkazish etarli bo‘ladi, bu esa 475000 sum byudjet mablag‘larini tejashga imkon beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor endometriy giperplastik jarayonining profilaktikasiuchun ko‘pfazali oral kontratseptivlarni uzoq muddat davomida qabul qilishning samaradorligi isbotlangan (3oy). Tadqiqot natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziAndijon filiali va Toshkent viloyati «Buka» tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga amaliyotga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra №20 u-t/18 19.02.2024 yil). Ijtimoiy samaradorligi: profilaktika usuli sifatida ko‘p fazali kontratseptividan uzoq muddatli foydalanish ta’siri bemorda reproduktiv funksiyani saqlab qolish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Uchta sikl davomida ko‘pfazali kombinatsiyalangan oral kontratseptiv (KOK) qabul qilish kerak (o‘rtacha narxi 77000 x 3 = 231000 sum). Tavsiya etilgan metodik yondashuv bachadondan anomal qon ketishning takrorlanishini oldini oladi va ortiqcha tashxislash tadqiqotlarini qisqartirishga imkon beradi, iktisodiy qiymati 475000 sumni tashkil qiladi (iqtisodiy samaradorlik 475000 sumni tashkil etdi). Xulosa. Taklif qilingan metodika bachadondan anomal qon ketishning qaytalanish holatida takror laborator va instrumental tadqiqotlarga bo‘lgan xarajatlarni qisqartirishga va bir bemor uchun 117000 sum byudjet mablag‘larini tejashga imkon beradi;
uchinchi ilmiy yangilik ilk bachadondan anomal qon ketishi kuzatilgan reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriy giperplaziyasini davolash samaradorligini immunologik va immunogistokimyoviy prognoz qilingan. Tadqiqot natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziAndijon filiali va Toshkent viloyati «Buka» tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga amaliyotga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra №20 u-t/18 19.02.2024 yil). Ijtimoiy samaradorligi: immunologik va immunogistoximyoviy tekshiruvlar ko‘p fazali kombinirlangan kontratseptiv bilan davolashning samaradorligini aniqlab beradi. Iqtisodiy samaradorligi: immunologik va immunogistoximyoviy tadqiqotlar narxi mos ravishda 368400 so‘m va 850000 so‘mni tashkil qilgan. Immunologik va immunohistokimyoviy tadqiqotlarni o‘rganish bilan uslubiy yondashuv, agar davolash samarasiz bo‘lsa, BAQK bilan kasallangan ayollarda davolash samaradorligini baholash uchun tadqiqotlar sonini kamaytirishga imkon beradi iqtisodiy qiymati 10219400000 so‘m Xulosa. Taklif etilgan uchul bchadondan anomal qon ketishi qaytalanganda takroriy laboratoriya va instrumental tadqiqotlar xarajatlarini kamaytirish va har bir bemor uchun 10219400 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik ilk bor steroid reseptorlari va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning roli bachadondan anomal qon ketishi va endometrini giperplastik jarayoni bo‘lgan bemorlarda kasallikni qaytalanishiga qarshi davolanish muddatini aniqlash uchun o‘rganildi. Tadqiqot natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziAndijon filiali va Toshkent viloyati «Buka» tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga amaliyotga joriy etilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra №20 u-t/18 19.02.2024 yil). Ijtimoiy samaradorligi: bachadondan anomal qon ketishi kuzatilgan ayollarda steroid reseptorlari va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ushbu patologiyaning qaytalanishini o‘z vaqtida taxmin qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bachadondan anomal qon ketishi kuzatilgan ayollarda ayollarda giperplastik jarayonlarning qaytalanishini bashorat qilish samarali davolash uchun dori-darmonlarni o‘z vaqtida tanlash imkonini beradi va asoratlarning oldini olish yuqori moliyaviy xarajatlardan qochish imkonini beradi. Bugungi kunda bachadondan anomal qon ketish tashxisini qo‘yish uchun 1 475 400 so‘m, qo‘shimcha ravishda ginekolog maslahatiga 95000 so‘m sarflanadi. Bachadondan anomal qon ketishni tashxislashning umumiy qiymati 1570400 so‘mni tashkil etadi. Belgilangan tekshiruvlar asosida kasalxonaga yotqizilgan taqdirda: ayollar kasalxonada 5 kun uchun 1500000 so‘mni, diagnostik yoki davolash maqsadida gisteroskopiya o‘tkazish 10119800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa. Bachadondan anomal qon ketish kuzatilgan ayollarda steroid reseptorlari va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar yordamida giperplastik jarayonlarning qaytalanishini bashorat qilish har bir bemor uchun 11619800 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejash va reproduktiv salomatlikni saqlash imkonini beradi.