Samieva Shaxnoz Xikmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar kollejlari dizayn yo‘nalishi o‘quvchilarida estetik dunyoqarashni takomillashtirish metodikasi”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped 219.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almurodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasb-hunar kollejlari dizayn yo‘nalishi o‘quvchilarida estetik dunyoqarashni takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar kollejlari dizayn yo‘nalishi o‘quvchilarida kasbiy faoliyatga tayyorlashning mazmunli-texnologik xususiyatlari (kasbiy-estetik, kasbiy-kommunikativ, loyiha-texnologik, ergonomik, etnomadaniy, huquqiy) axloqiy, obrazlilik va kelajakka yo‘nalganlik tamoyillar asosida estetik dunyoqarashni takomillashtirish imkoniyatlari ochib berilgan;
o‘quvchilarning estetik kamolotini xarakterlovchi omillar (ta’limiy, tarbiyaviy) hisobga olingan holda dizaynerlik faoliyatining tahliliy-prognostik va faoliyatli-uslubiy mexanizmlarini ishlab chiqish orqali tashkiliy komponentlari (rejalashtirish, loyihalashtirish, amalga oshirish va baholash) mazmuni takomillashtirilgan;
maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida estetik dunyoqarashni rivojlantirish (loyiha, hamkorlikda o‘qitish, rivojlantiruvchi) texnologiyalari va o‘quv-uslubiy ta’minotini ishlab chiqish orqali dizayn yo‘nalishi o‘quvchilarida estetik dunyoqarashni shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan;
dizayn yo‘nalishi o‘quvchilarida estetik dunyoqarashning shakllanganlik darajalari (moslashuvchan-kasbiy, loyiha-natijaviy, kreativ-kasbiy) va sifat ko‘rsatkichlarini baholash (aksiologik, ijodiy-kognitiv, operatsion-faoliyatli) mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasb-hunar kollejlari dizayn yo‘nalishi o‘quvchilarida estetik dunyoqarashni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining innovatsion, kasbiy kreativlik, konstruktivlik, mustaqillilik, qat’iylik kabi kasbiy sifatlarini takomillashtirishga oid xulosa va tavsiyalardan O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2015 yil 8 sentyabrdagi 283-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 3210906-Milliy etnografik badiiy liboslar dizayneri kasbi bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-06-4824-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya va takliflar bo‘lajak kichik mutaxassislarda estetik dunyoqarashni takomillashtirishda o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
kasb-hunar kollejlari dizayn yo‘nalishi o‘quvchilarida estetik dunyoqarashni takomillashtirishning samaradorligini belgilovchi pedagogik shart-sharoitlar (protsessual-metodologik, muammoli-mazmunli, tashkiliy-texnologik, natijaviy-mezonli) asosida ishlab chiqishga oid takliflari “Kashta tikish texnologiyasi va ishlab chiqarish jihozlari” o‘quv qo‘llanmasi (ro‘yxatga olish raqami-603-002, 2017 y.) mazmuniga singdirilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarida estetik dunyoqarashni rivojlantirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak kichik mutaxassislarda estetik dunyoqarashni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatkich va mezonlar (motivatsion, kognitiv, faoliyatli) ishlab chiqilgan hamda shu asosida takomillashganlik darajalari (moslashuvchan-kasbiy, loyiha-natijaviy, kreativ-kasbiy) milliy matolardan “Bahor guldastasi” kolleksiyasi va “Zamonaviy milliy liboslar dizaynini yaratish jarayonini takomillashtirish” innovatsion loyihalari yaratilib, mazmuniga singdirilgan va o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-06-4824-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik mutaxassislarni o‘quv jarayonida kasbiy sifatlar bilan birgalikda estetik dunyoqarashiga oid ko‘nikma va malakalarni samarali shakllantirish tizimi takomillashtirilgan.