Rustamova Madina Musoqulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda 1991-2022 yillarda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va echimlari: tarixiy tahlil (Samarqand viloyati misolida)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1457
Ilmiy rahbar: Normurodova Go‘zal Bekmurodovna, Tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Aminova Aziza Marksovna, tarix fanlari doktori, dotsent; Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:. 1991-2022-yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va echimlarini Samarqand viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
O‘zbekistonda xotin-qizlarga oid davlat siyosati asosiy ko‘rsatkichlarining ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda Samarqand viloyati misolidagi natijalari xotin-qizlarning davlat muassasalari va NNT faoliyatidagi ishtiroki natijalari dalillangan; 
1991-2022-yillarda Samarqand viloyati xotin-qizlari ijtimoiy-iqtisodiy muammolari tahliliga ko‘ra, viloyatning Urgut tumanida erta nikoh, Samarqand shahri, Samarqand tumanida nosog‘lom muhit, Toyloq, Oqdaryo hududida oilaviy ajrim va ishsizlik asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ekanligi va uning sabablari aniqlangan;
Samarqand viloyatining 1991-2022-yillarga doir iqtisodiy ko‘rsatkichlarida xotin-qizlarning tadbirkorlik, kichik biznes, ishlab chiqarish sohasidagi natijadorligiga qaramasdan viloyat ayollarining asosiy qismi haq to‘lanmaydigan mehnat bilan bandligi isbotlangan;
Respublika intellektual taraqqiyotida munosib o‘ringa ega bo‘lgan Samarqand viloyatining tumanlar (hudud) kesimida xotin-qizlarining ilm-fan, ta’lim, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash sohasidagi salohiyati ko‘rsatkichlari dalillangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quydagilardan iborat:
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyati misolida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi rolini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga qaratilgan davlat siyosati hamda Samarqand shahri va tumani, Kattaqo‘rg‘on, Toyloq, Oqdaryo, Ishtixon kabi bir qator tumanlarning mahallalarida xotin-qizlarga tegishli ijtimoiy, iqtisodiy muammolari va echimlariga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zR Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 1-apreldagi 04-01/108-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy xulosalar O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanida gender tenglik masalalari to‘g‘risidagi ilmiy bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qilgan;
Samarqand viloyatining demografik jarayonlarida xotin-qizlarning holati va ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini tahlil qilish natijasida, kasbga yo‘naltirish, mehnat bandligini ta’minlash yuzasidan davlat dasturi asosida ish bilan ta’minlash, kreditlar ajratish orqali kichik biznes, ishlab chiqarish, tadbirkorlikka yo‘naltirilganligi hamda viloyat xotin-qizlarining iqtisodiy faolligini oshirish darajasiga oid ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zR Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 1-apreldagi 04-01/108-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar keng jamoatchilikka Samarqand viloyati xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mohiyatiga oid ma’lumotlarni etkazishga xizmat qilgan;
Samarqand viloyati xotin-qizlarining ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlari, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat kabi sohalarda samarali mehnat qilganligi; ularning oila va jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishda, gender tenglikni ta’minlashda ijtimoiy-siyosiy sub’ekt sifatidagi roli to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan SamDU fan yo‘nalishlarida o‘tiladigan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani yozishda foydalanilgan (O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-sonli Qarori asosida 2024-yil 8-apreldagi 10-1634-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy xulosalar “O‘zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi” mavzusida xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalaridagi roli masalalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Samarqand viloyati xotin-qizlarining ko‘zdan kechirilayotgan davrda ilm-fan, ta’lim, innovatsiyalarga qo‘shgan hissalari, jumladan olima ayollarning ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivojidagi o‘rni, maorif tizimidagi roli va davlat mukofoti sovrindorlariga oid ilmiy natijalardan SamDU fan yo‘nalishlarida o‘tiladigan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani yozishda foydalanilgan (O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-sonli Qarori asosida 2024-yil 8-aprel 10-1634-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy xulosalar “Yangi O‘zbekistonda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” mavzusida Milliy dasturida belgilangan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilishida qo‘llab-quvvatlash siyosati mazmun-mohiyatiini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish