Aslanov Bobur Tuxtaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Huquqbuzarliklar sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish”, 12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu1005.
Ilmiy rahbar: Ismailov Isamiddin, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyodullaev Muzzafar Ziyodullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Abdurasulova Qumrinisa Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarining huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlashni tashkil etishni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “Kriminologiya” fanlari bo‘yicha ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda, shuningdek ushbu fanlar doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida unumli foydalanishi lozimligi asoslantirilgan;
shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi isbotlangan;
probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositasini (elektron braslet) ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash tartibi talablarini bajarmayotganligi to‘g‘risida rasmiy ravishda ogohlantirilgan yoki ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan tuman (shahar) probatsiya bolinmasi boshlig‘ining qarori asosida qo‘llanilishi lozimligi, uning muddati qancha bo‘lishi kerakligi asoslantirilgan;
ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlashni tashkil etishni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “Kriminologiya” fanlari bo‘yicha ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda, shuningdek ushbu fanlar doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida unumli foydalanishi lozimligi asoslantirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 2024-yil 30-noyabrdagi 38/8-89-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlari sohaviy xizmat subektlarining vakolatlari va vazifalarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar toifalarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga nisbatan ta’sirchan profilaktik chora-tadbirlarini olib borilishiga xizmat qiladi;
shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etganligi uchun javobgarlik belgilash haqidagi taklifi 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ – 829-son Qonunning 5-moddasi 6-bandi (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi)ni shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 19-yanvardagi 01/q-08-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ishlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga, aholining huquqbuzarliklardan jabrlanib qolish holatlarini kamayishiga xizmat qiladi;
probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositasini (elektron braslet) ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash tartibi talablarini bajarmayotganligi to‘g‘risida rasmiy ravishda ogohlantirilgan yoki ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi boshlig‘ining qarori asosida qo‘llanilishi lozimligi, uning muddati qancha bo‘lishi kerakligi haqidagi takliflaridan 2024-yil 7-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ–938-son Qonunining 33-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 15-avgustdagi
№ 03/08-142-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi probatsiya xizmatining probatsiya nazoratidagi shaxslarni masofadan kuzatib turish va ularni tartib-qoidalarga o‘z vaqtida amal qilayotganligini tekshirib turish faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibini takomillashtirishga oid takliflaridan 2021-yil 12-maydagi O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘RQ-690-son Qonunining 16-moddasi ikkinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 20-dekabrdagi № 03/08-257-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy ruhiy holati buzilgan shaxslar toifalarini o‘z vaqtida aniqlash orqali ular tomonidan sodir etilishi kutilayotgan jinoyatlarni oldini olishga hizmat qiladi.