Yo‘ldosheva Dilnoza Xasan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“XXI asr o‘zbek dramaturgiyasida tavtologiya va pleonazmning lingvopragmatik, lingvokognitiv tahlili”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3271.
Ilmiy rahbar: Yusubova Rano Norboevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bozorova Gulmira Zayniddinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XXI asr o‘zbek dramaturgiyasidagi tavtologik va pleonastik shakllarning lingvopragmatik va lingvokognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ortiqchalikning bir ko‘rinishi bo‘lgan tavtologiyada eng xavfsiz xavfsizlik, uzoq kutilgan g‘alabani kutmoq kabi bir asosdan tarkib topgan leksemalarning takrorlanishi va bu takror tobe munosabatli birikuvdan tuzilganligi ochib berilgan bo‘lsa, ortiqchalikning ikkinchi turi bo‘lgan pleonazmda o‘zining tarjimayi holi, orqaga qaytish kabi birliklardagi turli asosdan tarkib topgan leksemalarning qisman yoki to‘liq semantik takroridan hosil bo‘lishi asoslangan;
badiiy matnda pleonazm hodisasi qahramonning pragmatik intensiyasini yuzaga chiqarish talabi bilan amal qilishi mazza, ro‘baro‘, yuzma-yuz, quloch-quloch so‘zlar, uyli-joyli hamda kelishik, egalik, ko‘plik qo‘shimchalarining uyushiq bo‘laklarning har biriga qo‘shilishi, tavtologiya personaj nutqida uning til haqidagi bilimlarni to‘liq o‘zlashtirmaganligini asoslashi bepul vakansiya, qo’shimcha bonus, mahalliy aborigen kabi birikmalar bilan bir qatorda, personajning chuqur psixik holati, kutilmagan vaziyatlarga duch kelishi dalillangan;
tavtologiya va pleonazmning yuzaga kelishida lisoniy birliklarning pragmatik, kognitiv ko‘lami har bir til egasining konseptual olami, nutqiy malakasi bilan aloqadorligi aniqlashtirilgan;
tavtologiya tabiatiga ko‘ra zaruriy informatsiya ifodalamaydigan ortiqchalik bo‘lganligi sababli qahramon nutqida strategik potensialga ega bo‘lishi, personaj tomonidan hosil qilingan hodisaning nutqiy imkoniyatlari “inersiyaga ko‘ra”, “odat tusiga kirgan”, “bilimlar etishmasligiga ko‘ra”, “maqsad”ga yo‘naltirilgan” tavtologiya ko‘rinishida yuzaga kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi XXI asr o‘zbek dramaturgiyasida tavtologiya va pleonazmning lingvopragmatik, lingvokognitiv tahlili mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antik davrda nutqiy ortiqchalikning tavtologiya va pleonazm hodisalarida namoyon bo‘lishiga munosabat dunyo tilshunosligi, turkiyshunoslik, xususan, o‘zbek tilshunosligida tavtologiya va pleonazmning o‘rganilganlik darajasini umumlashtirish vazifalari, mantiq ilmida tavtologiyaning qo‘llanishiga doir nazariy qarashlarni ilmiy asoslash vazifalari, badiiy-estetik mazmunning voqelanishida tavtologiya va pleonazm hodisalarining o‘rni va rolini ko‘rsatish xususidagi nazariy xulosalardan FA-F1-G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 27-iyundagi 252/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida tavtologiya va pleonazmning o‘rganilganlik darajasini umumlashtirish vazifalari mukammallashtirilgan;
o‘zbek dramaturgiyasida tavtologiya va pleonazmning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi lingvopragmatik omillarni tahlil qilish, tavtologiya va pleonazmning kognitiv-strategik imkoniyatlarini ochib berish, mazkur kuzatuvlardan olingan natijalarni umumlashtirish xususidagi xulosalardan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti tarixi tadqiqi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 27-iyundagi 251/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi badiiy matnning lingvopragmatik, lingvokognitiv tahlilida tavtologiya va pleonazmning til ro‘yobidagi o‘rnini belgilashda muhim asos bo‘lib xizmat qilishi dalillangan;
tavtologiya va pleonazm hodisalarining lingvopragmatik, lingvokognitiv xususiyatlari, tilda ortiqchalik hodisalarining o‘rinli va o‘rinsiz qo‘llanishi, pleonazm hodisasining nutqiy ta’sirchanlikni oshirish uchun xizmat qilishiga oid xulosalardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, yangi kun”, “Adabiyot va hayot”, “Jarayon”, “Nazm va navo”, “O‘zbek adabiyoti” kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-iyundagi 02-10/197-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleloyihalarning dolzarbligi, ilmiy-ommabopligi va tayyorlangan materiallar mazmuni mukamallashishi ta’minlangan;
ortiqchalikning bir ko‘rinishi bo‘lgan tavtologiyada eng xavfsiz xavfsizlik, uzoq kutilgan g‘alabani kutmoq kabi bir asosdan tarkib topgan leksemalarning takrorlanishi va bu takror tobe munosabatli birikuvdan tuzilganligi ochib berilgan bo‘lsa, ortiqchalikning ikkinchi turi bo‘lgan pleonazmda o‘zining tarjimayi holi, orqaga qaytish kabi birliklardagi turli asosdan tarkib topgan leksemalarning qisman yoki to‘liq semantik takroridan hosil bo‘lishidan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, yangi kun”, “O‘zbek adabiyoti” kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-iyundagi 02-10/197-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleloyihalardagi ko‘rsatuvlarning ssenariylaridagi ilmiy-ommaboplik hamda dolzarblik ta’minlangan.