Xo‘jamov Muzaffar Rasuljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda oziq-ovqat siyosati: muammo va echimlar (XX asrning 40–50-yillari) ” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Tar1211
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Soibjon Abdurazzakovich, tarix fanlari doktori, professor; Raxmatov Murod G‘aybullaevich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sovet hokimiyatining O‘zbekistonda XX asrning 40–50-yillaridagi oziq-ovqat siyosati mazmun-mohiyatini tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sovet hukumatining xo‘jalik yuritishdagi destruktiv boshqaruv siyosati va uning salbiy jihatlari, Markazning noto‘g‘ri oziq-ovqat ta’minoti oqibatlari natijasida inqirozli holatlarning yuz berishi, jumladan, mavjud g‘allaning sovet hukumati tomonidan majburiy tortib olinishi natijasida vujudga kelgan muammolar hamda uning oqibatlari va sodir bo‘lgan ziddiyatli holatlar O‘zbekiston SSR misolida yoritilgan;
sovet hukumatining Ikkinchi jahon urushi yillarida front uchun O‘zbekiston SSRda olib borgan oziq-ovqat siyosati, jumladan, “Mudofaa fondi”, “Non fondi” hamda “Go‘sht fondi” masalalari va bu borda respublika miqyosida hududlarda olib borilgan chora-tadbirlar, Toshkent shahri hamda viloyatlarda oziq-ovqat muammosi echimida iste’mol uchun toshbaqa va qorako‘l qo‘zi boqish hamda uni topshirish kabi jarayonlar, urushdan so‘ng ham oziq-ovqat ta’minotidagi salbiy holatlar natijasida vujudga kelgan taqchillik sabab, Sovet Ittifoqi tarkibidagi respublikalarda ro‘y bergan va oshkor etilmagan ocharchilik masalalari matbuot, arxiv ma’lumotlari hamda tarixning jonli guvohlari – og‘zaki tarix (dala) materiallari asosida ko‘rsatilgan;
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, oziq-ovqat ta’minoti, xususan, texnika ekinlari maydonlarining kengaytirilishi, shakar, qand va qand lavlagi etishtirish borasida olib borilgan ishlar, g‘alla, go‘sht-sut hamda boshqa mahsulotlar ta’minotida vujudga kelgan muammolar, aholi ta’minotida qo‘llanilgan kartochka tizimi, uning samarasizligi hamda taqsimotdagi talon-taroj qilish holatlari, oziq-ovqat ta’minotini yaxshilash maqsadida respublika hududida tashkil etilgan yordamchi xo‘jaliklar va ularning qoniqarsiz faoliyati ochib berilgan;
O‘zbekiston SSRda aholining oziq-ovqat iste’moliga qaratilgan chora-tadbirlar, shahar va qishloq aholisi oziq-ovqat ta’minotidagi noto‘g‘ri siyosat natijasida sodir bo‘lgan ziddiyatli holatlar, narx-navo, pul islohoti hamda buning aholi turmush tarziga ta’siri, XX asrning 50-yillarning o‘rtalarida vujudga kelgan non ta’minotidagi isrofgarchilik holatlari, uning oqibatlari, bu borada respublika hukumati olib borgan amaliy ishlar, oziq-ovqat muammolari bo‘yicha Sovet Ittifoqining boshqa respublikalari va chet el davlatlarida amalga oshirilgan ishlar qiyosiy tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRda oziq-ovqat siyosati va uning oqibatlari (XX asrning 40–50-yy.) tadqiqot ishi davomida olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
sovet hukumatining xo‘jalik yuritishdagi destruktiv boshqaruv siyosati va uning salbiy jihatlari, Markazning noto‘g‘ri oziq-ovqat ta’minoti oqibatlari natijasida inqirozli holatlarning yuz berishi, jumladan, mavjud g‘allaning sovet hukumati tomonidan majburiy tortib olinishi natijasida vujudga kelgan muammolar hamda uning oqibatlari va sodir bo‘lgan ziddiyatli holatlar O‘zbekiston SSR misolida bo‘lgani haqidagi ma’lumotlardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozision rejalarni tuzish, ko‘rgazmalar tashkil etish hamda ekskursiya matnlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 22-noyabrdagi 05-05/4338-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan oziq-ovqat siyosati va uning oqibatlarini to‘laqonli yoritishga xizmat qilgan;
sovet hukumatining Ikkinchi jahon urushi yillarida front uchun O‘zbekiston SSRda olib borgan oziq-ovqat siyosati, jumladan, “Mudofaa fondi”, “Non fondi” hamda “Go‘sht fondi” masalalari va bu borda respublika miqyosida hududlarda olib borilgan chora-tadbirlar, Toshkent shahri hamda viloyatlarda oziq-ovqat muammosi echimida iste’mol uchun toshbaqa va qorako‘l qo‘zi boqish hamda uni topshirish kabi jarayonlar, urushdan so‘ng ham oziq-ovqat ta’minotidagi salbiy holatlar natijasida vujudga kelgan taqchillik sabab, Sovet Ittifoqi tarkibidagi respublikalarda ro‘y bergan va oshkor etilmagan ocharchilik masalalariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi”ning “Ta’lim va taraqqiyot”, nomli dasturlari ssenariylarini tayyorlashda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi”ning 2023-yil 14-dekabrdagi 04-36/1904-sonli dalolatnomasi). Natijada ko‘rsatuvning birlamchi tarixiy manbalar asosidagi ilmiy dalil va sovet hukumatining Ikkinchi jahon urushi yillarida front uchun O‘zbekiston SSRda olib borgan oziq-ovqat siyosatiga oid ilmiy yangiliklar bilan boyitilishi ta’minlangan.
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, oziq-ovqat ta’minoti, xususan, texnika ekinlari maydonlarining kengaytirilishi, shakar, qand va qand lavlagi etishtirish borasida olib borilgan ishlar, g‘alla, go‘sht-sut hamda boshqa mahsulotlar ta’minotida vujudga kelgan muammolar, aholi ta’minotida qo‘llanilgan kartochka tizimi, uning samarasizligi hamda taqsimotdagi talon-taroj qilish holatlari, oziq-ovqat ta’minotini yaxshilash maqsadida respublika hududida tashkil etilgan yordamchi xo‘jaliklar va ularning qoniqarsiz faoliyati haqidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi”ning “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlari ssenariylarini tayyorlashda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi”ning 2023-yil 14-dekabrdagi 04-36/1904-sonli dalolatnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘p sonli tomoshabinlarning O‘zbekistonda sovet hokimiyatining oziq-ovqat siyosati va uning bu boradagi qarorlari, respublikada urush va ma’muriy buyruqbozlik, oziq-ovqat ta’minoti siyosati natijasida vujudga kelgan oziq-ovqat taqchilligi, front ta’minoti va oziq-ovqat zaxiralarining rejasiz sarflab yuborilishi to‘g‘risidagi yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.
O‘zbekiston SSRda aholining oziq-ovqat iste’moliga qaratilgan chora-tadbirlar, shahar va qishloq aholisi oziq-ovqat ta’minotidagi noto‘g‘ri siyosat natijasida sodir bo‘lgan ziddiyatli holatlar, narx-navo, pul islohoti hamda buning aholi turmush tarziga ta’siri, XX asrning 50-yillarning o‘rtalarida vujudga kelgan non ta’minotidagi isrofgarchilik holatlari, uning oqibatlari, bu borada respublika hukumati olib borgan amaliy ishlar, oziq-ovqat muammolari bo‘yicha Sovet Ittifoqining boshqa respublikalari va chet el davlatlarida amalga oshirilgan ishlar qiyosiy tahlillardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022–2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 19-dekabrdagi № 02-22/1442-sonli dalolatnomasi).