Komilov Dilshodbek Tursunboy o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati tarixi (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari misolida, 1991-2022 yillar)”  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Tar1211
Ilmiy rahbar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor, Ishquvatov Valiqul Turdievich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot:  Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Mustaqillikning 1991-2022-yillarda Farg‘ona vodiysining Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati tarixini birlamchi manbalar asosida yoritishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mahalla tizimida tarixan shakllanib kelgan an’anaviy boshqaruvning transformatsiyalashuvi ijtimoiy iqtisodiy va madaniy munosabatlarni tashkil etish va boshqarishning asosiy tayanchi sifatida demokratik boshqaruvning birlamchi omili – jamoatchilik nazoratining milliy qadriyat sifatida shakllanib borayotganligi dalillangan.
Yangi O‘zbekiston sharoitida demokratik boshqaruvning noyob namunasi – mahalla tizimida amalga oshirilgan  konseptual o‘zgarishlar natijasida uning huquqiy maqomi mustahkamlanib, mahalliy hokimiyat tizimining ajralmas qismi sifatida aholi turmush farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishning asosiy bo‘g‘iniga aylanib borayotganligi aniqlangan.
    Mahalla fuqarolari yig‘inlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda yangicha yondashuv va modellarining joriy qilinishi, uning muhim imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umummilliy dasturlarni hayotga tadbiq etilishi natijasida mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligining ta’minlanishi Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida ochib berilgan.
Maxalla tizimida raqamlashtirish jarayonlarini joriy etish va ijtimoiy himoyaning samaradorligini oshirish orqali inson omillarini kamaytirish va jamiyatga xizmat ko‘rsatish tizimining takomillashuviga xizmat qilganligi, buning natijasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini manzilli ijtimoiy muhofaza qilishning sifat jihatdan yaxshilanib borganligi birlamchi manbalar asosida ochib beriilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati tarixini tadqiq etish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mahalla tizimida tarixan shakllanib kelgan an’anaviy boshqaruvning transformatsiyalashuvi ijtimoiy iqtisodiy va madaniy munosabatlarni tashkil etish va boshqarishning asosiy tayanchi sifatida demokratik boshqaruvning birlamchi omili – jamoatchilik nazoratining milliy qadriyat sifatida shakllanib borayotganligi yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yoʻnalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti”, Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarni tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-iyundagi №274-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida targ‘ibot tadbirlarini ilmiy  asosda  tashkil  qilish  va  sohadagi  tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirish hamda takomillashtirishga xizmat qilgan; 
Yangi O‘zbekiston sharoitida demokratik boshqaruvning noyob namunasi – mahalla tizimida amalga oshirilgan  konseptual o‘zgarishlar natijasida uning huquqiy maqomi mustahkamlanib, mahalliy hokimiyat tizimining ajralmas qismi sifatida aholi turmush farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishning asosiy bo‘g‘iniga aylanib borayotganligi yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 21-iyundagi №274-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida targ‘ibot tadbirlarini ilmiy  asosda  tashkil  qilish  va  sohadagi  tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirish hamda takomillashtirishga xizmat qilgan; 
Mahalla fuqarolari yig‘inlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda yangicha yondashuv va modellarining joriy qilinishi, uning muhim imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umummilliy dasturlarni hayotga tadbiq etilishi natijasida mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligining ta’minlanishi bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi partiya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning siyosiy-ijtimoiy bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quvlarida, targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda atroflicha foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 24-iyuldagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati hamda tizimdagi ettilik faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga doir metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishga asos bo‘ldi. 
Maxalla tizimida raqamlashtirish jarayonlarini joriy etish va ijtimoiy himoyaning samaradorligini oshirish orqali inson omillarini kamaytirish va jamiyatga xizmat ko‘rsatish tizimining takomillashuviga xizmat qilganligi, buning natijasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini manzilli ijtimoiy muhofaza qilishning sifat jihatdan yaxshilanib borganligi bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi partiya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning siyosiy-ijtimoiy bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlarida, targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda atroflicha foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 24-iyuldagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati hamda tizimdagi ettilik faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga doir metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishga asos bo‘ldi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish