Abduxalimov Abduraxmon Abdumo‘minovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimining modernizatsiyasi (Farg‘ona vodiysi misolida, 1991 – 2023-yillar)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tar277
Ilmiy rahbar: Komilov Oybek Kamilovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farxod Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Isaqova Muhayyo Sirojiddinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1991 – 2023-yillar davriy chegarasida Farg‘ona vodiysida sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
istiqlol yillarida Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi shifoxonalar faoliyatidagi o‘zgarishlar, eng so‘nggi zamonaviy tibbiyot uskunalarining keltirilishi natijasida bir qator murrakkab va noyob (tana a’zolarini ko‘chirib o‘tqazish) jarrohlik amaliyotlari shu erning o‘zida muvaffaqiyatli bajarilayotganligi asoslangan;
arzon va sifatli dori mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirsh maqsadida ishlab chiqish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni yo‘naltirilganligi, insonlarga qulaylik yaratish maqsadida farmatsevtika vositalarini xarid qilishda shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash tizimini joriy etilganligi va sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ochib berilgan;
vodiy viloyatlari aholisi salomatligini tiklash, birlamchi tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, qishloq vrachlik punktlarining tashkil etilishi muhim o‘rin egallab kelgan bo‘lishiga qaramasdan, hududning aksariyat aholisi o‘rtasida kamqonlik, yurak, qon-tomir, bo‘g‘im, qandli diabet kasalliklarining ortib borganligi, so‘nggi yillarda sohani zamonaviylashuvi, xorijiy investisiyalarni jalb etilishi orqali sog‘liqni saqlash maskanlariga eng so‘nggi tibbiyot jihozlarining olib kelinishidagi kompleks chora-tadbirlar hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy stimulliyasion vositalardan foydalanish dalillangan;
tibbiyot sohasini modernizatsiyalashuviga yo‘naltirilgan hukumat siyosati mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda vodiy viloyatlari odam ichki a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish borasidagi murakkab operatsiyalarni yo‘lga qo‘yilganligi, tez tibbiy yordam faoliyatida ID dispetcherlik tizimi yaratilishi natijasida uzoq-yaqin hududlardan bo‘layotgan chaqiriqlarga tezkorlik bilan javob berish imkoniyatini kengaytirilganligi, sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan integratsion jarayonlarni hisobga olib, tibbiyot klasterini yo‘lga qo‘yish mumkinligi isbotlangan;
sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni o‘rnatish orqali vodiy viloyatlarida transplantologiya, ortopediya, kardioxirurgiya, oshqozon-ichak a’zolari, ko‘z kasalliklari hamda neyroxirurgiya yo‘nalishlarida davolash ishlarini rivojlantirish, kardiologiya va kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, oftalmologiya, endokrinologiya, buyrak va jigar transplantatsiya kabi eng dolzarb yo‘nalishlarda jahon standartalari darajasida yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish va shu turdagi yordamlarni joylarning o‘zida tashkil qilinganligi ishonchli manbalar orqali bayon qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991 – 2023-yillar davriy chegarasida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida sog‘liqni saqlash tizimi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Andijon viloyatidagi shifoxonalar faoliyati va ularning moddiy-texnik holatida transformatsion jarayonlarning sodir bo‘lganligi, eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan bolalarda koxlear implantasiya operatsiyalari amalga oshirilganligi, mikro-xirurgik operatsiyalar (qo‘l, oyoq replantatsiyasi, kichik arteriyalarda anastamoz qo‘yish, mikroneyrorafiya, tendoplastika) amalga oshirishi to‘liq yo‘lga qo‘yilganligi buyrak transplantatsiyalari muvaffaqiyatli bajarilayotganligi asoslangan. Arzon va sifatli dori mahsulotlarini ishlab chiqishda innovatsion xarakterdagi yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, farmatsevtika vositalarini xarid qilishda matrisali shtrix kod (QR kod) yordamida skanerlash tizimini joriy etish hamda aholini dori-darmonga bo‘lgan talablarini ortib borish dinamikasi o‘rganilib, sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ochib berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 23-oktyabrdagi 05-38/24818-son ma’lumotnomasi). Bu viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini tahlil qilishga xizmat qilgan.
Namangan viloyatining aksariyat aholisi o‘rtasida kamqonlik, yurak, qon-tomir, bo‘g‘im, qandli diabet kasalliklarining ortib borganligi, so‘nggi yillarda sohani zamonaviylashuvi, xorijiy investisiyalarning jalb etilishi orqali sog‘liqni saqlash maskanlariga eng so‘nggi tibbiyot jihozlarining olib kelinishidagi kompleks chora-tadbirlar hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy stimulliyasion vositalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi, tez tibbiy yordam faoliyatida ID-dispetcherlik tizimi yaratilishi natijasida uzoq-yaqin hududlardan bo‘layotgan chaqiriqlarga tezkorlik bilan javob berish imkoniyatini kengaytirilganligi, sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan integratsion jarayonlarni hisobga olib, tibbiyot klasterini yo‘lga qo‘yish mumkinligi isbotlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 23-oktyabrdagi 05-38/24819-son ma’lumotnomasi). Viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar ochib berilgan.
Farg‘ona viloyatidagi birlamchi tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, oilaviy shifokorlik punktlarining tashkil etilishi, tibbiyot sohasini modernizatsiyalashuviga yo‘naltirilgan hukumat siyosati mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda viloyatda odam ichki a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish transplantatsiyasi borasidagi murakkab operatsiyalarning yo‘lga qo‘yilganligi, sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni o‘rnatish orqali transplantologiya, ortopediya, kardioxirurgiya, oshqozon-ichak a’zolari, ko‘z kasalliklari hamda neyroxirurgiya yo‘nalishlarida davolash ishlarini rivojlantirish, kardiologiya va kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, oftalmologiya, endokrinologiya kabi eng dolzarb yo‘nalishlarda jahon standartlari darajasida yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ishonchli manbalar orqali bayon qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 23-oktyabrdagi 05-38/24820-son ma’lumotnomasi). Bu viloyat aholisiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishiga xizmat qilgan.
Aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, chekka va olis hududlarda malakali mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘riklar tashkil etish natijasida ularni qiynab kelayotgan turli kasalliklarni aniqlash hamda oldini olish borasidagi ishlar, qishloq vrachlik punktlarining faoliyatini, ularning moddiy-texnikaviy ta’minoti, laboratoriya, tibbiy asbob-uskunalar va mutaxassislar bilan ta’minlanishi, aholining turli kasalliklarga chalinish dinamikasi, tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot mutaxassislarining etishmasligi hamda tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalalarida qator muammolar mavjudligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi, oila, jamiyat va davlat kelajagi taraqqiyoti ona-bola sog‘ligi bilan bevosita bog‘liqligi, bu masalaga hukumat darajasida berilgan e’tibor natijasida amalga oshirilgan ishlarni birlamchi manbalar asosida tahlil qilishda taklif va tavsiyalaridan foydalanilgan (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 6-noyabrdagi 01-09/1692-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot ishi natijalari “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-96-sonli “Oilada va mahallada mustahkam ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun maishiy gigiena barqarorligini ta’minlash” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishga xizmat qilgan.
Vodiy viloyatlari aholisi salomatligini tiklashda birlamchi tibbiyot muassasalari, olilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, qishloq vrachlik punktlarining tashkil etilishi muhim o‘rin egallab kelganligi, shuningdek, vodiy viloyatlarida transplantologiya, ortopediya, kardioxirurgiya, oshqozon-ichak a’zolari, ko‘z kasalliklari kabi eng dolzarb yo‘nalishlarda jahon standartalari darajasida yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 24-noyabrdagi 06-28-1923-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘p sonli teletomoshabinlarning 1991 – 2023-yillarda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.