Xolmuxamedov Baxtiyor Farxodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi va tafsirining til korpusi: lingvistik va dasturiy ta’minot muammolari (Shayx Usmonxon Temurxon Samarqandiyning “Tafsiri Irfon” asari asosida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fil348.
Ilmiy maslahatchi: filologiya fanlari doktori, professor Karimov Suyun Amirovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Xayrullaev Xurshid Zaynievich; filologiya fanlari doktori, professor To‘xliev Boqijon; filologiya fanlari doktori, professor Hamroeva Shahlo Mirdjonovna.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi va tafsirining til korpusi, lingvistik va dasturiy ta’minotini (Shayx Usmonxon Temurxon Samarqandiyning “Tafsiri Irfon” asari asosida) ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi va tafsirining til korpusi”dagi konkordans qidiruv tizimi orqali so‘z, so‘zshakl, mavzu hamda oyatlar kesimida qidiruv imkoniyatining yaratilganligi, kalit so‘zdan oldin kelgan chap tomonlama birikuv va kalit so‘zdan keyin kelgan o‘ng tomonlama so‘zlar birikuvi dalillangan;
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi hamda tafsirining XXI asrdagi Usmonxon Alimov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Tafsiri Irfon” asarining yaratilish tarixi, tarjimonning bayon qilishdagi so‘zma-so‘z tarjima, izohli tarjima va tafsirli tarjima uslubi ochib berilib, muallifning so‘z qo‘llash mahoratidagi qisqalik, soddalik, tushunarlilik jihatlari dalillangan;
jahon va o‘zbek korpus lingvistikasida islomiy-ma’rifiy, Qur’oni karim va ularning tafsiri bo‘yicha yaratilgan veb-mahsulotlarni tinglash va qiroat qilishdagi audio; arabcha harflar talaffuzi, tavjid qoidalarini o‘rganishdagi video; asl matn va tarjima matnlarning mobil ilovalararo va tillararo berilishi, bosh oynada ifodalanishi ochib berilgan;
“Qur’oni karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi” hamda “Tafsiri Irfon” asarlari bo‘yicha alifboli, chastotali, ters lugʻat tuzilib, muallif leksikasining noyob so‘zlar, original ifoda vositalari, stilistik usullar, mavzu ko‘lami kabi turlari aniqlangan;
“Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi va tafsirining til korpusi”da morfologik teglashning turkumlararo va grammatik kategoriyalariga ko‘ra lingvistik asoslari ochib berilib, o‘zbek tili leksik qatlamiga mansub bo‘lmagan, ammo tarjima va tafsir matnida uchragan jarir, zufur, tolq, fotir, xasson kabi so‘zlarni morfologik teglashda so‘zshaklning matnda ifodalagan semantik mazmuni asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi va tafsiri til korpusining lingvistik va dasturiy ta’minot muammolarini ochib berish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
“Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi va tafsirining til korpusi”da morfologik teglashning turkumlararo va grammatik kategoriyalariga ko‘ra lingvistik asoslari ochib berilib, o‘zbek tili leksik qatlamiga mansub bo‘lmagan, ammo tarjima va tafsir matnida uchragan jarir, zufur, tolq, fotir, xasson kabi so‘zlarni morfologik teglashda so‘zshaklning matnda ifodalagan semantik mazmuni asoslanganligi xususidagi qarashlaridan 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 13-noyabrdagi 458-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasiga oid tadqiqotlarning ilmiy darajasini oshishiga xizmat qilgan;
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi hamda tafsirining XXI asrdagi Usmonxon Alimov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Tafsiri Irfon” asarining yaratilish tarixi, tarjimonning bayon qilishdagi so‘zma-so‘z tarjima, izohli tarjima va tafsirli tarjima uslubi ochib berilib, muallifning so‘z qo‘llash mahoratidagi qisqalik, soddalik, tushunarlilik jihatlari xususidagi fikrlaridan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 3-noyabrdagi 17.01/126-son ma’lumotnomasi). Bu tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash orqali fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, monografiyalar va badiiy matnga oid ilmiy ishlanmalarning saviyasi oshishiga xizmat qilgan;
“Qur’oni karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi” hamda “Tafsiri Irfon” asarlari bo‘yicha alifboli, chastotali, ters lugʻat tuzilib, muallif leksikasining noyob so‘zlar, original ifoda vositalari, stilistik usullar, mavzu ko‘lami kabi turlari to‘gʻrisidagi fikrlaridan 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani tayyorlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-noyabrdagi 04/1-3230-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida bajarilgan izlanishlarning kengayishiga erishilgan;
“Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi va tafsirining til korpusi”dagi konkordans qidiruv tizimi orqali so‘z, so‘zshakl, mavzu hamda oyatlar kesimida qidiruv imkoniyatining yaratilganligi, kalit so‘zdan oldin kelgan chap tomonlama birikuv va kalit so‘zdan keyin kelgan o‘ng tomonlama so‘zlar birikuvi haqidagi tadqiqotlaridan 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-noyabrdagi 04/1-3229-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida Google, Yandex, Google translate avtomatik qidiruv tizimlaridagi morfoleksikon bazasi boyitilgan;
jahon va o‘zbek korpus lingvistikasida islomiy-ma’rifiy, Qur’oni karim va ularning tafsiri bo‘yicha yaratilgan veb-mahsulotlarni tinglash va qiroat qilishdagi audio; arabcha harflar talaffuzi, tavjid qoidalarini o‘rganishdagi video; asl matn va tarjima matnlarning mobil ilovalararo va tillararo berilishi, bosh oynada ifodalanishi to‘gʻrisidagi fikrlaridan 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 6-noyabr 2460/02-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimi jarayonlarini elektron modernizatsiyalash va xalqarolashtirish bazasi boyitilgan;
“Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi va tafsirining til korpusi” ishlab chiqilishi natijasida https://tafsiri-irfon.uz/ru/ sayti ochiq foydalanishga qo‘yilgan hamda milliy til korpuslari uchun dasturiy ta’minot vazifasini bajarishi, shuningdek, tafsiri-irfon.uz nomli mobil ilova yaratilishi natijasida undan ommaning on-line va of-line foydalanishi, korpusga kiritilgan birliklarni morfologik razmetkalash va o‘zak-lemmaga ajratishi, diniy matnga xos so‘zlar imlosi haqidagi fikrlaridan, 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 1-noyabr 26-36-916-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan ma’lumotlarning ilmiyligi va ommabopligi ta’minlangan.