Ismoilov Ixtiyorjon A’zamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
“Jinoyat va jazo: xalqaro va milliy huquqiy tajribalarning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal903
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Musaev Faxriddin Abdusattarovich falsafa fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor, Matkarimova Jamila Durdievna falsafa fanlari doktori(DSc), v.b. professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat va jazoga bo‘yicha xalqaro va milliy huquqiy tajribalarning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida zamonaviy jazo amaliyotining uch (ijtimoiy adolatni tiklash, yangi jinoyatni oldini olish, mahkumni axloqan tuzatish va qayta tarbiyalash) stimuli jinoiy istakning shaxsiy manfaatlar bilan bo‘gliq motiv, maqsad, miqdor kabi mezonlari asosida jinoyatchida ijtimoiy ijobiy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiyojning yo‘qligi uning asosiy xususiyati ekanligi falsafiy ochib berilgan;
jamiyatda jinoyatchilik dinamikasidagi paradigmal o‘zgarishlarini baholanishning huquqiy asoslari va xalqaro tajribalarning tadrijiy takomillashuvi, amaliyotda tenglik, odillik, insonparvarlik va qonuniylik prinsiplari jamiyatda jinoyat va jazo motivlarining ijtimoiy-axloqiy jihatlarini belgilovchi diterminant ekanligi aniqlangan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida jinoyatchilikni ijtimoiy determinasiyalash jamiyatda ikki (ijtimoiy-tirologik, ijtimoiy-rol) yondashuvni birlashtirib, shaxsda ijtimoiy qadriyatlar va me’yorlarni tan olmaslikka qaratilgan kriminogen xususiyatlar amaldagi qonunlarga zid majburiyatlarni keltirib chiqarishi falsafaning sabab va oqibat usuli orqali ochib berilgan;
jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy qadriyatlardan begonalashish xodisasi jinoyatga moyil shaxsda ruhiy dekomrensatsiyalar (yolg‘onga asoslagan ruhiy muvozanatdan foydalanish) asosida o‘zining jinoiy xulqini tashqi vaziyatlar va boshqa xatti-harakatlaridan axtarishi mantiqiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jinoyat va jazoga oid xalqaro va milliy-huquqiy tajribalarning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
globallashuv sharoitida zamonaviy jazo amaliyotining uch (ijtimoiy adolatni tiklash, yangi jinoyatni oldini olish, mahkumni axloqan tuzatish va qayta tarbiyalash) stimuli jinoiy istakning shaxsiy manfaatlar bilan bo‘gliq motiv, maqsad, miqdor kabi mezonlariga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2021-yil 5-noyabrdagi 199-son bayoni bilan tasdiqlangan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nizomida belgilangan “mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish”ga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqishda foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 19-oktyabrdagi 393-son ma’lumotnomasi) Natijada, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir tadbirlari, targ‘ibot ishlari va jazoni ijro etishda inson qadr-qimmati, xavfsizlik va tartib masalalarining to‘qnashuvi (xavfsizlik uchun qadr-qimmatni kamsitish) ni monitoring qilish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamiyatda jinoyatchilik dinamikasidagi paradigmal o‘zgarishlarini baholanishning huquqiy asoslari va xalqaro tajribalarning tadrijiy takomillashuviga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” DMning 2022-2024-yillardagi jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-ma’rifiy faoliyatida, jinoyatchilikka qarshi-kurashga doir ko‘rsatuvlarni, xususan, “millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 19-iyuldagi 04-36-864-son dalolatnomasi) Natijada, tenglik, odillik, insonparvarlik va qonuniylik prinsiplari jamiyatda jinoyat va jazo motivlarining ijtimoiy-axloqiy jihatlarinig ijtimoiy-ma’rifiy faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashga doir dasturlarni tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida jinoyatchilikni ijtimoiy determinasiyalash jamiyatda ikki (ijtimoiy-tirologik, ijtimoiy-rol) yondashuvni birlashtirish, shaxsda ijtimoiy qadriyatlar va me’yorlarni tan olmaslikka qaratilgan kriminogen xususiyatlar amaldagi qonunlarga zid majburiyatlarni keltirib chiqarishiga doir ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2021-yil 5-noyabrdagi 199-son bayoni bilan tasdiqlangan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nizomida belgilangan “mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish”ga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 19-oktyabrdagi 393-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir tadbirlari va targ‘ibot ishlarining nazariy asoslari rivojlantirishga, amaliyotida tenglik, odillik, insonparvarlik va qonuniylik prinsiplari jamiyatda jinoyat va jazo motivlarining ijtimoiy-axloqiy jihatlari ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy qadriyatlardan begonalashish xodisasi jinoyatga moyil shaxsda ruhiy dekomrensatsiyalar (yolg‘onga asoslagan ruhiy muvozanatdan foydalanish) asosida o‘zining jinoiy xulqini tashqi vaziyatlar va boshqa xatti-harakatlaridan axtarishiga oid ilmiy yangilik va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yilning 17-oktyabrdagi 04/11-6676-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, jinoyat va jazoning huquqiy va ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etish va nazariy asoslarini tizimlashtirish, jinoyat va jazo bo‘yicha xalqaro va milliy-huquqiy tajribalarning o‘zaro ta’sirlashuvi va sintezlashuvining ijtimoiy ahamiyati, uning mezonlarini takomillashtirishga oid nazariy-metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.