Ismatova Ra’no Axadovnaning 
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti (seleksiya yutug‘i) asosida 
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suvli eritmalarda polisaxarid va poliakrilatlardan iborat kompozisiyalarning struktura hosil qilishi va ular asosida ohorlovchilar olish texnologiyasini yaratish”, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T614.
Ilmiy maslahatchi: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: “Shlixta kompozisiyasini olish usuli” (№IAP 07578), “Shlixtalovchi tarkibni olish usuli” (№IAP 7606), “Paxtadan yigirilgan iplar uchun ohor” (№IAP 7846 ).
II. Tadqiqotning maqsadi: suvli eritmalarda polisaxarid va poliakrilatlardan iborat kompozisiyalarning struktura hosil qilishi va ular asosida ohorlovchi ingredientlar yaratish hamda to‘qimachilik sanoatida foydalanishning ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tarkibida poliakrilatlar, gidrolizlangan poliakrilonitril, karboksilmetilkraxmal, polivinilatsetat, karboksimetilsellyuloza, akril emulsiyasi va polifosfat kislotaning kaliyli tuzi hamda turli xil bog‘lovchi va yelimlovchilar asosida resurstejamkor mahalliy xom-ashyolarga asoslangan ohorlovchilar olishning qulay sharoitlari aniqlangan;
olingan ohorlovchi polimer kompozisiyasi tarkibidagi suvda eruvchan, yelimlovchi komponentlar funksional guruhlari bilan kraxmal birlamchi gidroksil guruhlari o‘rtasida o‘zaro ta’sirlashish mexanizmi va unga ta’sir etuvchi turli omillar optimal ko‘rsatkichlari aniqlangan;
kompozisiya tarkibidagi suvda eruvchan sintetik polimerlar ohor plyonkasining mustahkamligini, elastikligini va sorbsion xossalarini yaxshilashi, sistemaning qovushqoqligi va tola sirtida ohor adgeziyasining yuqori bo‘lishi natijasida kalava ipning mustahkamligi 33-37% ga ortishi hamda to‘quv dastgohlarida kalava iplarning uzilishlar soni 1,6-1,8 marta kamayganligi isbotlangan;
olingan ohorlovchi polimer kompozisiya tarkiblarning ishlab chiqarishda qo‘llanib kelinayotgan ohorlovchilarga nisbatan uning kinetik va agregativ barqarorligi, ohorlangan kalava ipning yukdagi va cho‘zilishdagi shartli mustahkamlik xossalari oshganligi, uzilishdagi nisbiy cho‘zilish xossasi esa kamayganligini hamda ohorlash jarayonida kraxmal sarfining 35-40% ga kamaytirish imkoni yaratilganligi isbotlangan;
tabiiy polimer-kraxmalni suvda eruvchan turli xil organik va noorganik polimerlar bilan modifikatsiyalash natijasida olingan import o‘rnini bosuvchi ohorlovchining fizik-kimyoviy va reologik ohor kompozisiyasi xususiyatlariga hamda ohorlangan kalava ip fizik-mexanik, ekspluatatsion xossalariga ohor kompozisiyasi tarkibidagi reagentlar konsentratsiyalari ta’siri aniqlangan;
kraxmalni suvda eruvchan polimerlar bilan kimyoviy modifikatsiyalash orqali olingan ohorlovchilar texnik va texnologik talablarga to‘liq javob beradigan, ekologik toza va iqtisodiy jihatdan arzon, bioparchalanuvchan, yuqori bo‘kuvchan hamda yelimlash qobiliyati yuqori bo‘lgan paxta tolasi asosidagi ohorlovchilar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Suvli eritmalarda polisaxarid va poliakrilatlardan iborat kompozisiyalarning struktura hosil qilishi va ular asosida ohorlovchi ingredientlar yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tabiiy va suvda eruvchan sintetik polimerlar asosida ohorlovchi tarkiblarni olish texnologiyasi “Navoiyazot” AJ korxonasining 2025-yilgi import o‘rnini bosuvchi mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish istiqbolli rejasiga kiritilgan (“Navoiyazot” AJning 2024 yil 22 oktyabrdagi 03-3/5450-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi paxta tolali asosidagi kalava iplarni ohorlashda yuqori samarali ohorlovchi materiallarni olish imkonini beradi; 
tarkibida kraxmal, poliakrilatlar, gidrolizlangan poliakrilonitril, karboksilmetilkraxmal, polivinilatsetat, karboksimetilsellyuloza, akril emulsiyasi va polifosfat kislotaning kaliyli tuzi asosida olingan yangi turdagi ohorlovchi polimer kompozisiya bilan kalava iplarni ohorlash texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi negizidagi korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 13 noyabrdagi 03/25-3073-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan ohorlovchi tarkiblar bilan kalava iplarni ohorlash texnologiyasining yo‘lga qo‘yilishi to‘qimachilik korxonalarida import ohorlovchi vositalarni to‘liq almashtirish imkonini bergan; 
olingan ohorlovchilar bilan paxta tolasi asosidagi yuqori ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan kompozisiyalarni olish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi negizidagi korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 13 noyabrdagi 03/25-3073-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan yuqori bo‘kuvchan va elimlash qobiliyatini namoyon qiluvchi ohorlovchilar bilan ohorlangan kalava iplar to‘quv dastgohlarida kalava iplarning uzilishi 0,31-0,06 uzil/m gacha kamayishi hisobiga dastgohlarning unumdorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish