Maxmarejabov Dilmurod Baxtiyarovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sulfidli minerallarni flotatsiyalash jarayonlarini takomillashtirish usullari va ilmiy asoslarini ishlab chiqish», 02.00.19 – Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar kimyoviy texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T820. 
Ilmiy maslahatchi: Matkarimov Soxibjon Turdalievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023. K/T.35.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Sharafutdinov Ulugbek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor; Rasulova Sitorabonu Normurodovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sulfidli minerallarni flotatsiyalash jarayonlarini takomillashtirish usullarini ishlab chiqish orqali rangli va nodir metall komponentlarni ajratib olish samaradorligini oshirishni ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suvda eruvchan polimer va sirtfaol moddalar aralashmasi mis, qo‘rg‘oshin va rux komponentlarini o‘zida saqlovchi sulfidlarning samarali flokulyanti ekanligi anilangan;
suvli eritmalardagi geteropolyar sirtfaol moddalar zarralari bilan tartibsiz tuzilishdagi suvda eriydigan polimerlarning bir-biri bilan kimyoviy birikmalar hosil qilmasligi aniqlangan;
an’anaviy to‘plovchi flotoreagent (BKK) bilan birgalikda akril kislotasi va poliakriamidning suvda eruvchan sopolimerini sulfidli minerallarni flotasiyalash jarayonlaridan oldin ularning flokulyanti sifatida qo‘llash natijasida asosiy komponentlar texnologik ko‘rsatkichlarining ortishi isbotlangan;
sulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonida to‘plovchi va muhit yaratuvchi flotoreagentlarni birgalikda aralashtirib qo‘llash natijasida to‘plovchi reagent sarfining kamaytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
sulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonida ishlatiladigan to‘plovchi flotoreagent kaliyning butil ksantogenatini elektrokimyoviy faollashtirib qo‘llash usuli ishlab chiqilgan; 
flotatsiya usulidagi boyitish jarayonlarida hosil qilinadigan havo pufakchalarining stabilligini saqlab qolish orqali bo‘tana quyqalanishining oldini olinishi va texnologik ko‘rsatkichlarning ortishi aniqlangan;
ksantogenat eritmasini elektrokimyoviy faollashtirish natijasida diksantogenid hosil qilinishining o‘zgaruvchan parametrlariga bog‘liq chiziqli kombinatsiya, multiplikativ, nolinear, eksponensial va differensial tenglamalar negizidagi matematik modellari ishlab chiqilgan;
sulfidli minerallarni flotatsiya usulida boyitish jarayonlarida mexanik flotatsion mashinaning yangi taklif etilgan impelleri bir xil sharoitda solishtirilganda hosil qilinadigan pufakchalarning an’anaviy ishlatilib kelinayotgan impellerdagiga nisbatan hajman 25% dan 35% gacha kichrayishi boyitish dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
ionli flotatsiyalashda to‘plovchi flotoreagent sifatida NaS2CN(C2H5)2 ni qo‘llash natijasida asosiy komponentlarning boyitmaga ajralishini yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sulfidli minerallarni flotatsiyalash jarayonlarini takomillashtirish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonida ishlatiladigan to‘plovchi flotoreagent kaliyning butil ksantogenatini elektrokimyoviy faollashtirib qo‘llash usuli «Olmaliq KMK» AJning Mis boyitish fabrikasida joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2024-yil 17-sentyabrdagi  SL-004500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan flotoboyitma tarkibidagi komponentlardan misni – 0,81% ga, molibdenni – 0,72% ga va oltinni – 1,11% ga ajralish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan; 
flotatsiya usuli bilan boyitish jarayonida ishlatiladigan mexanik flotomashina impelleri o‘rniga yangi turdagi impeller «Olmaliq KMK» AJning Mis boyitish fabrikasida joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2024-yil 17-sentyabrdagi 
 SL-004500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hosil qilinadigan havo pufakchalarining stabilligini saqlab qolish darajasi an’anaviy impellerga nisbatan 20% oshirilish imkonini bergan;
sulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonida ishlatiladigan to‘plovchi flotoreagent kaliyning butil ksantogenatini elektrokimyoviy faollashtirib qo‘llash usuli bilan birgalikda mexanik flotomashina impelleri o‘rniga yangi turdagi impeller «Olmaliq KMK» AJning Mis boyitish fabrikasida joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2024-yil 17-sentyabrdagi  SL-004500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan flotoboyitma tarkibidagi komponentlardan misni – 1,37% ga, molibdenni – 1,06% ga va oltinni – 2,21% ga ajralish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan;
ionli flotatsiyada to‘plovchi flotoreagent sifatida NaS2CN(C2H5)2 ni qo‘llash usuli «Olmaliq KMK» AJ da joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2024-yil 17-sentyabrdagi  SL-004500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan misni eritmadan 98,4 ÷ 99,5% gacha ajratib olish imkonini bergan; 
an’anaviy to‘plovchi flotoreagent bilan birgalikda akril kislotasi va poliakriamidning suvda eruvchan sopolimerini flotasiyalash jarayonlaridan oldin sulfidlarning flokulyanti sifatida qo‘llash usuli «Olmaliq KMK» AJ da joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2024-yil 17-sentyabrdagi  SL-004500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan flotoboyitma tarkibidagi komponentlardan misni – 0,85% ga, molibdenni – 0,7% ga va oltinni – 1,21% ga ajralish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan;
sulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonida to‘plovchi va muhit sozlovchi flotoreagentlarni birgalikda aralashtirib qo‘llash usuli «Olmaliq KMK» AJning Mis boyitish fabrikasida joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2024-yil 17-sentyabrdagi  SL-004500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘plovchi reagent sarfi 0,4÷1% gacha kamayish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish