Raxmonova Surayyo Maxmudovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Dastlabki sud muhokamasi ishni sudda ko‘rish uchun tayinlash shakli sifatida», 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Yu40.

Ilmiy maslahatchi: To‘laganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.25.01.

Rasmiy opponentlar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Muxitdinov Faxriddin Muxitdinovich, yuridik fanlar doktori, katta ilmiy xodim; Mirzaev Aziz Alisherovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash mexanizmlarini takomillashtirish va dastlabki muhokama institutining optimal shaklini joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jinoyat-protsessual huquqi nazariyasida jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichining nazorat-taftish, huquqni ta’minlovchi, hal etuvchi vazifalari mavjudligi isbotlangan;

tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari o‘rnatilgan tartibda tekshirilganidan va baholanganidan so‘ng jinoyat ishi bo‘yicha dalillar deb e’tirof etilishini qonunda belgilash taklif etilgan;

tergov kamchiliklarini sudda bartaraf etish orqali jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga yuborish institutini bekor qilish asoslantirilgan;

dalillarni nomaqbul deb topish va ularni keyinchalik isbotlash predmetidan chiqarishga oid qoidalarni qonunda belgilash taklif etilgan;

dastlabki muhokama institutini joriy etish orqali sud muhokamasiga tayinlash bosqichi mexanizmlarini takomillashtirish asoslantirilgan;

dastlabki muhokama institutining protsessual qoidalarini belgilash orqali sud`yaning vakolatlari doirasini kengaytirish taklif etilgan;

davlat jinoyat-huquqiy siyosatining yangi g‘oya va vazifalarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan sud faoliyatini yanada isloh etish zarurati asoslantirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlashda dastlabki muhokamaga oid tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

dalil turi va manbalarining maqbulligi nuqtai nazaridan, tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari jinoyat-protsessual qonunchiligi normalariga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan so‘ng jinoyat ishi bo‘yicha dalillar deb e’tirof etilishini belgilash yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 81-moddasining normalarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 30 noyabrdagi 06/1-05/15-14vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olingan faktik ma’lumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan so‘ng maqbul dalil sifatida e’tirof etilishiga, Jinoyat-protsessual kodeksi va «Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun normalaridagi o‘zaro nomuvofiqliklarning bartaraf etilishiga, shuningdek jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar olib boriladigan faoliyat uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan;

sudga surishtiruvda, dastlabki tergovda e’lon qilingan ayblovni og‘irrog‘i bilan yoki haqiqiy ahvolga ko‘ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda o‘zgartirish yoki to‘ldirish huquqini belgilash, bu kabi holatlarni hal qilishda sudlanuvchi va uning himoyachisi huquqlarini ta’minlash uchun sud majlisida o‘n sutkagacha tanaffus e’lon qilish zarurligi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 414, 415, 4151, 416, 417-moddalarining normalarini takomillashtirishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 10 oktyabrdagi 06/10-4826/5-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi tergov xatolarini sud muhokamasining o‘zida bartaraf etish orqali ko‘shimcha tergov tartibidan voz kechishning optimal hal etilishini, sud vakolatlarini kengaytirilishi va tergov sifati bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov organlarining mas’uliyati yanada oshishini ta’minlashga hissa qo‘shgan;

jinoyat ishi bo‘yicha dalilni nomaqbul deb e’tirof etish qoidalarini qonunda mustahkamlash yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 951moddasining normalarini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 10 oktyabrdagi 06/10-4826/5-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi jinoyat ishi yuzasidan qonun buzilishi natijasida olingan faktik holatlarni nomaqbul deb topish va ularni ayblov mazmunidan chiqarish hamda ulardan foydalanishga barham berishga, himoya tarafining dalilning nomaqbulligi masalasida pozisiyasini protsessual asoslantirishga xizmat qilgan;

jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlashning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, xususan, dastlabki muhokama institutini jinoyat-protsessual qonuniga kiritish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ-3723-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi»ning 3.3-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 22/12-18-139-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichining samaradorligi oshirilishiga, tortishuv prinsipini real ta’minlanishiga, sudning protsessual vakolatlarini mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish