Azamatov Shexroz Ubaydillo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand tuproq-iqlim sharoitiga mos olma payvandtaglarini in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V1063.
Ilmiy rahbarlar: Qoʻshiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Toxirov Baxtiyor Baxshilloevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent; Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixoliqovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: olmaning mahalliy hamda xorijdan introduksiya qilingan tuproq-iqlim sharoitiga mos payvandtaglarini mikroklonal ko‘paytirish asosida patogensiz ko‘chatlarini olish va istiqbolli navlarni mikropayvandlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor O‘zbekiston sharoitida Olmaning introduksiya qilingan M.9-pakana, MM.106-yarim pakana va MM.111-kuchli o‘suvchi payvandtaglari hamda Pink Lady va Jeromine payvandust navlarini mikroklonlash asosida patogensiz ko‘chatlari olingan;
ozuqa muhiti tarkibini tuproq tarkibi elementlari bilan muvofiqlashtirilgan holda payvandtag va payvandust olma navlari eksplantlarini in vitro sharoitda mikroklonal ko‘paytirish va ildizlatishning muqobil o‘suv regulyatorlari tarkibi va konsentrasiyalari aniqlangan va barcha variantlarda eng yuqori ildiz hosil qilish darajasi 4 mg/l IMKli ozuqa muhitda o‘rtacha 78,6%ni tashkil etishi isbotlangan;
olmaning xorijdan introduksiya qilingan va payvandtag sifatida tanlangan istiqbolli navlarini biotexnologik (in vitro) mikroklonal ko‘paytirish asosida patogensiz ko‘chatlarini olishning optimal sharoiti aniqlangan;
in vitro sharoitida tuproq-iqlim sharoitga chidamli olma payvandtaglarni mikroklonlash asosida patogensiz ko‘chatlarini olish va ularga istiqbolli navlarni mikropayvandlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olmaning xorijdan introduksiya qilingan va payvandtag sifatida tanlangan istiqbolli navlarini mikroklonal ko‘paytirish asosida patogensiz ko‘chatlarini olish tizimi hamda mikropayvandlash texnologiyasini ishlab chiqish asosida:
O‘zbekiston sharoitida olmaning introduksiya qilingan M.9-pakana, MM.106-yarim pakana, MM.111-kuchli o‘suvchi hamda Pink Lady va Jeromine payvandust navlarini hamda istiqbolli payvandtaglarni in vitro sharoitida mikroklonlash asosida yaratilgan mikropayvandlash texnologiyasidan foydalanilib olma navlarining mikroklonlash tizimi Samarqand viloyatining Jomboy tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Bog‘bon” in vitro ishlab chiqarish majmuasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 maydagi 05/07-04-229-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyati tuproq iqlim sharoitga mos olma navlarining minglab ko‘chatlari etishtirilib, intesiv tipidagi bog‘lar tashkil etish imkonini bergan;
olmaning xorijdan introduksiya qilingan va payvandtag sifatida tanlangan istiqbolli navlarini biotexnologik (in vitro) ko‘paytirishning optimal sharoitlari boʻyicha tavsiyalar Samarqand viloyatidagi “Bog‘bon” in vitro ishlab chiqarish majmuasida olma navlari koʻchatlarini etishtirish jarayonlariga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 maydagi 05/07-04-229-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiyalarda foydalanish olmaning xorijdan introduksiya qilingan va payvandtag sifatida tanlangan istiqbolli navlarini mikroklonal ko‘paytirish asosida patogensiz ko‘chatlarini olish imkonini bergan.