Muydinjanov Davlatjon Rafikjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8460.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodmonqulov Mirolim Turanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari axborot va ijtimoiy kompetensiyalarning o‘zaro integratsiyasini taminlash, axborot bilan ishlash sifatini rivojlantirish tamoyillari, ijtimoiy-axborot kompetentliligini o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi va innovatsion texnologiyalarni uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirishda dasturiy vositalari va platformalardan foydalanishning pedagogik shart sharoitlari platformalarning interaktivligi, kengaytiriluvchanligi, optimallashtirish va boshqarish jarayonlarni imkoniyatlarni hisobga olish va dasturiy resurslarga qo‘yiladigan ergonomik, dizayn, maxsus talablarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirish modeli kompyuterli modellashtirishning xususiyatlarini, interaktivligini ta’minlash hamda didaktik tamoyillar ko‘rgazmalilik, kengaytirilganlik, funksionallik va o‘zaro integrativlikni ta’minlashga qaratilgan integrativ, tizimli, texnologik, kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim talabalarning ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirish metodikasi va samaradorligi o‘zaro hamkorlikda ishlash, axborotlarni validligini ta’minlash, ta’limning online shakllariga moslashuvchanlikni masofaviy ta’lim modellariga transformatsiyalash asosida o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini qo‘llash va ta’lim samaradorligini korrellatsiyalashga olib keluvchi mezon va ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, axborotlar va ijtimoiy kompetensiyalarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash, axborot bilan ishlash sifatining rivojlantirish tamoyillari, ijtimoiy-axborot kompetentliligini o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi va innovatsion texnologiyalarni uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda raqamli texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5857/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirishda dasturiy-vositalar va platformalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari va platformalarni interaktivlik, kengaytiriluvchanlik, optimallashtirish va boshqarish jarayonlarni imkoniyatlarni hisobga olish va dasturiy resurslarga qo‘yiladigan ergonomik, dizayn maxsus talablarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Ta’limda raqamli texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5857/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirishda dasturiy vositalar va platformalardan foydalanish samaradorligi oshgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirish modeli kompyuterli modellashtirishning xususiyatlarini, interaktivligini ta’minlash hamda didaktik tamoyillar (ko‘rgazmalilik, kengaytirilganlik, funksionallik) va o‘zaro integrativlikni ta’minlashga qaratilgan (integrativ, tizimli, texnologik, kompetensiyaviy) yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’limda axborot texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5857/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirish metodikasi va samaradorligi o‘zaro hamkorlikda ishlash, axborotlarning validligini ta’minlash, ta’limning onlayn shakllariga moslashuvchanlikni masofaviy ta’lim modellariga transformatsiyalash asosida o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini qo‘llash va ta’lim samaradorligini korrellatsiyalashga olib keluvchi mezon va ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Ta’limda axborot texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5857/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-axborot kompetentliligini rivojlantirish didaktik mazmuni boyitilgan.