Sakieva Barchinoy Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda kasbiy va tayanch kompetensiyalarni fanlararo aloqadorlikda rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 - Raqamli talim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped1441.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sultonova O‘giloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbanov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiu va tauanch kompetensiualarini fanlararo aloqadorlikda rivojlantirishning dasturiu ta’minotini takomillashtirish bo’uicha tavsiualar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy va tayanch kompetensiyalarini fanlararo aloqadorlikda rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kasbiy va tayanch kompetensiyalarni fanlararo aloqadorlikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’minot natijadorligini oshirish hamda dasturiy metodik elementlari integrativ xususiyatlarini ta’limiy maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy va tayanch kompetensiyalarni fanlararo aloqadorlikda rivojlantirishning dasturiy ta’minoti o‘quv fanlari bog‘lanishlarining integratsiyalanishini ta’minlash hamda mashg‘ulotlarni tashkil etishning fanlararo aloqadorligini rivojlantirishning xususiyatlarini kasbga yo‘naltirilganligiga moslashtirish asosida takomillashtirgan;
talabalarda kasbiy va tayanch kompetensiyalarni fanlararo aloqadorlikda rivojlantirish samaradorligi o‘quv materiallarini mediaresurslar orqali taqdim etish, talabalar o‘zlashtirishini elektron nazorat qilish, foydalanuvchilar va ular o‘rtasida ma’lumot almashinishi, yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlar elektron ta’lim muhitini yaratishning Coursife,Coogle Drive, Zoom va Power Point, PDF Reader, MathCad masofali tizimlariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy va tayanch kompetensiyalarini fanlararo aloqadorlikda rivojlantirish jarayonlari ma’ruza mashg‘ulotlarini “Keus-stadi” “«FSMU», “Assesment”, “Insert”, Venn Diagrammasi’ texnologiualari mazmuniga tatbiq etish hamda dastutiu elektron vositalaridan foydalanishda oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliu ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlikda talabalarning kasbiu va tauanch kompetensiualarini rivojlantirishning dasturiu ta’minotini takomillashtirish bo’uicha olingan ilmiu natijalar asosida:
talabalarning kasbiy va tayanch kompetensiyalarini fanlararo aloqadorlikda rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kasbiy va tayanch kompetensiyalarni fanlararo aloqadorlikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’minot natijadorligini oshirish hamda dasturiy metodik elementlari integrativ xususiyatlarini ta’limiy maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Oliy matematikadan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-oktyabrdagi 11-05-5736 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, fanlararo aloqadorlik asosida talabalarning kasbiy kompetensiyalarni dasturiy metodik ta’minotini rivojlantirish talabalarning ma’ruza, amaliy, to‘garak olimpiada mashg‘ulotlarda an’anaviy va kompetentli yondashuvning qiyosiy tavsifini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
talabalarning kasbiy va tayanch kompetensiyalarni fanlararo aloqadorlikda rivojlantirishning dasturiy ta’minoti o‘quv fanlari bog‘lanishlarining integratsiyalanishini ta’minlash hamda mashg‘ulotlarni tashkil etishning fanlararo aloqadorligini rivojlantirishning xususiyatlarini kasbga yo‘naltirilganligiga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy matematikadan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-oktyabrdagi 11-05-5736 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada kreativ yondashuv asosida biofizika fanini o‘qitishning metodik omillarining pedagogik jihatlarini tahlil etishga erishilgan;
talabalarda kasbiy va tayanch kompetensiyalarni fanlararo aloqadorlikda rivojlantirish samaradorligi o‘quv materiallarini mediaresurslar orqali taqdim etish, talabalar o‘zlashtirishini elektron nazorat qilish, foydalanuvchilar va ular o‘rtasida ma’lumot almashinishi, yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlar elektron ta’lim muhitini yaratishning Coursife,Coogle Drive, Zoom va Power Point, PDF Reader, MathCad masofali tizimlariga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy matematikadan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-oktyabrdagi 11-05-5736 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, kreativ yondashuv asosida matematika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishni tashkiliy-pedagogik shartlari aniqlangan.
talabalarning kasbiy va tayanch kompetensiyalarini fanlararo aloqadorlikda rivojlantirish jarayonlari ma’ruza mashg‘ulotlarini “Keus-stadi” “«FSMU», “Assesment”, “Insert”, Venn Diagrammasi’ texnologiualari mazmuniga tatbiq etish hamda dasturiy elektron vositalaridan foydalanishda oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy matematikadan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-oktyabrdagi 11-05-5736 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada elektron dasturlarni yaratish asosida o‘qitish samaradorligi aniqlash imkoni yaratilgan.