Olimov Bahriddin Jalol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning elektron metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped5116.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Nafasov G‘anisher Abdurashidovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabov Mirsali Elmurzaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; O‘razmetova Shoira Avazmatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning elektron metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyalari rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quv faoliyatini izchil tashkil etishning pedagogik ta’minotini boyitish, o‘quv faoliyati ijodiy motivatsiyasini maqsadli shakllantirish hamda mantiqiy kompetensiyalarini kommunikativ, adaptiv va modellashtirish darajasini shaxsiy motivlarga frontal moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning tuzilmaviy moduli o‘quv faoliyatini dasturiy metodik ta’minot mazmunini mustaqil o‘quv faoliyatining pedagogik strukturasiga moslashtirish o‘quv faoliyatiga ijobiy motivatsiyaning dasturiy metodik ta’minot mazmunini ta’lim maqsadlariga mos shakllantirish, hamda mantiqiy kompetensiyalarini va qonuniyatlarini bir butunlikda o‘rganishda mustaqil akademik va texnik muloqot vositalaridan effektiv foydalanish, o‘z fikrini bayon qilish va izohlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga muntazam ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning elektron metodik ta’minotini joriy etish metodikasi shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli-integrativ, kommunikativ-faoliyatli va kasbga yo‘naltirilgan yondashuvlarning didaktik yaxlitligini ta’minlash, mantiqiy kompetensiyalariga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni asoslash hamda mantiqiy kompetensiyalarini amaliy faoliyat motivatsiyasini avtonom o‘quv faoliyati imkoniyatlari bilan maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyalarini rivojlantirishni elektron metodik ta’minotini joriy etish samaradorligi integrativlik tamoyillarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish, shuningdek refleksiv yondashuvning yaxlitlik, o‘zaro aloqadorlik, subektivlik, o‘z-o‘zini aks ettirish tamoyillari hamda elektron resurslarni maqsad bo‘yicha boshqarish xususiyatlarini baholash mezon va darajalariga moslashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning elektron metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyalari rivojlantirishning pedagogik innovatsiyalar muammoli vaziyatlarda pedagogik muammoni ratsional bartaraf etishga qaratilgan mustaqil o‘quv faoliyatini izchil tashkil etishning pedagogik ta’minotini boyitish, o‘quv faoliyati ijodiy motivatsiyasini maqsadli shakllantirish hamda mantiqiy kompetensiyalarini kommunikativ, adaptiv va modellashtirish darajasini shaxsiy motivlarga frontal moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar boshlang‘ich ta’lim talabalari uchun “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-05-7576/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyalarini rivojlantirishining pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv faoliyatini statik va didaktik bosqichlari mustaqil o‘quv faoliyatining pedagogik strukturasi va o‘quv faoliyatiga ijobiy motivatsiyaning statik va dinamik bosqichlarini ta’lim maqsadlariga ko‘ra shakllantirish hamda mantiqiy kompetensiyalarini va qonuniyatlarini bir butunlikda o‘rganishda mustaqil akademik va texnik muloqot vositalaridan effektiv foydalanish va o‘z fikrini bayon qilish va izohlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga muntazam ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-05-7576/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, kredit-modul tizimida talabalarning motivatsiyasi va mantiqiy fikrlashi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv faoliyatini rivojlantirish metodikasi shaxsga yo‘naltirilgan, tizimli-integrativ, kommunikativ-faoliyatli va kasbga yo‘naltirilgan yondashuvlarning didaktik yaxlitligini ta’minlash, o‘quv faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni asoslash hamda mantiqiy kompetensiyalarini amaliy faoliyat motivatsiyasini avtonom o‘quv faoliyati imkoniyatlari bilan maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-05-7576/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyasi rivojlangan talabaga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv faoliyatini rivojlantirish metodikasi samaradorligi integrativlik tamoyillarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish, shuningdek refleksiv yondashuvning yaxlitlik, o‘zaro aloqadorlik, subektivlik, o‘z-o‘zini aks ettirish tamoyillari hamda boshlang‘ich ta’lim matematika fanlarini o‘qitish imkoniyatlariga asoslangan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mantiqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik modeli ishlab chiqilganga oid tavsiyalar boshlang‘ich ta’lim talabalari uchun “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-05-7576/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan.