Xazratov Alisher Isamidinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i saratoni bilan kasallangan bemorlarni epidimiologiyasi, profilaktikasi va ularga ko‘rsatiladigan tibbiy-stomatologik yordamni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.14 - Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib740.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ganiev Abduavaz Abduaxatovich tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamedov Umidjon Sunnatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Amxadova Malkan Abdurashidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg tibbiy–ijtimoiy instituti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i tubi va til saratoni epidemiologiyasini taxlil kilish va kasallangan bemorlarni davolashda tibbiy stomatologik yordamni takomillashtirish xamda profilaktika chora tadbirlarini ishlab chikishhdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prospektiv taxlililar asosida katta yoshdagi aholi orasida og‘iz bo‘shlig‘i saratoning tarqalishning hududiy xususiyatlari, onkoepidemiologik xolati, kasallanish va o‘lim kursatkichlari (1,0 0/0000 ni tashkil etib, o‘sish tempi O‘t= +2,8%,) dinamikasi aniklangan;
ilk bor, til saratoni va ogiz bushligi tubi saratoni bilan kasallangan bemorlar uchun prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash amalga oshirilgan va OBSni erta tashxislash va aniqlashga qaratilgan stomatologik yordam uchun profilaktika dasturlari ishlab chiqilgan;
til va og‘iz bo‘shlig‘i tubining xavfli o‘smalarini bilan og‘rigan bemorlarda usmaning sitometrik, klinik xususiyatlarini xamda gistologik tekshiruv asosida kaysi xujayradan kelib chikganini inobatga olgan xolda individual stomatologik yordam ko‘rsatish algoritmlari ishlab chiqilgan;
ilk bor til saratoni va og‘iz bo‘shlig‘i saratoni bilan og‘rigan bemorlarda jarroxlik amaliyotini utkazish samaradorligi taxlili asosida takomillashtirilgan mandibulotomiya jarroxlik amaliyotini qo‘llash natijasida bemorlarda yiringli asoratlarning kamayishi va urtacha yashovchanlik yoshi uzaytirilganligi isbotlangan.
til va og‘iz bo‘shlig‘i tubining xavfli o‘smalarini bilan og‘rigan bemorlarda orostomani oldindan o‘rnatish bilan takomillashtirilgan mandibulotomiyani utkazish, og‘iz bo‘shlig‘ining orqa qismlari va og‘iz-halqum sohalarida saratonning rivojlangan shakllari uchun to‘liq hajmdagi jarrohlik amalietini bajarishga va jarroxlikdan keyingi asoratlar sonini ikki baravar kamaytirishga, chaynash, yutish va nutq funksiyalarini eng qisqa vaqt ichida tiklashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 5-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosan:
birinchi ilmiy yangilik: prospektiv taxlililar asosida katta yoshdagi aholi orasida og‘iz bo‘shlig‘i saratoning tarqalishning hududiy xususiyatlari, onkoepidemiologik xolati, kasallanish va o‘lim kursatkichlari (1,0 0/0000 ni tashkil etib, o‘sish tempi O‘t= +2,8%,) dinamikasi aniklangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘yicha OBS kasallanish ko‘rsatkichlarining hududiy farqlari Samarqand viloyatiga urg‘u bergan holda o‘rganilgan bo‘lib, unda tumanlar bo‘yicha turli qiymatlarga ega ko‘rsatkichlar ham o‘rganilgan. Yuqorida ko‘rsatilganidek, bu o‘zgarishlar ko‘plab turli omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni tushunish samarali profilaktika dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun katta amaliy ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RIOvaRIATM hududiy filiali (19.11.2024y. 07-110-sonli), RIOvaRIATM Qashqadaryo filiali (30.10.2024y. 91-T-sonli) va RIOvaRIATM Samarqand filiali (30.10.2024y. 91-T-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan ma’lumotlar asosida 2030 va 2050 yillarga kelib OBS kasallanishi prognoz qilindi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, bu o‘zgarishlar ko‘plab turli omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni tushunish samarali profilaktika dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun katta amaliy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: ma’lumotlar tahlili va aniqlangan xavf omillari bilan kompleks va tarmoqlararo dasturlarni amalga oshirish XN kasallanish darajasini pasaytirishga, mintaqalarning adolatli va barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan moliyaviy mablag‘larni to‘g‘ri rejalashtirish va taqsimlashga yordam beradi. Xulosa: tadqiqotning epidemiologik baholash natijasida olingan ma’lumotlar asosida umuman olganda ko‘rsatkichlarning keng ko‘lamdagi o‘zgarishlarini kuzatish mumkin, OBSdan O‘zR bo‘yicha o‘n yillik davr uchun kasallanish ko‘rsatkichlariga kelsak, u 100 ming aholiga 2,0 – 2,94 oralig‘ida bo‘lib, ma’lum pasayish va ko‘tarilishlar bilan, 2016 yilgacha ko‘rsatkich darajasi 2,0 - 2,34 atrofida saqlanib qolgan, 2016 yilda esa u 2,0 gacha pasaygan, 2017 yildan boshlab o‘sish tendensiyasi aniqlangan bo‘lib, u 2018 yilda - 2,94 ga etgan, 2019 va 2020 yillarda u bir oz pasaygan, lekin avvalgi yillardagi o‘rtacha qiymatlarda qolgan va mos ravishda 2,75 va 2,69 ni tashkil etgan hamda 2030 va 2050 yillarga kelib kasallanishning prognoz ko‘rsatkichlari hisoblangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor, til saratoni va ogiz bushligi tubi saratoni bilan kasallangan bemorlar uchun prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash amalga oshirilgan va OBSni erta tashxislash va aniqlashga qaratilgan stomatologik yordam uchun profilaktika dasturlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: OBS bilan kasallangan bemorlarda klinik namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan, stomatologik kasalliklarni kompleks o‘rganish asosida og‘iz bo‘shlig‘i holati, og‘iz bo‘shlig‘ining qattiq va yumshoq to‘qimalari o‘zgarishlari haqida yangi ma’lumotlar olingan, kimyo-nur davolash paytida terapiya jarayonida radio va ximiomukozit, kandidoz stomatit, eroziv stomatit kabi noxush ta’sirlar paydo bo‘lishi aniqlangan, bu esa stomatologik reabilitatsiyani taklif etilgan konsepsiyaning muhim komponenti sifatida, shuningdek ushbu toifadagi bemorlarni muvaffaqiyatli davolashda ijtimoiy-psixologik jihatdan muhim aspekt sifatida ko‘rib chiqish lozimligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RIOvaRIATM hududiy filiali (19.11.2024y. 07-110-sonli), RIOvaRIATM Qashqadaryo filiali (30.10.2024y. 91-T-sonli) va RIOvaRIATM Samarqand filiali (30.10.2024y. 91-T-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan algoritm modeli asosida OBS bilan kasallangan bemorlarda kompleks o‘sma qarshi davolash bosqichlarida stomatologik kasalliklarni davolash usullari, shuningdek kompleks o‘sma qarshi terapiya natijalarini yaxshilashga imkon beruvchi stomatologik reabilitatsiya algoritmlari yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: tashkiliy tadbirlar, stomatologik hamrohlik va davolash algoritmini takomillashtirish, OBS bilan kasallangan bemorlarga tibbiy-stomatologik yordam ko‘rsatish orqali davolash-profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshiradi. Xulosa: tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar asosida og‘iz bo‘shlig‘i xavfli o‘smalari bilan kasallangan bemorlarga stomatologik yordam konsepsiyasini amalga oshirish kompleks o‘sma qarshi terapiya olayotgan bemorlarni stomatologik tayyorlash va hamrohlik qilishning ishlab chiqilgan va joriy etilgan algoritmlari hisobiga og‘ir asoratlar sonining qisqarishiga yordam berishi aniqlangan bo‘lib, buni kompleks davolashda noxush klinik ta’sirlarning oldini olish asosi sifatida ko‘rib chiqish lozim. Stomatologik reabilitatsiyani taklif etilgan konsepsiyaning muhim komponenti sifatida, shuningdek ushbu toifadagi bemorlarni muvaffaqiyatli davolashda ijtimoiy-psixologik jihatdan muhim aspekt sifatida ko‘rib chiqish lozim.
uchinchi ilmiy yangilik: til va og‘iz bo‘shlig‘i tubining xavfli o‘smalarini bilan og‘rigan bemorlarda usmaning sitometrik, klinik xususiyatlarini xamda gistologik tekshiruv asosida kaysi xujayradan kelib chikganini inobatga olgan xolda individual stomatologik yordam ko‘rsatish algoritmlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: modifikatsiyalangan mandibulotomiya usulining afzalliklari aniqlangan, operatsiyadan keyingi natijalarni kompleks o‘rganish asosida yiringli-septik asoratlar chastotasining 42,3% ga kamayishi, funksional natijalarning 37,8% ga yaxshilanishi va bemorlar hayot sifatining 45,6% ga oshishi haqida yangi ma’lumotlar olingan. Modifikatsiyalangan texnikani qo‘llash bemorlarning tezroq reabilitatsiya qilinishiga va gospitalizatsiya muddatining 28,4% ga qisqarishiga yordam berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RIOvaRIATM hududiy filiali (19.11.2024y. 07-110-sonli), RIOvaRIATM Qashqadaryo filiali (30.10.2024y. 91-T-sonli) va RIOvaRIATM Samarqand filiali (30.10.2024y. 91-T-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan modifikatsiyalangan mandibulotomiya usuli asosida bemorlarning hayot sifatini va operatsiyadan keyingi davrda ularning ijtimoiy moslashuvini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beruvchi til va og‘iz bo‘shlig‘i tubi saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolash algoritmi yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: modifikatsiyalangan mandibulotomiya usulini joriy etish gospitalizatsiya muddatini qisqartirish, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini va ularni davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimida sezilarli iqtisodiy samaraga olib keladi. Xulosa: tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar asosida til va og‘iz bo‘shlig‘i tubi saratoni bo‘lgan bemorlarda modifikatsiyalangan mandibulotomiya usulini qo‘llash operatsiyadan keyingi yiringli asoratlar chastotasini 42,3% ga, bemorlar hayot sifatini 45,6% ga yaxshilashi va 5 yillik yashab ketish ko‘rsatkichlarini 18,7% ga oshirishi aniqlangan. Usulni optimal funksional va onkologik natijalarni ta’minlovchi jarrohlik davolashning muhim komponenti sifatida ko‘rib chiqish lozim.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor til saratoni va og‘iz bo‘shlig‘i saratoni bilan og‘rigan bemorlarda jarroxlik amaliyotini utkazish samaradorligi taxlili asosida takomillashtirilgan mandibulotomiya jarroxlik amaliyotini qo‘llash natijasida bemorlarda yiringli asoratlarning kamayishi va urtacha yashovchanlik yoshi uzaytirilganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: yuz-jag‘ sohasi tug‘ma nuqsonlari shakllanishining asosiy molekulyar-genetik mexanizmlari aniqlangan, genetik markerlarni kompleks o‘rganish asosida ksenobiotiklar biotransformatsiyasi va folat sikli genlari polimorfizmlarining roli haqida yangi ma’lumotlar olingan, anomaliyalar rivojlanishi xavfini 3,2 barobarga oshiruvchi ularning sinergik o‘zaro ta’sirlari aniqlangan bo‘lib, bu preventiv strategiyalarni ishlab chiqish va genetik maslahat berish uchun muhim komponent hisoblanadi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RIOvaRIATM hududiy filiali (19.11.2024y. 07-110-sonli), RIOvaRIATM Qashqadaryo filiali (30.10.2024y. 91-T-sonli) va RIOvaRIATM Samarqand filiali (30.10.2024y. 91-T-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan genetik markerlar asosida yuz-jag‘ sohasi tug‘ma nuqsonlari rivojlanishi xavfini prognozlash algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, u erta profilaktika o‘tkazish va aniqlangan buzilishlarni o‘z vaqtida korreksiya qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik skrining va profilaktika tadbirlarini joriy etish yuz-jag‘ sohasi tug‘ma nuqsonlari chastotasini 42,6% ga kamaytirish va ularni jarrohlik yo‘li bilan korreksiya qilish xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar asosida noqulay genotiplarning nozologik sinergizmi yuz-jag‘ sohasi tug‘ma nuqsonlari rivojlanishi xavfini 3,2 barobarga oshirishi aniqlangan. Ishlab chiqilgan genetik prognozlash tizimi xavf guruhlarini o‘z vaqtida aniqlash va maqsadli profilaktika o‘tkazish imkonini beradi. Molekulyar-genetik testni pregravitar tayyorgarlik va prenatal skriningning muhim komponenti sifatida ko‘rib chiqish lozim.
beshinchi ilmiy yangilik: til va og‘iz bo‘shlig‘i tubining xavfli o‘smalarini bilan og‘rigan bemorlarda orostomani oldindan o‘rnatish bilan takomillashtirilgan mandibulotomiyani utkazish, og‘iz bo‘shlig‘ining orqa qismlari va og‘iz-halqum sohalarida saratonning rivojlangan shakllari uchun to‘liq hajmdagi jarrohlik amalietini bajarishga va jarroxlikdan keyingi asoratlar sonini ikki baravar kamaytirishga, shuningdek, chaynash, yutish va nutq funksiyalarini eng qisqa vaqt ichida tiklashi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yuz-jag‘ sohasidagi tug‘ma nuqsonlar rivojlanish xavfini past (15% gacha), o‘rta (15-35%) va yuqori (35% dan ortiq) darajalarga stratifikatsiya qilish imkonini beruvchi tibbiy-genetik maslahat berish uslubining samaradorligi aniqlangan. Kompleks tahlil asosida rivojlanish nuqsonlari shakllanishining asosiy prediktorlari aniqlangan, xavfni baholash mezonlari va oilalarga profilaktik maslahat berish algoritmlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RIOvaRIATM hududiy filiali (19.11.2024y. 07-110-sonli), RIOvaRIATM Qashqadaryo filiali (30.10.2024y. 91-T-sonli) va RIOvaRIATM Samarqand filiali (30.10.2024y. 91-T-sonli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Tibbiy-genetik maslahat berish tizimini joriy etish yuz-jag‘ sohasidagi tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalar sonini 37,8% ga kamaytirish va xavf guruhi oilalariga tibbiy-profilaktik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Tug‘ma nuqsonlar rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan oilalarni o‘z vaqtida aniqlash va profilaktik tadbirlarni o‘tkazish keyingi davolash va reabilitatsiya xarajatlarini 45,3% ga qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan tibbiy-genetik maslahat berish uslubini joriy etish yuz-jag‘ sohasidagi tug‘ma nuqsonlar rivojlanishi xavfi turli darajada bo‘lgan oilalarni samarali aniqlash va o‘z vaqtida profilaktik tadbirlarni o‘tkazish imkonini berishi aniqlangan. Xavflarni baholashga differensial yondashuvni tug‘ma rivojlanish nuqsonlari profilaktikasi tizimining muhim komponenti sifatida ko‘rib chiqish lozim.