Pardaeva Xurshida Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish metodikasi”(Biologiya ta’limi yo‘nalishi misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4531.
Ilmiy rahbar: Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, proffessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Murodova Sayyora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’limning kredit-modul tizimi doirasida biologiya ta’limi yo‘nalishi talabalarining mustaqil ishlarini samarali amalga oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari biologiya ta’lim yo‘nalishidagi zamoanviy tibbiy-ilmiy yondashuvning innovatsion mazmunini ta’limiy maqsadlarga ko‘ra texnologik sharoitlar qamroviga ega SMART ta’lim sharoitlariga idientiv mosashtirish asosida aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish samaradorligi berilgan topshirqlarni bajarish jarayoni va natijador-ligini monitoring qilishga qaratilgan ta’limiy-raqamli dasturlardan maqsadli segment asosida foydalanish hamda o‘qituvchi va talabalar oldida sunʼiy to‘siqlarni bartaraf etishning zaruriy va ehtimoliy imokniyat-larini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil ishini tashkil etish metodikasi o‘z-o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va muammolar echimini topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli platformalar, hamkorlikdagi o‘quv muhitlari va interfaol vositalarini modulli texnologiya mazmuniga maqsadli uyg‘unlashtirish hamda ta’lim subʼektlari ijodiy munosabat-laridagi qayta aloqaga kirishish mobilligini dinamik oshirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil ishini tashkil etish modeli tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirish infratuzilmasini istiqbol (maqsadli) talabga ko‘ra intensivlashtirish, didaktik topshiriqlarni bajarishda segmentlar uyg‘unligiga ko‘ra nostandart qarorlar qabul qilish, mehnat bozori talabiga ko‘ra zaruriy nazariy bilimlarni egallashga frontal ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimida biologiya ta’limi yo‘nalishi talabalarining mustaqil ishini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari biologiya ta’lim yo‘nalishidagi zamoanviy tibbiy-ilmiy yondashuvning innovatsion mazmunini ta’limiy maqsadlarga ko‘ra texnologik sharoitlar qamroviga ega SMART ta’lim sharoitlariga idientiv mosashtirish asosida aniqlashtirish bo‘yicha taklif “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integrasiyasi tizimida “o‘quv-metodik kompleks” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2024 yil 3 fevraldagi 01-04-03/133-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida innovatsion hamkorlikni rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish samaradorligi berilgan topshirqlarni bajarish jarayoni va natijador-ligini monitoring qilishga qaratilgan ta’limiy-raqamli dasturlardan maqsadli segment asosida foydalanish hamda o‘qituvchi va talabalar oldida sunʼiy to‘siqlarni bartaraf etishning zaruriy va ehtimoliy imokniyat-larini aniqlash asosida takomillashtirishga oid taklif o‘rnatilgan tartibda chop etilgan “Biologiyadan masala va mashqlar echish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 noyabrdagi 429-son bo‘yrug‘i). Natijada, bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarida integrativ yondoshuv asosida fanga oid ilmiy-uslubiy yondashuvlari takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarning mustaqil ishini tashkil etish metodikasi o‘z-o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va muammolar echimini topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli platformalar, hamkorlikdagi o‘quv muhitlari va interfaol vositalarini modulli texnologiya mazmuniga maqsadli uyg‘unlashtirish hamda ta’lim subʼektlari ijodiy munosabatlaridagi qayta aloqaga kirishish mobilligini dinamik oshirish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integrasiyasi tizimida “o‘quv-metodik kompleks” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2024 yil 3 fevraldagi 01-04-03/133-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining o‘zini-o‘zi baholay olishi konikmalari shakillantirilib tabiiy-ilmiy kompetensiyasini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning mustaqil ishini tashkil etish modeli tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirish infratuzilmasini istiqbol (maqsadli) talabga ko‘ra intensivlashtirish, didaktik topshiriqlarni bajarishda segmentlar uyg‘unligiga ko‘ra nostandart qarorlar qabul qilish, mehnat bozori talabiga ko‘ra zaruriy nazariy bilimlarni egallashga frontal ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklif o‘rnatilgan tartibda chop etilgan “Biologiyadan masala va mashqlar echish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 noyabrdagi 429-son bo‘yrug‘i). Natijada, biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini aniqlashning uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish