Abdugaffarov Xusniddin Jurabekovichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Vintli konveyerlarda paxta chigitini tashishda chiqindilardan tozalovchi ishchi qismlarni ishlab chiqish va ko‘rsatkichlarini ilmiy asoslash” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T854
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Kayumov Abdul-malik Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Farxod Xayrulloevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vintli konveyerlarda paxta chigitini tashishdagi chiqindilardan tozalovchi yangi ishchi organlarni ishlab chiqish va ko‘rsatkichlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqilgan ehtimollar nazariyasi tenglamalari asosida chigitlarni tozalashda chiqindilarni chiqarib yuboriladigan teshiklardan o‘tish holatlarini to‘rli yuza uzunligi va teshiklarini o‘lchami, teshiklarni geometrik joylashuvi, chigit massasini harakatlanish tezligi, vintli konveyerni geometrik ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘lovchi funksional ifodalar olingan;
chigitni tozalashda chiqindilarni chiqarish to‘liqligi nazariyasiga ko‘ra vintli konveyerda paxta chigitini to‘rli yuzalar teshiklarini konstruktiv o‘lchamlari va geometrik shakllari ularning yo‘nalishli-saylanma xususiyatlari asosida ishlab chiqilgan;
chigit xususiyatlari va tozalash elementlarining konstruktiv ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni hisobga olgan holda, tozalash samaradorligi va teshiklarning geometrik o‘lchamlari o‘rtasidagi matematik bog‘lanishlari asosida konveyer to‘rli yuzasining maqbul ko‘rsatkichlarini aniqlashning yangi metodologiyasi yaratilgan;
titrovchi qobiqli vintli konveyerda chigit harakatini tebranishlar nazariyasi asosida tahlil qilish orqali maqbul titrash chastotasi va amplituda qiymatlari, qayishqoq tayanchdagi konveyer dinamikasining differensial tenglamali matematik modellari ishlab chiqilgan;
vintli konveyerni ishqalanish qismlari uchun yangi tarkibdagi yog‘och-polimer kompozision materialdan foydalanish asosida sirpanish podshipniklari va ularni tayyorlashni yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Vintli konveyerlarda paxta chigitini tashishdagi chiqindilardan tozalovchi yangi ishchi organlarni ishlab chiqish va ko‘rsatkichlarini ilmiy asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tashilayotgan paxta chigitini chiqindilardan takomillashtirilgan tozalash qismiga ega vintli konveyer “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Xorazm viloyatidagi “Yangiariq tex” MCHJda ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 21 dekabrdagi 03/26-3479-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta chigitidagi ifloslik 2-3 marta kamayishi hisobiga, momiq tozaligi 18-20% (nisb.)ga ortishiga, I nav “O‘rta” momiqni I nav “Oliy”ga o‘tishiga hamda chigit moydorligi 14-16% (nisb.)ga oshishi orqali energo-va resurstejamkorlikka erishilgan;
paxta chigitini tashuvchi vintli konveyerni takomillashtirilgan “nol tirqishli” konstruksiyasi va to‘rli yuzasi Samarqand viloyati “Paxtachi klaster” MCHJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 18 noyabrdagi 03/25-3112-son ma’lumotnomasi, «O’zbekiston savdo-sanoat palatasi»ning 2024 yil 15 noyabrdagi 04-27-16719-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitlardagi chiqindilar miqdorini 2-3 martagacha kamaytirish hisobiga momiq tozaligini 22-24% (nisb.) ga ortishi, I nav “O‘rta” momiqni I nav “Oliy”ga o‘tishi hamda chigitlarni moydorligini, 16-18% (nisb.)ga oshirishga erishilgan;
yog‘och-polimer kompozision materiallardan tayyorlangan sirpanish podshipnigi Xorazm viloyatidagi “Xorazm tex” MCHJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan («O’zbekiston savdo-sanoat palatasi» ning 2025 yil 3 fevraldagi 9-04-10-25-1297-son ma’lumotnomasi). Natijada podshipniklarni ishlash muddatini ikki martaga oshishi hisobiga energo-va resurstejamkorlikka erishilgan.