Turdieva Zilola Vaxabdjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sedativ ta’sirga ega fitokompozisiya asosida dori preparatlarini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Far38.
Ilmiy maslahatchilar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent fapmasevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent fapmasevtika instituti, DSs.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullajonova Nodira G‘ulomjonovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor o‘simliklar (Urtica dioica L., Leonurus cardiaca L., Melissa officinalis L.) kompozisiyasidan sedativ ta’sirga ega quruq ekstrakt olish va uning asosida nastoyka, eliksir, tabletka, granula va kapsula dori shaklidagi dori vositalar texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tinchlantiruvchi ta’sirga ega dorivor o‘simliklar kompozisiyasidan «Biosedatsion» nastoykasi hamda «Fitosed» eliksirining muayyan texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
ilk bor eksperimentlarni matematik rejalashtirishning Boks-Uilson  usulidan foydalanib, fitokompozisiyadan flavonoidlarni to‘liq ekstraksiya qilish uchun optimal sharoitlar tanlangan va sedativ ta’sirga ega «Sedeks» quruq ekstraktini olishning texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan quruq ekstraktni lipofil yot moddalardan tozalash uchun maqbul ekstragent sifatida benzindan foydalanish maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
«Sedeks» quruq ekstraktini olish uchun purkagichli quritgich ishlatilishi tavsiya etilgan; bunda kirish va chiqishdagi harorat, eritmani yuborish tezligi, forsunkaga yuboriladigan havo bosimi hamda eritmaning optimal konsentratsiyasi aniqlangan; 
fitokompozisiya asosidagi nastoyka, eliksir, quruq ekstrakt, granula, kapsula va tabletka shaklida olingan dori preparatlarining sifat me’yorlari amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqilgan;
«Sedeks» quruq ekstrakti asosidagi sedativ ta’sirga ega «Sedgran» kapsulasi va suspenziya tayyorlashga mo‘ljallangan granulalarning hamda  «Sedtab» tabletkalarining ilmiy asoslangan tarkibi va muayyan texnologiyalari ishlab chiqilgan; 
«Biosedatsion» nastoykasining sedativ ta’siri va xavfsizligi aniqlanib, uning samaradorligi novopassit solishtirma preparatidan kam emasligi isbotlangan;
«Sedtab» tabletka, «Sedgran» granula, «Sedeks» quruq ekstrakti va  «Fitosed» eliksirining yaqqol namoyon etilgan sedativ ta’siri hamda bezararligi klinik oldi tadqiqotlari natijalariga asosan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sedativ ta’sirga ega fitokompozisiya asosida dori preparatlarini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Biosedatsion» nastoykasi uchun korxona farmakopeya maqolasi (KFM 42 Uz-23325087-5409-2024) O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, dorivor o‘simliklardan olingan sedativ ta’sirga ega suyuq dori shaklidagi preparatlarning assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Sedeks» quruq ekstrakti uchun korxona farmakopeya maqolasi (KFM 42 Uz-15745533-3853-2024) O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada mahalliy dorivor o‘simliklar asosida sedativ ta’sirga ega dori vositasini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Biosedatsion» nastoykasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» Davlat muassasasi tomonidan ro‘yhatdan o‘tkazilgan (DV/M №04652/06/24 guvohnoma). Mazkur preparatning ro‘yhatdan o‘tkazilishi uni mahalliy farmatsevtik korxonalar  tomonidan ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Biosedatsion» nastoykasi uchun tajriba sanoat reglamenti «Lekinterkaps» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 42 Uz-0387323325087-2024). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida sedativ dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan;
«Sedeks» quruq ekstrakti uchun tajriba sanoat reglamenti QK «Samarkand-England Eco-Medical» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 42 Uz-2072228-02-24). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida sedativ dori vositasi «Sedeks» quruq ekstrakti uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish