Mustafaev Shomurod Normo‘minovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv sharoitida talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalash texnologiyasi», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped41.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Quronov Muhammad Quronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalilov Faxriddin Nuriiddinovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitida badiiy havaskorlik to‘garaklarida talabalarni g‘oyaviy‑estetik tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy to‘garaklarda talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalash tizimi barkamol talaba fazilatlari klasteri va pedagogik bosqichlar (konseptual, kognitiv, operatsional) integratsiyasi (tatbiq etish, me’yorlashtirish, funksionallash) asosida takomillashtirilgan;
talabalarni g‘oyaviy‑estetik tarbiyalashning metodik talablari (xalqchillik, aniqlik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, ko‘rgazmalilik, xilma xillik, dolzarblilik) asosida milliy g‘oya ruhi singdirilgan to‘garaklarni tashkil etish komponentlari (g‘oyaviy-estetik vazifa, singdirilgan mazmun, shakl-uslub-vosita) aniqlashtirilgan;
o‘qishning suggestiv texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlari artpedagogikaning g‘oyaviy‑estetik tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik shartlar tizimini (badiiy emotsional, yorqin taassurot, qiziqtirish, talaffuz, mimika-texnika) modullashtirish asosida takomillashtirilgan;
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirishning pedagogik yo‘nalishlari (uyg‘unlik, tizimlilik, mas’uliyat, muvofiqlashtirish) mazmuniga ustuvorlik berish asosida talabalardagi ijodkorlik sifatini oshirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Globallashuv sharoitida badiiy havaskorlik to‘garaklarida talabalarni g‘oyaviy‑estetik tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalashning metodik tamoyillari, barkamol talaba fazilatlari klasteri, buzg‘unchi g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” va uning tarkibiy qismlariga qarshi kurashga oid takliflaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar teatr studiyalari festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 160-son, 2016 yil 14 maydagi “Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yagonasan muqaddas Vatan” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 190-son buyruqlari bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar va tadbirlarni tashkil etishda fodalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 oktyabrdagi 01-07/221-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadbirlar badiiy to‘garaklarda talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalash tizimi bosqichlarining ta’sirchanligini hamda yoshlarimizning ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashning sub’ektlariga aylantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
badiiy to‘garaklar mashg‘ulotlarida talabalarni g‘oyaviy‑estetik tarbiyalashning metodik talablari, talabalarning kreativlik salohiyatini oshirishning g‘oyaviy-estetik modeli, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik yo‘nalishlariga oid takliflar pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimi uchun ishlab chiqilgan “Badiiy havaskorlik to‘garaklarida talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalash bo‘yicha maxsus kurs” mazmuniga singdirilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 4 oktyabrdagi 02/016-1770-18-son ma’lumotnomasi). Mazkur dastur asosida pedagog kadrlar malakasini oshirish jarayonida oliy ta’lim muassasalaridagi badiiy to‘garaklar faoliyatida g‘oyaviy-estetik tarbiya jarayonining samarali texnologiyalarini tashkil qilish imkoniyati yaratilgan;
talabalarni g‘oyaviy‑estetik tarbiyalash jarayonlari, suggestiv modulli kichik universal texnologiya, ijodkorlik sifatini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar “Musiqa to‘garaklarini tashkil etish”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Musiqa o‘qitish metodikasi” fanlarini o‘qitish mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 martdagi 89-03-1165-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik taklif va tavsiyalar oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga imkoniyat yaratgan.