Axmedova Zulayxo Maksimbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04 -Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni - “Harakatlanishi cheklangan shaxslar uchun transformasiyalanuvchi elementlariga ega moslashuvchan kiyim to‘plamini loyihalash usulini ishlab chiqish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5186
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Nabijanova Nargiza Nasimdjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Baxridinova Dilrabo Amanbaevna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzah politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.     Tadqiqotning     maqsadi:     harakatsh     cheklangan     insonlar uchun 
transformatsiyalanuvchi elementlar bilan moslashtiruvchi kiyimlar to‘plamini loyihalash usulini ishlab chiqish bo‘lib, biomexanika qonunlaridan foydalangan holda suyakmushak va tayanch-harakat tizimidagi jarohat olish darajasini o‘rganish va takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
jarohat oqibatida oyoq va qo‘llar kabi inson organini harakat cheklovining turini tasniflash asosida be’morlar uchun mo‘ljallangan kiyimlarning konstruktiv chiziqlariga modifiratsiyalashni qo‘llash hisobiga funksionallikni berish mexanizmi ishlab chiqilgan;
travmatologik bo‘limdagi bemorlar uchun davolamish jarayonida va reabilitatsiya paytida qulay va comfort kabi muhitlarni yaratishni ta’minlovchi maxsus kasalxona kiyimlari to‘plami yaratilgan; 
travmatologaya va jarroxlik bo‘limlari be’morlari uchun kiyimlarni loyihalash texnologiyasini ishlab chiqishda oyoq va qo‘l biokinematik zanjirlarini erkin harakatchanligi darajasini tahlil qilish asosida konseptual yondashuv taklif etilgan va uni turli harakatlanish erkinligi cheklangan bemorlar uchun qo‘llash mumkinligi biomexanikaning xarakatlar qonuniyatlarini qo‘llagan holda asoslangan; 
be’morlar uchun tibbiy davolash jarayonida kiyib – echish uchun qulaylik yaratish maqsadida kiyimning fazoviy tuzilishini tashkil etish prinsipi asosida funksional konstruksiyasi detallarining tasniflanishi va tizimlashtirilishi asosiy transformerlar shaklida ishlab chiqilgan.  
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 
harakati cheklangan be’morlar uchun maxsus kiyim to‘plamini yaratishda jarohat oqibatida harakat cheklovini hisobga olgan holda yangi funksional modellashtirish usuli ishlab chiqilgan; 
travmatologiya va jarrohlik bo‘limi be’morlari uchun yangi assortimentdagi moslashuvchan kiyim komponentlari uchun taklif etilgan materiallarning ratsional tarkibi o‘rganilib, sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan;
travmatologiya va jarrohlik bo‘limi be’morlari uchun davolash samaradorligini oshiruvchi maxsus moslashuvchan kiyim to‘plami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar asosida cheklangan harakat imkoniyatlariga ega bemorlar uchun kiyimlarni loyihalash usuli ishlab chiqilgan natijalar asosida: 
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan uchta sanoat namunasi patentlari ushbu dissertatsiya ishiga doir travmatologiya va jarrohlik bo‘limlari bemorlari uchun transformatsiyalanuvchi elementlarga ega tikuv buyumlari to‘plami konstruksiyasining detallarini loyihalash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubi “Jizzax Toshtepa tekstil” MChJ va “Zilol Gold TEXTIL” MChJ tikuv korxonalarida sinovdan o‘tkazildi va joriy etilgan (2024 yil 11 dekabrdagi “O‘zto'qimachiliksanoat” uyushmasi №03/25-3312-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya tadqiqotlari joriy etish ishlab chiqarish samaradorligini 16,2% ga oshishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish