Tog‘aeva Barchinoy Musoqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi fonida SARS-CoV-2  pnevmoniyasining  klinik-genetik xususiyatlari» 14.00.05 - Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Tib1506. 
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azimbay Ataxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi fonida SARS-CoV-2 pnevmoniyasi bo‘lgan bemorlarda TNF-α (rs 1800629), eNOS (rs 2070744), IL-10 (592 C/A) genlarining polimorfizmini kasallikning rivojlanishi va asoratlarning yuzaga kelish xavfini stratifikatsiya qilish uchun diagnostik-prognostik ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SARS-CoV-2  pnevmoniyasining 60 yoshdan oshgan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlar orasida keng tarqalganligi va arterial gipertenziyaning qo‘shilib kelishi ushbu kasallikni og‘ir shaklining salbiy oqibatlar bilan rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda miokardning diastolik disfunksiyasi, hajmli zo‘riqishi, remodellanishi, o‘pka arteriyasida bosimning yuqori ko‘rsatkichlari SARS-CoV-2 pnevmoniyasining og‘irligi o‘rtasidagi o‘zaro va yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gipoksiya va kardiorespirator zo‘riqish bilan bog‘liqligi aniqlangan;
yurak ishemik kasalligi fonida SARS-CoV-2  pnevmoniyasi kasalligi kechishining og‘irligi va oqibatlarining laborator (D-dimer, C-reaktiv oqsil, prokal`sitonin, ferritin, IL-6) ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor yurak ishemik kasalligi va SARS-CoV-2 pnevmoniyasi bilan kasallanganlarda eNOS, (rs 2070744), TNF-α, (rs 1800629), IL-10 (rs 1800872) genlarining geterozigota polimorfizmining yuqori chastotada uchrashi YuIK xavfini oshirishi aniqlangan va genning prognostik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Yurak ishemik kasalligi fonida SARS-CoV-2 pnevmoniyasining klinik-genetik xususiyatlari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15 yanvardagi  11-son xulosasi olingan. 
birinchi ilmiy yangilik.  SARS-CoV-2 pnevmoniyasining 60 yoshdan oshgan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlar orasida keng tarqalganligi va arterial gipertenziyaning qo‘shilib kelishi ushbu kasallikni og‘ir shaklining  salbiy oqibatlar bilan rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Yurak ishemik kasalligi fonida COVID-19 pnevmoniyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashni takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlashg vapzirligida 05.09.2022y. №8n-r/949-ma’lumotnoma). «Yurak ishemik kasalligi fonida COVID-19 pnevmoniyasi bilan og‘rigan bemorlarni olib borish» mavzusidagi (Sog‘liqni saqlashg vapzirligida 05.09.2022y. №8n-r/948-ma’lumotnoma) uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. SARS-CoV-2  pnevmoniyasining 60 yoshdan oshgan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlar orasida keng tarqalganligi va arterial gipertenziyaning qo‘shilib kelishi ushbu kasallikni og‘ir shaklining salbiy oqibatlar bilan rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: SARS-CoV-2 qo‘zg‘atgan pnevmoniyasining og‘irlik darajasini aniqlashda yallig‘lanish chaqiruvchi sitokinlar ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, kasallik erta davrlarda aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha  bajariladigan. Iqtisodiy samaradorligi: takroriy laborator tahlillar soni  2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga bir yilda budjet hisobidan 65800 so‘m, budjetdan tashqari 158200 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: yangilik SARS-CoV-2 pnevmoniyasining 60 yoshdan oshgan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlar orasida keng tarqalganligi va arterial gipertenziyaning qo‘shilib kelishi ushbu kasallikni og‘ir shaklining  salbiy oqibatlar bilan rivojlanishiga olib kelishi o‘rtasidagi isbotlangan bog‘liqliklar asosida prognostik markyor sifatida foydalanib, erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 224600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik Yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda miokardning diastolik disfunksiyasi, hajmli zo‘riqishi, remodellanishi, o‘pka arteriyasida bosimning yuqori ko‘rsatkichlari SARS-COV-2 pnevmoniyasining og‘irligi o‘rtasidagi o‘zaro va yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gipoksiya va kardiorespirator zo‘riqish bilan bog‘liqligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Yurak ishemik kasalligi fonida COVID-19 pnevmoniyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashni takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlashg vapzirligida 05.09.2022y. №8n-r/949-ma’lumotnoma). «Yurak ishemik kasalligi fonida COVID-19 pnevmoniyasi bilan og‘rigan bemorlarni olib borish» mavzusidagi (Sog‘liqni saqlashg vapzirligida 05.09.2022y. №8n-r/948-ma’lumotnoma) uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda miokardning diastolik disfunksiyasi, hajmli zo‘riqishi, remodellanishi, o‘pka arteriyasida bosimning yuqori ko‘rsatkichlari SARS-COV-2 pnevmoniyasining og‘irligi o‘rtasidagi o‘zaro va yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gipoksiya va kardiorespirator zo‘riqish bilan bog‘liqligi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonada qolish to‘lov miqdori 486000 so‘mga kamaytirdi; shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 420000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 140000 so‘m dori vositalari sarflanadi);
uchinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi fonida SARS-CoV-2 pnevmoniyasi kasalligi kechishining og‘irligi va oqibatlarining laborator (D-dimmer, C-reaktiv oqsil, prokalsitonin, ferritin, IL-6) ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Yurak ishemik kasalligi fonida COVID-19 pnevmoniyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashni takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlashg vapzirligida 05.09.2022y. №8n-r/949-ma’lumotnoma). «Yurak ishemik kasalligi fonida COVID-19 pnevmoniyasi bilan og‘rigan bemorlarni olib borish» mavzusidagi (Sog‘liqni saqlashg vazirligida 05.09.2022y. №8n-r/948-ma’lumotnoma) uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi fonida SARS-CoV-2  pnevmoniyasi kasalligi kechishining og‘irligi va oqibatlarining laborator (D-dimmer, C-reaktiv oqsil, prokal`sitonin, ferritin, IL-6) ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu holatni  vaqtida aniqlash bemorlarni o‘z vaqtida davolash imkonini bergan va  bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 1500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 965000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor yurak ishemik kasalligi va SARS-CoV-2   pnevmoniyasining og‘ir kechishida eNOS, (rs 2070744), TNF-α, (rs 1800629), IL-10 (rs 1800872) genlarining ahamiyati o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: «Yurak ishemik kasalligi fonida COVID-19 pnevmoniyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashni takomillashtirish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlashg vazirligida 05.09.2022y. №8n-r/949-ma’lumotnoma). «Yurak ishemik kasalligi fonida COVID-19 pnevmoniyasi bilan og‘rigan bemorlarni olib borish» mavzusidagi (Sog‘liqni saqlashg vapzirligida 05.09.2022y. №8n-r/948-ma’lumotnoma) uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor yurak ishemik kasalligi va SARS-CoV-2 pnevmoniyasining og‘ir kechishida eNOS, (rs 2070744), TNF-α, (rs 1800629), IL-10 (rs 1800872) genlarining ahamiyati o‘rganilgan. Iqtisodiy samaradorligi kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 1500000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil tekshiruv amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 25% (30 dan 7ta bemorlar) YuIK bilan kasallangan bemorlar shifoxonaga yotishi va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 10500000 (7 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qiladi). 
Xulosa: ushbu xolatning amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 7035000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3465000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish