Axmurodov Farrux Xolbozorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash tarixi (1991-2021 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1292.
Ilmiy rahbar: Axmedov Bekzod Abdiraxmonovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akram Muminovich tarix fanlari doktori, professor; Ermetov Avaz Abdullaevich tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash tarixi (1991 – 2021-yy.) bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosati tarixi 3 bosqichda, ya’ni 1991-1999-yillari hukumat faol ravishda xalqaro arenalarda terrorizmga qarshi birgalikda kurashga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratganligi, 2000-yildan 2016-yilga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston terrorizmga qarshi kurash sohasida xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirganligi va xalqaro-huquqiy bazalarini shakllantirilganligi, 2017-2023- yillari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasining huquqiy asoslarining mustahkamlanishi, turli oqimlar safiga adashib kirib qolgan shaxslar kechirilib, ularning ijtimoiy moslashuvi uchun davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ko‘mak berilganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda terrorizm va eksterimizmga qarshi kurash bo‘yicha qat’iy davlat siyosati ishlab chiqilib, bu borada nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan qator shartnomalar imzolangan bo‘lsada, Markaziy Osiyo jahon geosiyosiy maydonida muhim ahamiyatga ega hududlardan biri bo‘lganligi, aholi orasida, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi hududlarida turli ekstremistik tashkilot vakillari keng targ‘ibot olib borishlari, bunda iqtisodiy nochor aholi qatlamiga har xil yolg‘on va’dalar (tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda moliyaviy yordam berish, jihod yo‘lida kurashish bilan jannatga tushishlari) berish hisobiga mamlakatimizda bir necha marta kuchli terroristik tahdidlar amalga oshirilganligi dalillangan;
Farg‘ona vodiysida er kam bo‘lgan holda aholining zichligi, buning oqibatida ishlamaydiganlarning anchagina ko‘pligi, vodiy aholisining azaldan boshqa mintaqalarga nisbatan islom diniga ta’sirchanligi, huquqni muhofaza qilishi idoralaridagi korrupsiya, tanish-bilishchilik, mahalliychilik kabi omillar tufayli bu hududda turli ekstremistik oqim vakillari makon qurganligi aniqlangan;
“Akromiylar” ekstremistik oqimining dastlabki a’zolari kichik va o‘rta tadbirkorlardan iborat bo‘lganligi, oqim yetakchilari ularning korxona, do‘kon va h.k. ishlariga homiylik qilganligi, tashkilot a’zolari oylik daromadining 20 foiziga teng badali hisobiga jamg‘arma («boytulmol») tashkil etganligi va tashkilotning terrorchilik mohiyati Andijon voqealarida yaqqol namoyon bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosati tarixi 3 bosqichda, ya’ni 1991-1999-yillari hukumat faol ravishda xalqaro arenalarda terrorizmga qarshi birgalikda kurashga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratganligi, 2000-yildan 2016-yilga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston terrorizmga qarshi kurash sohasida xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirganligi va xalqaro-huquqiy bazalarini shakllantirilganligi, 2017-2023- yillari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasining huquqiy asoslarining mustahkamlanishi, turli oqimlar safiga adashib kirib qolgan shaxslar kechirilib, ularning ijtimoiy moslashuvi uchun davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ko‘mak berilganligi kabi ilmiy natijalarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining senariysini shakllantirishda foydalanilgan. (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yilning 19-iyuldagi 784-62-76-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosatining yoshlar ongiga singdirishga xizmat qilgan.
Farg‘ona vodiysida er kam bo‘lgan holda aholining zichligi, buning oqibatida ishlamaydiganlarning anchagina ko‘pligi, vodiy aholisining azaldan boshqa mintaqalarga nisbatan islom diniga ta’sirchanligi, huquqni muhofaza qilishi idoralaridagi korrupsiya, tanish-bilishchilik, mahalliychilik kabi omillar tufayli bu hududda turli ekstremistik oqim vakillari makon qurganligi, ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosati, Andijonda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning o‘rni kabi ma’lumotlardan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VI-yo‘nalishi (Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish) 28-bandi “Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish”da foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yilning 7-dekabrdagi 437-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongiga terrorizm va ekstremizmning asl mohiyati, turli oqimlar va ularning raxnomalari xususidagi ma’lumotlarni singdirishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda terrorizm va eksterimizmga qarshi kurash bo‘yicha qat’iy davlat siyosati ishlab chiqilib, bu borada nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan qator shartnomalar imzolangan bo‘lsada, Markaziy Osiyo jahon geosiyosiy maydonida muhim ahamiyatga ega hududlardan biri bo‘lganligi, aholi orasida, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi hududlarida turli ekstremistik tashkilot vakillari keng targ‘ibot olib borishlari, bunda iqtisodiy nochor aholi qatlamiga har xil yolg‘on va’dalar (tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda moliyaviy yordam berish, jihat yo‘lida kurashish bilan jannatga tushishlari) berish hisobiga mamlakatimizda bir necha marta kuchli terroristik tahdidlar amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muzeyining “Ichki ishlar organlari mustaqillik yillarida” nomli 3-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining 2023-yilning 27-noyabrdagi 2/3521-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongida O‘zbekiston ichki ishlar idoralarining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha faoliyatini, sohadagi islohotlar mohiyatini, terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni asoslab berishga xizmat qilgan.
“Akromiylar” ekstremistik oqimining dastlabki a’zolari kichik va o‘rta tadbirkorlardan iborat bo‘lganligi, oqim yetakchilari ularning korxona, do‘kon va h.k. ishlariga homiylik qilganligi, tashkilot a’zolari oylik daromadining 20 foiziga teng badali hisobiga jamg‘arma («boytulmol») tashkil etganligi va tashkilotning terrorchilik mohiyati Andijon voqealarida yaqqol namoyon bo‘lganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muzeyining “Ichki ishlar organlari mustaqillik yillarida” nomli 3-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining 2023-yilning 27-noyabrdagi 2/3521-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongida O‘zbekiston ichki ishlar idoralarining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha faoliyatini, sohadagi islohotlar mohiyatini, terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni asoslab berishga xizmat qilgan.