O‘roqov Sherzod Raxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning kompetent yondashuvga asoslangan pedagogik tizimini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped41.
Ilmiy rahbar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Tajiev Mamarajab, pedagogika fanlari doktori, professor; Muranov Baxriddin Isaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalaridabo‘lajakkasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini tayyorlashda kompetent yondashuvning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati tuzilmasi asosiy va qo‘shimcha pedagogik funksiyalarni (boshqarish, tashkil etish, loyihalash, metodik ta’minlash, texnologik) tasniflash hamda umumkasbiy va sohaga yo‘naltirilgan kompetensiyalar (kognitiv, ijtimoiy)ni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘z-o‘zini baholashga yo‘naltirilgan automonitoring metodining pedagogik imkoniyatlari kasbiy-pedagogik kompetentlik darajalariga oid motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv ko‘rsatkichlarini tizimli baholashga ustuvorlik berish asosida kengaytirilgan;
kasb-hunar kollejlariga o‘qituvchilarni tayyorlash bosqichlari samaradorligini tashxislash metodikasi pedagogik faoliyatga yo‘nalganlikning integral tahlil yondashuvi (motivatsion, diagnostik, kvalimetrik) asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarining innovatsion shakllarini tizimlashtirishga qaratilgan kompleks dastur asosida fakul`tativ seminarlar, talabalar loyihasi, talabalar klubi va to‘garagiga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasb-hunar kollejlariga o‘qituvchilarni tayyorlashda kompetent yondashuvning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati tuzilmasi, asosiy va qo‘shimcha pedagogik funksiyalar, umumkasbiy va sohaga yo‘naltirilgan kompetensiyalarga oid takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 110000 – Pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 noyabrdagi 89-03-3801-son ma’lumotnomasi). Bu esa bo‘lajak kollej o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati modellashtirish orqali bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy pedagogik kompetentlik darajalari va ko‘rsatkichlarini baholashga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash bosqichlari samaradorligini tashxislash metodikasi, o‘z-o‘zini baholashga yo‘naltirilgan automonitoring metodining pedagogik imkoniyatlari, talabalarning kompetentlik darajalari mezonlari, kompetent yondashuvning pedagogik tizimi, tashkiliy-pedagogik bosqichlarga oid takliflar A-1-057 raqamli «Oliy ta’lim muassasalari talabalarini modulli o‘qitishga pedagoglarni kompetentli tayyorlashning psixologik pedagogik asoslari» mavzusidagi grant dasturi loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 noyabrdagi 89-03-3801-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kasbiy-pedagogik kompetentlik darajalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim shakllari va o‘quv-uslubiy ta’minoti aniqlangan;
o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil qilishning innovatsion shakl, metod va texnologiyalari, fakul`tativ seminarlar, talabalar loyihasi, talabalar klubi va to‘garagiga oid amaliy taklif va tavsiyalar asosida “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil qilishning innovatsion shakl, metod va texnologiyalari” kompleks dasturi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 noyabrdagi 89-03-3801- sonli ma’lumotnomasi). Mazkur metodik taklif va tavsiyalar bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorlash tizimini takomillashtirishga imkoniyat yaratgan.