Maxkamov Abdukayum Maxkamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston respublikasi sud tizimidagi islohotlar va sudyalar korpusini shakllantirishdagi davlat siyosati (1991 – 2022 yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1757.
Ilmiy rahbar: Kamolov Dilshod Po‘latovich, tarix fanlari doktori, professor v/b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi sud tizimida kadrlarning shakllanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida Sudyalar oliy maktabi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi sud-huquq tizimi islohotlari tizimida eng muhim tadbir bo‘lgani, ushbu maktabda sudyalar sudlar bo‘yicha ixtisoslashuvi va raqamlashtirilishi, umuman, hozirgi zamon sudyalariga jahonda qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqib tayyorlanganligi, qolaversa, bo‘lg‘usi sudyalarning maktabga qabul qilish jarayoni va uning murakkab talablari o‘z o‘rnida ushbu lavozimga munosib nomzodlarning tanlash imkoni yaratilgani dalillangan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida sudyalik lavozimiga nomzodlarni “30 foiz nazariya – 70 foiz amaliyot” tamoyili bo‘yicha tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligi va bu bo‘yicha dastur 4 ta bosqichni qamrab olganligi, bunda asosiy e’tibor sudyalarni nazariy va sud psixologiyasi, amaliy stajirovka, sud-huquq islohotlari, sudyaning ma’naviy qiyofasini shakllantirish kabi jihatlarga qaratilganligi, nomzodlar o‘qish jarayonida har bir mavzuga individual yondashishi, sud amaliyotida uchraydigan muammoli masalalarga echim topish bo‘yicha o‘qitilganligi ochib berilgan;
Sudyalar oliy kengashining tuzilishi bir tomondan o‘z kasbiga mas’uliyasizlik qilgan hamda sudyalar odob kodeksi talablarini buzgan sudyalarga nisbatan qat’iy choralarini qo‘llash imkoni yaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sudyalar daxlsizligi buzilishi va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashish holatlarini oldini olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi dalillangan;
Mustaqillikning dastlabki yillarida sudyalar bilimi, huquqiy saviyasining pastligi, o‘z shaxsiy manfaatlarini odil sudlov manfaatidan yuqori qo‘yish, sud protsessi ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlik, ishlarni ko‘rish va shikoyatlarni hal qilishda sansalorlik, sudyalarning kasbiy darajasini oshirish bo‘yicha ishlardagi rasmiyatchilik, fuqarolar shikoyatlarini tekshirish masalasiga engil-elpi va yuzaki yondashish, yuqori sud instansiyalari sudyalar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunsizliklarga tegishli holda ta’sir choralari qo‘llanilmasligi, bularning barchasi mamlakatning butun sud tizimini obro‘sizlanishiga olib kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi sud tizimida kadrlar siyosati bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va taklif-tavsiyalardan:
O‘zbekiston Respublikasida Sudyalar oliy maktabi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi sud-huquq tizimi islohotlari tizimida eng muhim tadbir bo‘lgani, ushbu maktabda sudyalar sudlar bo‘yicha ixtisoslashuvi va raqamlashtirilishi, umuman, hozirgi zamon sudyalariga jahonda qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqib tayyorlanganligi, qolaversa, bo‘lg‘usi sudyalarning maktabga qabul qilish jarayoni va uning murakkab talablari o‘z o‘rnida ushbu lavozimga munosib nomzodlarning tanlash imkoni yaratilgani haqidagi tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 06-28-847-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi natijasida teletomoshabinlar O‘zbekiston sud tizimida kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati haqida xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi;
Yangi O‘zbekiston sharoitida sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va bu bo‘yicha dastur 4 ta bosqichni qamrab olganligi, amaliy stajirovka, sud-huquq islohotlari, sudyaning ma’naviy qiyofasini shakllantirish kabi jihatlarga qaratilganligi, nomzodlar o‘qish jarayonida har bir mavzuga individual yondashishi, sud amaliyotida uchraydigan muammoli masalalarga echim topish bo‘yicha o‘qitilganligi haqidagi nazariy va amaliy xulosalaridan qatag‘on qilingan, uzoq muddatlarga ozodlikdan maxrum qilingan shaxslarning nomlarini oqlash, poymol qilingan xuquqlarining tiklanishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va sud xodimlarining o‘rni bilan bog‘liq masalalarni yoritishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi (Qatagon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi "1980 yillardagi qatag‘onlar: “Paxta ishi" kampaniyasi" - deb nomlangan 9-bo‘limi va "Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, (1991 yildan keyingi davr)" - deb nomlangan 10-bo‘limi fondini ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishda mazkur tadqiqot ishidan samarali foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 25-okyabrdagi 262-son ma’lumotnomasi). Bu esa omma ongida qatag‘on qurbonlari, xususan, “Paxta ishi” muammosida sud organlarining roli bo‘yicha tushunchalarning shakllantirishga xizmat qilgan;
Sudyalar oliy kengashining tuzilishi bir tomondan o‘z kasbiga mas’uliyasizlik qilgan hamda sudyalar odob kodeksi talablarini buzgan sudyalarga nisbatan qat’iy choralarini qo‘llash imkoni yaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sudyalar odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashish holatlarini oldini olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligiga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “Oʻzbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Manbalar so‘zlaganda” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 06-28-847-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa tomoshabinlarga sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari bilan tanishish imkoniyatini berdi;
Mustaqillikning dastlabki yillarida sudyalar bilimi, huquqiy saviyasining pastligi, o‘z shaxsiy manfaatlarini odil sudlov manfaatidan yuqori qo‘yish, sud protsessi ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlik, ishlarni ko‘rish va shikoyatlarni hal qilishda sansalorlik, sudyalarning kasbiy darajasini oshirish bo‘yicha ishlardagi rasmiyatchilik, fuqarolar shikoyatlarini tekshirish masalasiga engil-elpi va yuzaki yondashish, yuqori sud instansiyalari sudyalar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunsizliklarga tegishli holda ta’sir choralari qo‘llanilmasligi, bularning barchasi mamlakatning butun sud tizimini obro‘sizlanishiga olib kelganligiga oid ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat sudi faoliyatida samarali foydalanildi (Qashqadaryo viloyat sudining 2024-yil 10-apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda sud-huquq tizimidagi yangiliklar bo‘yicha ilmiy bilimlar shakllanishiga imkoniyat yaratildi.