Parpibaev Botirali Raximjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Qadimgi turkiy folklor va ularning tarjimalaridagi o‘ziga xos xususiyatlar (Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘at-it turk” asaridagi maqol va hikmatli so‘zlar misolida) 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4460
Ilmiy rahbar: Sidiqov Qosimjon Abilovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Jafarov Botir Sattarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qobilova Zebo Bakirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. “Devonu lug‘at-it turk” asaridagi maqol va hikmatli so‘zlarning ingliz, rus hamda o‘zbekcha tarjimalarining asliyatga nisbatan adekvatligini lingvokulturologik jihatdan tadqiq qilish orqali tarjimalarni ilmiy tahlil qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
R.Denkoff va A.M.Auezova tarjimalaridagi asliyatga nisbatan yanglish leksik birliklarning qo‘llanilishiga asliyat matni va tarjima tili o‘rtasidagi madaniy va diniy qarashlarning farqliligi asosiy sabab ekani aniqlangan;
R.Denkoff va A.M.Auezova tarjimalari so‘zma-so‘z tarjima tamoyiliga asoslangani, R.Denkoff maqol va hikmatli so‘zlarning mohiyatini yanada yaqqol ko‘rsatish maqsadida aksar o‘rinlarda konkretlashtirish tamoyilidan foydalangani aniqlangan;
Devonda keltirilgan maqol va hikmatlarda qo‘llangan metafora, sifatlash, jonlantirish, ramz, allegoriya kabi badiiy tasvir vositalari Q.Sodiqov, B.Atalay tarjimalarida asliyatga yaqinligi, maqol va hikmatli so‘zlarni o‘girishda mutarjimlar tarjimaning muqobillashtirish va izohlash tamoyillariga asoslanganliklari dalillangan;
Devondagi maqol va hikmatli so‘zlarning ingliz, rus va o‘zbekcha tarjimalarida yanglish talqin qilingan mifologik konseptlarning tub mohiyati boshqa tarjima nusxalari va turkiy xalqlarning mifologik manbalari asosida ochiqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning ilmiy natijalarini tashkil etuvchi ilmiy maqola, tezis, xulosa va takliflardan:
R.Denkoff va A.M.Auezova tarjimalaridagi asliyatga nisbatan yanglish leksik birliklarning qo‘llanilishiga asliyat matni va tarjima tili o‘rtasidagi madaniy va diniy qarashlarning farqliligi asosiy sabab ekani aniqlanganligi va undagi ilmiy-nazariy xulosalardan O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 ’Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so'z yasalishi’ (”Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”), FA- A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi huzuridagi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institut rahbariyati tomonidan 2024-yil 10-may sanasida berilgan 179/1 sonli ma’lumotnoma). Natijada R.Denkoff va A.M.Auezova tarjimalaridagi yanglish leksik birliklar va diniy kodlarning o'zbek/ingliz tillariga tarjimasiga doir muammo va echimlar loyiha mazmunini boyitishga xizmat qildi;
R.Denkoff va A.M.Auezova tarjimalari so‘zma-so‘z tarjima tamoyiliga asoslangani, R.Denkoff maqol va hikmatli so‘zlarning mohiyatini yanada yaqqol ko‘rsatish maqsadida aksar o‘rinlarda konkretlashtirish tamoyilidan foydalanganligiga oid ilmiy nazariy xulosalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan F3 – 2016-0908165532 – raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanildi. (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘istonn filiali rahbariyati tomonidan 2024-yil 14-may sanasida berilgan 184-sonli ma’lumotnoma). Natijada tarjimonlar maqol va hikmatli so‘zlarning mohiyatini yaqqol ochishda konkretlashtirish, muqobillashtirish tamoyillaridan foydalanganligi haqidagi ma’lumotlar lingvomadaniyatshunoslik, tarjimashunoslik bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni boyishida muhim manba vazifasini o‘tagan;
Devonda keltirilgan maqol va hikmatlarda qo‘llangan metafora, sifatlash, jonlantirish, ramz, allegoriya kabi badiiy tasvir vositalari Q.Sodiqov, B.Atalay tarjimalarida asliyatga yaqinligi, maqol va hikmatli so‘zlarni o‘girishda mutarjimlar tarjimaning muqobillashtirish va izohlash tamoyillariga asoslanganligining dalillanishiga oid ilmiy nazariy xulosalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan F3 – 2016-0908165532 – raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanildi. (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘istonn filiali rahbariyati tomonidan 2024-yil 14-may sanasida berilgan 184-sonli ma’lumotnoma). Natijada tarjima qilish mobaynida metafora, sifatlash, jonlantirish, ramz, allegoriya kabi tasviriy vositalarning ishlatilishi samarali echim ekanligi haqidagi ma’lumotlar loyihaning amaliy ahamiyatini oshirishda xizmat qildi;
Devondagi maqol va hikmatli so‘zlarning ingliz, rus va o‘zbekcha tarjimalarida yanglish talqin qilingan mifologik konseptlarning tub mohiyati boshqa tarjima nusxalari va turkiy xalqlarning mifologik manbalari asosida ochiqlanganiga doir xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradio kanali DUK muharririyati tomonidan tayyorlangan “Katta tanaffus”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarining 2023-yil fevral va may sonlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati tomonidan 2024-yil 16-sentyabr sanasida berilgan 04-36-1019-sonli ma’lumotnoma). Natijada Devondagi maqol va hikmatli so‘zlarning ingliz, rus va o‘zbekcha tarjimalaridagi mifologik konseptlarning tub mohiyatini ochishda xizmat qilgan.