Mardonova Sarvinoz Oripovnaning 
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilida individual-uslubiy neologizmlarning struktur-semantik tadqiqi (Muhammad Yusuf, Usmon Azim, Farida Afro‘z she’riyati misolida)” 10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Fil2391
Ilmiy rahbar: Asadov To‘lqin Hamroevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaeva Nafisa Izzatullaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi individual-uslubiy neologizmlar yuzaga kelishining lisoniy omillari, sabablari, derivatsion xususiyatlari, struktur-semantik tabiati, semantik shakllanish masalasi, ma’no xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neologik birliklar tadqiq obekti sifatida “yangi leksika”, “sof yangi leksika”, “faollashgan leksema”, “umumtil neologizmi”, “muallif (nutqi) neologizmlari”, “individual nutq neologizmlari”, “okkazionalizm” kabi tushunchalar sinonimik   birliklar sanalsa-da, har biri ma’lum ma’noda faraqlanishi, “individual-uslubiy neologizm”, “individual-stilistik neologizm”, “maromsiz yasamalar” sifatida qaralib, uning tarkibiy qismi bo‘lgan individual-uslubiy neologizmlarning til lug‘at qatlamidagi o‘rni masalasi borasidagi fikrlar takomillashtirilgan;
o‘zbek tili so‘z yasalishi borasidagi ayrim munozarali o‘rinlar, so‘z turkumlari kesimida unumli va unumsiz so‘z yasovchi affikslar chegarasi, so‘z yasovchi qoliplarning individual-uslubiy neologizmlarga munosabati [ot+la/lan/lash], [ot+chi], [ot+dosh], [ot+zor], [ot+furush], [ot+kor], [ot+iston], [ot+li], [ot+siz], [ot+ona], [ot+chasiga] so‘z yasash qoliplari, bunda so‘z yasalish asosi sifatida narsa/ shaxs/ o‘rin-makon/ mavhum ot va ayrim sifatlar, qo‘shma shakldagi individual-uslubiy neologizmlarning so‘z yasash qoliplari sifatida [ot+ot], [ot+fe’l], [fe’l+ot], [sifat+ot], [umum/xush+ot], [ot+zoda/bardor/dil] kabilar aniqlangan.
individual-uslubiy neologizmlar shakllanishining lisoniy omillari, bundagi shart-sharoitlar, ko‘lami, ahamiyati, ifoda imkoniyatlari, derivatsion xususiyatlari: sodda, qo‘shma birliklar, frazeologik-neologizm, individual-uslubiy neologizmlar “favqulodda so‘z yaratishga bo‘lgan ehtiyoj”, “she’riyatda qofiyani va she’riy ritmni ta’minlash”, “bir umumiy ma’no ostidagi so‘zlarga bo‘lgan ehtiyoj”, “original murojaat birliklarini yaratishga bo‘lgan urinish”, “soddalanish mahsuli”, “til birliklarining integrativ munosabati ta’siri”, “varvar so‘zlardan chekinish” kabi neologik birliklar Muhammad Yusuf, Usmon Azim, Farida Afro‘z she’riyati misolida asoslangan;
o‘zbek she’riyati misolida neologizm-semema, individual-uslubiy ko‘chimlar, erkin o‘xshatishlar, individual-uslubiy neologizmlarning leksikografik tadqiqi to‘g‘ridan to‘g‘ri umumiy yoki maxsus lug‘atlarda belgilanishi emas, balki dastlab individual nutq neologizmlari izohli lug‘ati orqali saralanib, yangi avlod izohli hamda imlo lug‘atlarida o‘z belgisiga ega bo‘lishi, shuningdek, katta hajmli tezauruslargacha kirib borishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan: 
neologik birliklar tadqiq obekti sifatida “yangi leksika”, “sof yangi leksika”, “faollashgan leksema”, “umumtil neologizmi”, “muallif (nutqi) neologizmlari”, “individual nutq neologizmlari”, “okkazionalizm” kabi tushunchalar sinonimik   birliklar sanalsa-da, har biri ma’lum ma’noda faraqlanishi, “individual-uslubiy neologizm”, “individual-stilistik neologizm”, “maromsiz yasamalar” sifatida qaralib, uning tarkibiy qismi bo‘lgan individual-uslubiy neologizmlarning til lug‘at qatlamidagi o‘rni masalasi borasidagi fikrlardan A-OT-2021-2 raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (2020-2021-yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 19-martdagi 04/1269-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan nazariy qarashlar tibbiyotga doir atamalar lug‘atining yaratilishida lingvistik ta’minot vazifasini bajargan. 
o‘zbek tili so‘z yasalishi borasidagi ayrim munozarali o‘rinlar, so‘z turkumlari kesimida unumli va unumsiz so‘z yasovchi affikslar chegarasi, so‘z yasovchi qoliplarning individual-uslubiy neologizmlarga munosabati [ot+la/lan/lash], [ot+chi], [ot+dosh], [ot+zor], [ot+furush], [ot+kor], [ot+iston], [ot+li], [ot+siz], [ot+ona], [ot+chasiga] so‘z yasash qoliplari, bunda so‘z yasalish asosi sifatida narsa/ shaxs/ o‘rin-makon/ mavhum ot va ayrim sifatlar, qo‘shma shakldagi individual-uslubiy neologizmlarning so‘z yasash qoliplari sifatida [ot+ot], [ot+fe’l], [fe’l+ot], [sifat+ot], [umum/xush+ot], [ot+zoda/bardor/dil] kabi xulosalardan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ilmiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (2020-2022-yy.) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 4-apreldagi №04/1-845-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida to‘plangan, tahlilga tortilgan ayrim neologik so‘zlar lingvistik ta’minot vazifasini bajargan. 
individual-uslubiy neologizmlar shakllanishining lisoniy omillari, bundagi shart-sharoitlar, ko‘lami, ahamiyati, ifoda imkoniyatlari, derivatsion xususiyatlari: sodda, qo‘shma birliklar, frazeologik-neologizm, individual-uslubiy neologizmlar “favqulodda so‘z yaratishga bo‘lgan ehtiyoj”, “she’riyatda qofiyani va she’riy ritmni ta’minlash”, “bir umumiy ma’no ostidagi so‘zlarga bo‘lgan ehtiyoj”, “original murojaat birliklarini yaratishga bo‘lgan urinish”, “soddalanish mahsuli”, “til birliklarining integrativ munosabati ta’siri”, “varvar so‘zlardan chekinish” kabi neologik birliklar Muhammad Yusuf, Usmon Azim, Farida Afro‘z she’riyati misolida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2024-yil 21-iyundagi 01-09-100-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish