Kudaybergenova Dilfuza Askarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq zargarlik buyumlari: rivojlanish dinamikasi, semantik mohiyati”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1156
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kurbanova Zemfira Ibragimovna – tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04. 2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:Matkarimova Sadoqat Maksudovna - tarix fanlari doktori, dotsent; Tleubergenova Navbaxor Abdukarimovna - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq taqinchoqlarining rivojlanish dinamikasini aniqlash va semantik ma’nosini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ayollar zargarlik buyumlarining tasnifi asosli bo‘lib, u ikkita asosiy kichik guruhga bo‘linadi: tana uchun zargarlik buyumlari va kiyimga tikilgan yoki ustiga taqiladigan zargarlik buyumlari. Birinchi kichik guruhga bosh bezaklari (árebek, sırǵa, shashbaw) va bilak bezaklari (bilezik va júzik) kiradi. Ikkinchi kichik guruhga ko‘krak bezaklari (túyme, háykel, shartúyme) va bel bezaklari (óńirshe, giltshalǵısh) kiradi. Ushbu toifalarning har biri doirasida ushbu zargarlik buyumlarining xilma-xilligi va funksional maqsadini chuqurroq tushunish imkonini beruvchi turlar va kichik tiplarning batafsil tahlili o‘tkazildi;
Muzey kolleksiyalarida namoyish etilga asosan degment belbew, qamarı belbew va qayıslardan iborat bo‘lgan erkaklarning taqinchoq buyimlari ko‘p funksiyali vazifalarni bajargan, bu elementlar nafaqat kiyim kiyish qulayligini ta’minlagan, balki bel qismi uchun bezak sifatida ham xizmat qilib, erkak kishilarning ijtimoiy maqomini ko‘rsatishda muhim rol o‘ynagan, uning ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansubligini aks ettirganligi aniqlangan;
O‘rganish natijasida sırǵa salıw, qol qaraw, maxr, kabi oilaviy marosimlarda, shuningdek, alohida tadbirlar bilan bog‘liq boshqa marosimlarda zargarlik buyumlarining muhim o‘rin tutganligi aniqlandi. Bu marosimlar transformatsiya jarayonlarini boshdan kechirgan, buning natijasida ularning ba’zilari uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lishni to‘xtatmadi, masalan – qol qaraw, boshqalari sırǵa salıw kabi turli madaniyatlardan o‘zlashtirilgan, boshqalari esa, maxr islom an’analarining tiklanishi kontekstida qayta tiklangan. Bu o‘zgarishlar madaniy amaliyotlarning dinamikligini va ularning zamonaviy sharoitlarga moslashish qobiliyatini ko‘rsatadi;
Qoraqalpoq an’analarida “tas”, “kóz”, “qas” atamalari bilan ifodalanadigan bezaklarda qo‘llanilgan toshlarning semantik ma’nosi isbotlangan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, mahalliy xalqning fikriga ko‘ra, zargarlik buyumlari qaysi materialdan tayyorlanganiga qarab, haqiq, marjon va firuza kabi mashhur tosh va minerallarning kuchi ortadi. Xususan, kumush bu toshlarga tegishli foydali ta’sirlarni kuchaytiradi. Bugungi kunda ushbu minerallarning sehrli xususiyatlari haqidagi qarashlar nafaqat saqlanib qolgan, balki qahrabo, belomarit, yakhont va ametist kabi yangi toshlardan foydalanish tufayli boyib borgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Qoraqalpoq zargarligining rivojlanish jarayoniga, ularni guruhlash va tasniflashga oid uslubiy yondashuvlar va nazariy xulosalarni qo‘llash bilan belgilanadi. Ushbu yondashuvlar an’anaviy mahsulotlarning evolyusiyasi va ularning madaniy ahamiyati haqida tushuncha beradi.
An’anaviy qoraqalpoq zargarlik buyumlarini o‘rganish natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, ular o‘zbek jamiyati va xalqining madaniy merosi, tarixi va ma’naviy taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirishda asos bo‘lib xizmat qilishi, madaniy o‘ziga xoslikni mustahkamlash va etnologik bilimlarni boyitishga xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: etnografik manbalar majmualarini ishlab chiqishda, shuningdek, qoraqalpoq xalqi etnografiyasiga oid umumiy asarlar yozishda foydalanish mumkin. Bu natijalar muzey ko‘rgazmalarini yaratish va qoraqalpoqlar etnografiyasiga oid ixtisoslashtirilgan kurslarni tayyorlashga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari ham qoraqalpoqlar, ham Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari zargarlik buyumlarining madaniy genezisi, tipologiyasi va semantikasi muammolarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Qoraqalpoq zargarlik buyumlarining rivojlanish dinamikasi va semantik ma’nosini o‘rganish jarayonida olingan natijalar turli sohalarda amaliy qo‘llanilishini topdi:
Tana uchun taqinchoqlar, kiyimga va uning yuqori qismiga taqiluvchi taqinchoqlar kabi ikki guruhga bo‘linuvchi ayyollar zargarlik buyumlari tasnifi haqidagi ma’lumotlar I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi tomonidan amalga oshirilgan BVA-1-002 - “Qoraqalpoq bezak san’ati” (Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi kolleksiyalaridagi qoraqalpoq amaliy san’ati buyumlari tahlili asosida) nomli innovatsion loyiha uchun mo’ljallagan ma’lumotlarni tayyorlashda foydalanildi. (I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat san’at muzeyining 2024-yil 20-sentyabrdagi 01/7-416-son ma’lumotnomasi). Usbu tadqiqot natijalari muzeyning etnografiya fondida saqlanayotgan ashyolarning tasnifi va tipologiyasi uchun muhim nazariy va amaliy manba bo‘ldi;
Erkaklar belbog‘i degment belbew, qamari belbew va qayıslar haqidagi ma’lumotlar va tadqiqot natijalari nafaqat kiyim kiyishga qulaylik yaratibgina qolmay, balki bezak belgisi bo‘lib xizmat qilgan, bel sohasiga urg‘u berib, taqib yurgan shaxsning ijtimoiy mavqeini ko‘rsatishda muhim o‘rin tutgan, hamda “Degment belbew” mavzusida “Eksponat” dasturi uchun ssenariy va intervyu tayyorlash uchun foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-avgustdagi 02-22/391-sonli guvohnomasi). Ushbu material qoraqalpoqlarning madaniy merosi va ularning an’anaviy zargarlik buyumlari haqidagi bilimlarni kengaytirishga yordam berdi;
Oilaviy marosimlarda zargarlik buyumlarining ro‘li haqidagi tadqiqot natijalaridan 2023-2024-yillarda “Assalawma Aleykum, Qaraqalpaqstan” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda, xususan, “Muzeyge Sayaxat” eshittirishini tayyorlashda faol foydalanildi. Ushbu rubrika doirasida “An’analarda taqinchoqlarning tutgan o‘rni”, “Qoraqalpaq qo‘l bezanish buymlari – bilaguzuk va uzuk” va “Qoraqalpoqlarda shashbau turlari” mavzulariga bag‘ishlangan to‘rtta son tayyorlandi. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-martdagi N05-22/134-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar tomoshabinlarning qoraqalpoq zargarlik buyumlari, ularning semantik va ramziy ma’nosi haqidagi bilimlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynadi, shuningdek, tomoshabinlarda vatanparvarlik tuyg‘usini, milliy xususiyatlarni anglashga xizmat qildi.
Zargarlik buyumlarida ishlatiladigan toshlarning semantik ma’nosi bo‘yicha tadqiqot davomida to‘plangan materiallardan talabalar va yosh tadqiqotchilar o‘rtasida “Qoraqalpoq ayollar zargarlik buyumlarining tasnifi”, “Zargarlikka oid atamalar etimologiyasi” va “Zargarlik buyumlari nomlari bilan bog‘liq semantika” mavzularida ma’ruzalar tayyorlash va o‘tkazishda foydalanildi. (Berdaq nomidagi qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2024-yil 23-avgustdagi 01-02/03-141-son ma’lumotnomasi). Amalga oshirilgan ishlar natijasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘rgazmaning ma’ruza matnlari va ekskursiya materiallari sezilarli boyitildi, o‘qilgan ma’ruzalar yoshlarning qoraqalpoq xalqlari madaniyati va san’ati haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qildi. Bu sa’y-harakatlar nafaqat talabalar va tadqiqotchilar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi, balki hududning madaniy merosini asrab-avaylash va targ‘ib qilishga ham xizmat qildi.