Sunnatillo Allaberdievich Hamraevning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi elchilik munosabatlari tarixshunosligi”. 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.3.PhD/Tar1170
Ilmiy rahbar: Dilorom Agzamovna Alimova, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Baxtiyor Ergashev, tarix fanlari doktori, professor;
Vohid Xolov tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixi bilan bog‘liq Rossiya imperiyasi, sovet va MDH davalatlarida amalga oshirilgan manba va adabiyotlarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va bugungi kungacha etarlicha tadqiq etilmagan jihatlarini aniqlash, tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasining o‘zaro elchilik munosabatlari doirasida amirlik tomonidan asosan iqtisodiy xususiyatdagi talablar ilgari surilganligi, imperiya tomonidan esa asirlarni ozod qilish va Buxoroda konsullik ochish masalalarida muzokaralar olib borilganligi, bu borada XIX asr o‘rtalariga qadar rasmiy hujjatlarni tuzilmaganligi sababi sifatida Buxoro amirligidagi ish yuritishga oid an’analarning ko‘rsatilishi bir yoqlama yondashuv bo‘lib, aslida bu davlatlar o‘rtasida kelishuvga erishilmagani bilan bog‘liqligi dalillangan;
Buxoro–Rossiya o‘rtasida protektorat shartnomasidan so‘ng Buxoro amirligi mustaqilligini saqlab qolishga uringan bo‘lsa, imperiya uning ichki ishlariga, xususan, pul birligini o‘zgartirish (imperiya rublini joriy qilish), suv resurslaridan foydalanish (Zarafshon daryosi suvlaridan foydalanishga cheklov o‘rnatish), valiahdni belgilash (valiahd belgilashda imperator roziligini olish) kabi jarayonlarga aralashish siyosatini yuritishga intilganligi dalillangan;
Buxoro amirligiga yuborilgan elchilar (A.F. Negri, K.F. Butenev) faoliyati diplomatik jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lganligi haqidagi xulosalar tarixiy haqiqatga mos kelmasligi va missiyalar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi, ularning talablariga amirlik tomonidan keskin rad javoblari berilganligi aniqlangan;
Buxoro-Rossiya elchilik munosabalarida do‘stlik va madaniy aloqalarga misol sifatida talqin qilinuvchi Buxoroda bunyod etilgan Ernazar elchi madrasasi Rossiya imperatori Ekaterina II mablag‘lari hisobidan qurilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosga ega emasligi va vaqf hujjatiga ko‘ra madrasa elchining shaxsiy mablag‘laridan qurilgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi elchilik munosabatlari tarixshunosligi mavzusiga oid ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasining o‘zaro elchilik munosabatlari doirasida amirlik tomonidan asosan iqtisodiy xususiyatdagi talablar ilgari surilganligi, imperiya tomonidan esa asirlarni ozod qilish va Buxoroda konsullik ochish masalalarida muzokaralar olib borilganligi, bu borada XIX asr o‘rtalariga qadar rasmiy hujjatlarni tuzilmaganligi sababi sifatida Buxoro amirligidagi ish yuritishga oid an’analarning ko‘rsatilishi bir yoqlama yondashuv bo‘lib, aslida bu davlatlar o‘rtasida kelishuvga erishilmagani bilan bog‘liqligiga doir ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Elchilik tarixi” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 10-iyuldagi 06-31-838-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi Buxoro-Rossiya munosabatlarida shartomalar imzolanmasligidagi qarashlarni tuzatishga xizmat qilgan.
Buxoro–Rossiya o‘rtasida protektorat shartnomasidan so‘ng Buxoro amirligi mustaqilligini saqlab qolishga uringan bo‘lsa, imperiya uning ichki ishlariga, xususan, pul birligini o‘zgartirish (imperiya rublini joriy qilish), suv resurslaridan foydalanish (Zarafshon daryosi suvlaridan foydalanishga cheklov o‘rnatish), valiahdni belgilash (valiahd belgilashda imperator roziligini olish) kabi jarayonlarga aralashish siyosatini yuritishga intilganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zR FA Tarix instituti tomonidan bajarilgan OT-F1-132-sonli “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi tarixshunosligi: nazariyasi va shakllanishining tarixiy bosqichlari” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zR FA Tarix instituti 2024-yil 28-oktyabrdagi 3-1255-2391-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi elchilik munosabatlarida taraflarning maqsadlarini ochib berishga xizmat qilgan.
Buxoro amirligiga yuborilgan elchilar (A.F. Negri, K.F. Butenev) faoliyati diplomatik jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lganligi haqidagi xulosalar tarixiy haqiqatga mos kelmasligi va missiyalar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi, ularning talablariga amirlik tomonidan keskin rad javoblari berilganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Elchilik tarixi” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2024-yil 10-iyuldagi 06-31-838-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari diplomatik munosabatlar davomidagi ayrim elchiliklarning ahamiyati buzib talqin etilganligini ochib berishga xizmat qilgan.
Buxoro-Rossiya elchilik munosabalarida do‘stlik va madaniy aloqalarga misol sifatida talqin qilinuvchi Buxoroda bunyod etilgan Ernazar elchi madrasasi Rossiya imperatori Ekaterina II mablag‘lari hisobidan qurilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosga ega emasligi va vaqf hujjatiga ko‘ra madrasa elchining shaxsiy mablag‘laridan qurilganiga oid ma’lumotlar O‘zR FA Tarix instituti tomonidan bajarilgan OT-F1-132-sonli “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi tarixshunosligi: nazariyasi va shakllanishining tarixiy bosqichlari” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zR FA Tarix instituti 2024-yil 28-oktyabrdagi 3-1255-2391-sonli ma’lumotnomasi). O‘zaro munosabatlarda do‘stlik va madaniy aloqalarning misoli sifatida ko‘rsatialgan madrasa qurilishiga doir shakllangan qarashlar xato ekanligini ochib berishga xizmat qilgan.