Sharaxmetova Umida Shaakbarovnaning 
yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilishni takomillashtirish”.12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.2.DSc/Yu317
Ilmiy maslahatchi: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01. 
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Said Saidahrarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Quldashev Nuriddin Abdugʻanievich, yuridik fanlar doktori, professor; Boboqulov Zafar Qurbonnazarovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishni takomillashtirishga oid ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy asoslar, ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lishi, nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi, davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi asoslab berildi;
ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga etguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburligi, davlat va jamiyat etim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantirishi asoslantirildi;
farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatiligi, onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi, davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi asoslantirildi;
ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola bir vaqtning o‘zida ota va onadan voyaga etmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqliligi asoslab berildi;
ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo‘lishi kerak, shuningdek farzandlikka olish to‘g‘risida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkinligi asoslantirildi;
etarli mablag‘ga ega bo‘lgan sobiq er (xotin)dan o‘rtadagi nogironligi bo‘lgan bolani u o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo‘lgan sobiq xotin (er)  sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egaligi asoslantirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan: 
oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lishi, nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi, davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 
2023-yil 1-maydagi O‘RQ–837-son “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunining 1-moddasiga asosan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 76-moddasini tayyorlashda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 04/2-10-2533-sonli  dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi nikohning oilaviy qadriyatlarga tayanishi, ixtiyoriy nikoh tamoyilining yaratilishiga imkon berdi;
ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga etguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburligi, davlat va jamiyat etim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantirishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 1-maydagi O‘RQ–837-son “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunining 1-moddasiga asosan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasini tayyorlashda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining 2024-yil 30- oktyabrdagi 04/2-10-2533-sonli  dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi voyaga etmaganlarga g‘amxo‘rlik qilishning prinsiplari yaratilishiga imkon berdi;
farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatiligi, onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi, davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 1-maydagi O‘RQ–837-son “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunining 1-moddasiga asosan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 76-moddasini tayyorlashda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining 2024-yil 30- oktyabrdagi 04/2-10-2533-sonli  dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, teng huquqlilik tamoyilining yaratilishiga imkon berdi;
ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola bir vaqtning o‘zida ota va onadan voyaga etmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqliligi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-608-son qonuniga asosan Oila kodeksi 96-moddasi to‘rtinchi qismini to‘ldirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 27/2-304-24-sonli  dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bolaning ta’minoti uchun da’vo qilish huquqini kafolatlashga imkon berdi;
Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo‘lishi kerak, shuningdek farzandlikka olish to‘g‘risida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkinligi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-son Qonuni bilan Oila kodeksining 159-moddasi uchinchi qismiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 27/2-304-24-sonli  dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bola huquqlarini amalga oshirilishiga imkon berdi;
etarli mablag‘ga ega bo‘lgan sobiq er (xotin)dan o‘rtadagi nogironligi bo‘lgan bolani u o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo‘lgan sobiq xotin (er)  sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egaligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17- maydagi O‘RQ–770-son qonuni bilan Oila kodeksining 118-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 27/2-304-24-sonli  dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi aliment undirishni sud tartibida undirishni kafolatlashga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish