Sodiqova Ozodaxon Xayotjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli genealogiyaga ega g‘o‘za duragaylari asosida qimmatli seleksion ashyolarni yaratish”, 06.01.05-Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Qx1015.
Ilmiy rahbar: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Saidg‘ani Muxtarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Toreev Fozilbek Nurillaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instiuti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli genealogiyaga ega introgressiv g‘o‘za tizmalarini sitogenetik tahlilini o‘tkazish va ayrim xo‘jalik uchun qimmatli belgilari bo‘yicha umumiy va maxsus kombinasion qobiliyatini baholash, duragaylarda belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va shakllanishini o‘rganish asosida ularning ijobiy majmuasiga ega boshlang‘ich ashyolarni yaratish hamda amaliy seleksiya jarayonida foydalanish uchun tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli genealogiyaga ega g‘o‘za tizmalari ishtirokidagi duragaylarda meyozning metafaza-I bosqichida normal yopiq bivalentlar bilan bir qatorda ochiq bivalentlar paydo bo‘lishi, gomologik xromosomalar o‘rtasida farqlar borligi natijasida xromosomalarning to‘liq kon`yugasiyasi yuz bermasligi va buning natijasida duragaylarning F2-F4 avlodida paydo bo‘ladigan turli xil og‘ishlarga ega genotiplarni chiqitga chiqarish orqali meyotik bo‘linishning barqarorlashuviga erishish mumkinligi aniqlangan;
o‘rganilgan introgressiv F1 g‘o‘za duragaylarida xo‘jalik uchun qimmatli belgilar bo‘yicha ijobiy va salbiy oraliq, to‘liq va o‘ta dominantlik  tarzidagi irsiylanish yuz berishi, F2-F6 avlodlarida esa, tola chiqimi, uzunligi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni va 1000 dona chigit vazni kabi belgilarning ijobiy majmuasini bitta genotipga mujassamlashtirgan rekombinantlarning paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lishi tasdiqlangan; 
introgressiv duragaylash usuli orqali tezpishar, tola uzunligi bilan tola chiqimi (F6T-12/06/16) va bir dona ko‘sakdagi paxta vazni (F6T-MVG/16) ning yuqori darajadagi o‘rta va kuchli ijobiy korrelyasiyasiga ega rekombinantlar ajratib olish imkoniyati asoslangan;
tadqiqotlar natijasida andoza S-6524 g‘o‘za naviga nisbatan paxta hosildorligi 103,5%, tola hosildorligi 107,7%, 2-3 kunga tezpishar, tola chiqimi 5-6%, solishtirma uzilish kuchi 1 g.k/teks., tola uzunligi 1,2-1,5 mm va 1000 dona chigit vazni 5-6 g yuqori bo‘lgan F5(F1(G.thurberi.Tod x G.raimondi Ulbr.) x C-4727 kombinatsiyasi asosida “Hayot” navi yaratilib, navning xo‘jalik uchun qimmatli belgilar majmuasi bo‘yicha boshqa navlardan genetik jihatdan farqlanishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli genealogiyaga ega g‘o‘za duragaylari asosida qimmatli seleksion ashyolarni yaratish mavzusida olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
o‘rganilgan introgressiv g‘o‘za ashyolari orasidan tezpisharligi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, tola uzunligi, tola chiqimi, hosildorligi va tolasining sifat ko‘rsatkichlari kabi belgilarning nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari hamda vertisillyoz viltga bardoshlilik kabi xususiyatlar majmuasiga ega bo‘lgan T-2415-18/22, T-3648-51/22, T-4109-12/22, T-4394-97/22 tizmalari yaratilib, Toshkent viloyatida joylashgan Oqqo‘rg‘on tajriba stansiyasida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizdagi mavjud g‘o‘za genofondi bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 5,7-6,5 gramm, tola chiqimi 38,2-43,2 foiz, tola sifati IV-tip, 39,0-44,2 s/ga hosildorlik kabi belgilarning ijobiy majumasi hamda yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lgan boshlang‘ich ashyolar bilan boyitilgan.
Qimmatli xo‘jalik belgilarining ijobiy majmuiga ega, tola sifati to‘liq IV-tip talablariga javob beradigan hamda V.dahliae kleb kasalligiga bardoshli bo‘lgan o‘rta tolali g‘o‘zaning “Hayot” navi Toshkent viloyatida joylashgan Oqqo‘rg‘on tajriba stansiyasida 1,8 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navning tezpisharligi 115-116 kun, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,0-6,1 g, tola chiqimi 39,0-40,8 %, mikroneyr ko‘rsatkichi 4,4-4,5, tola uzunligi 1,35-1,40 dyuym, tolaning uzilish kuchi 34,0 gs/teks, hosildorligi 39,2 s/ga ni tashkil etgan holda, tumanda ekilayotgan andoza S-6524 naviga nisbatan 4,0-5,5 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan.
“Xayot” g‘o‘za navi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining G‘o‘za kolleksiyasiga topshirilgan va amaliy tadqiqotlarda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika g‘o‘za genofondi turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos hamda qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori majmuiga ega, tola sifati IV tip talablariga javob beradigan nav bilan boyitilgan va qimmatli donor sifatida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish